Pape-mashe usuli.

Оглавление/Munadarija

Pape-mashe usuli.

Pape-mashe usuli.

Pape-mashe “ivigan”, “g‘ijimlangan” qog‘oz‚ demakdir. Bunday qog‘ozdan kleyster bilan loy va plastilindan yasalgan tayyor model bo‘yicha shakl yelimlanadi. Pape-mashedan tayyorlangan o‘yinchoqlar, har xil mayda chuyda narsalar yasashning osonligi bilan ajralib turadi. Pape-mashe bilan ishlash jarayoni bolalarda mehnat malakalarining shakllanishiga, turli asbob va materiallar bilan ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga yordam beradi. Pape-mashe bilan ishlaganda  steklar, qarmoq ipi, yelim pishirish uchun idish, tayyor mahsulotni bo‘yash uchun bo‘yoq, mo‘yqalamlar kerak bo‘ladi. Ish qog‘ozni tayyorlashdan boshlanadi. Buning uchun gazeta va o‘rash qog‘ozlari zarur. Qog‘oz namlanadi, biroq ivib ketmasligi kerak. Bir idishda gazeta, ikkinchi idishda o‘rash qog‘ozi turadi. Undan keyin yasaladigan shakl tayyorlanadi. Piyola paner ustiga to‘nkarib qo‘yiladi. Unga yupqa qatlam yog‘ (vazelin, o‘simlik yog‘i) surtiladi. Birinchi ish piyola ustiga faqat suvlangan qog‘ozni yopishtirishdan boshlanadi. Shundan keyin namlangan kesma qog‘ozlarga kleyster surtib, birin-ketin piyolaga yopishtirib, bittadan oralatib, bir biriga ko‘ndalang, bir kesma ikkinchiga yetadigan qilib qo‘yib chiqiladi. Poloskalarning eni 1-2 sm, uzunligi esa piyolaning ikkala tomoniga yetib, faner ustiga tushib turadigan bo‘lishi kerak. Bunday qog‘ozlar ikki qatlam qilinib ochiq joylarni qoldirmay yelimlanadi. Shundan keyin yana ikki-uch qatlam  yopishtiriladi, biroq endi poloskalar emas, balki qog‘oz parchalari yopishtiriladi. Qog‘oz albatta qo‘lda yirtilishi kerak, shunday qilinsa bir me’yordagi  yelimlangan tekis qatlam hosil bo‘ladi. Shunday qilib, piyola ustiga bir necha qatlam (5-6-8)  qavat qog‘oz parchalari buyumning kattaligiga ko‘ra yopishtiriladi. Qog‘oz shaklni piyoladan ikki kundan keyin olish kerak. Agarda shakl piyoladan chiqmasa, uni bir oz quritish, pichoq bilan qirqib olish kerak. Chetlarini ohista to‘g‘rilab, qirqilgan joy yelimlanadi va bir-ikki sutka davomida quritiladi.

Yaxshilab quritilgan pape-mashe shaklning satxi silliq qilib, jilvir qog‘oz bilan tozalanadi. Shundan so‘ng yasalgan buyumga emulsiya bo‘yog‘iga PVA yelimi qo‘shib mo‘yqalam yordamida silliqlab jilo beriladi. Emulsiyalangan shakl quritiladi va jilvir qog‘oz bilan tozalanadi. Shundan so‘ng u  bo‘yaladiva bezak beriladi.

Pape-mashening qog‘oz massasidan bajariladigan boshqa usuli ham bor. Papemashe uchun massa eski qog‘ozga yopishtiruvchi va to‘ldirgich moddalar qo‘shib tayyorlanadi. Tayyorlash usuli oddiy. Qog‘ozni mayday qilib burdalab, bir sutka ivitib qo‘yiladi. So‘ngra uni kiselsimon bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar qaynatiladi. Sovigan massa kichik-kichik bo‘laklarga bo‘linib qo‘lda siqiladi, quritiladi. Tamoman qurigan massa mayday qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng qog‘oz massaga yelimli suv quyib, narsalar yasashga yaroqli xamir xolatiga kelguncha aralashtiriladi. Bunday massadan karnavallar niqoblari, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanadi. Pape-mashedan massa tayyorlash retseptlari serob, qog‘oz massasi va suyuq duradgorlik yelimini turli to‘ldirgichlar: bo‘r, loy, yog‘och qipiqlari, zig‘ir moy bilan qo‘shibtayyorlash mumkin. Tayyorlangan xamirdan turli xil narsalar yasaladi. Xamir 1-1,5 mm qalinlikda yoyilib, kerakli mahsulot ustiga yopishtiriladi, so‘ngra quritib gruntlanadi. Grunt tayyor maxsulotga yupqa qilib surtiladi. U qurigach, uning satxi jilvir bilan sayqallanadi‚ shundan keyingina moy yoki yelimli bo‘yoq bilan bo‘yab, mahsulotni chiroyli ko‘riniga kelishuchun harakat qilish kerak.

Pape-mashe juda qo‘l keladigan ashyo ko‘pgina mamlakatlarida keng foydalanadi. Pape-mashe texnikasi yordamida vazalar, patnislar, qutilar tayyorlanadi. Bu mahsulot oliy darajada mustahkam va uzoq vaqt xizmat qiladi.

Pape-mashedan mahsulot tayyorlash – juda uzoq vaqt davom etadigan jarayon, biron bir o‘yinchoqlarni tayyorlash uchun sizning bir kuningiz ketadi. Avval osma kosacha qanday kattalikda bo‘lishini aniqlab va sharsimon shaklga ega bo‘lgan buyumni (koptok) toping. Ish jarayonida koptok dumalab ketaverishi kerak emas, uni yopishqoq lenta bilan mahkamlash kerak. Tayyorlab qo‘yilgan qog‘ozni uchburchaklarga kesib olish lozim. Gazeta qog‘ozini bir idishga solib qo‘yamiz, papirus qog‘ozini esa boshqa idishga solamiz. Qog‘ozning ikki xilini ishlatish tavsiya etiladi. Chunki bunda yopishtirilgan qavatlarini farqlay olish mumkin bo‘lsin. Birinchi qavatiga faqatgina suv ishlatiladi. Bu juda muhimdir, bo‘lmasa tayyor kosacha koptokka qattiq yopishib qolishi mumkin. Qolgan qog‘oz qavatlariga yaxshilab yelim surtiladi. Qanchalik ko‘p qavat bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Keyin tayyor mahsulot quritiladi. Pape-mashe usuli.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba