Portlaydigan va portlamaydigan muxandislik to’siqlari.

Portlaydigan va portlamaydigan muxandislik to'siqlari.

Portlaydigan va portlamaydigan muxandislik to’siqlari.

Mazkur  o‘quv  savol bo‘yicha mashg‘ulot  rahbari taktik maydonda barpo etilgan muxandislik to`siqlari (tankka qarshi escarp, zovur, handaklar, suvli to`siqlar, tikon simli tosiqlar), shuningdek portlaydigan minali to`siqlar haqida so`zlaydi.

Mazkur muxandislik to`siqlari motoo`qchi qo`shinlarning shaxdam harakat qilishiga yo`l qo`ymasligi, minali to`siqlar esa dushmanning tirik kuchi va jangovar texnikasini yaroqsizlantirishi haqida gapirib, ularni jixozlash tartibini tushuntiradi.

Hujumda esa, dushman minalashtirgan  maydonidan  o‘tish seksiya komandirining qa’tiiy  ko‘rsatmasiga ko‘ra   bajarilishi a’loxida  ta’kidlanadi. Seksiya  komandiri seksiya  shaxsiy  tarkibiga  vazifa  qo‘yishda, xujum  qilish  yo‘nalishini va xarakatlanish  usullarini, shuningdek, to‘siqlardan  o‘tish  qoida  va  tartibini  ko‘rsatib  tushuntiradi. O‘ndan  keyin  avvaldan  tayyorlangan   taktik mashg‘ulotni  sharoitga  ega joyda  o‘quv  savoli mashqlar  yordamida  o‘rganiladi. 

Ushbu o`quv savolini yoritishda o`qituvchi multimediya materiallaridan, o`quv kinofilmlaridan ham atroflicha foydalanihi tavsiya etiladi.

O‘t ochish pozitsiyasi joyga bog‘liq xolda tanlab olinadi va u askar tomonidan shunday tanlab olinishi kerakki (yoki komandir ko‘rsatishi), u yerdan oldinda turgan dushman kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan joy yaxshi ko‘rinsin. Joy o‘qotar qurolning tasirli o‘q uzish uzoqligida ko‘rinib mrishi kerak. Agar oldinda ochiq joyda jangovar harakatlar olib borish turgan bo‘lsa, askar unga ko‘rsatilgan o‘t ochish pozitsiyasi joyini diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak. O‘t ochish pozitsiyasi dushman olovi ostida egallanishi mumkin.

Dushman olovi ostida yotib otish uchun bir kishilik okop qazish quyidagicha bajariladi: tanlangan joyda askar quralini o‘zidan o‘ngraqqa cho‘zilgan qo‘l uzoqligida stvolni og‘zini dushmanga qaraiib yerga qo‘yadi; chap biqinga yonboshlab, piyodalar ko‘ragini g‘ilofdan chiqaradi; keyin ko‘rakning dasiasidan ikki qo‘llab ushlab, o‘ziga qarab urib chimni kesadi. Simni olib bo‘lib, uni yoniga qo‘yadi, okopni qazib uni brustverni niqoblashga ishlarish mumkin bo‘lishi uchun tuproq boshidan oldinga, keyin esa yon tomonga tashlanadi, u o‘qlar, snaryad yoki parchalaridan saqlanishni taxminlaydi.Portlaydigan va portlamaydigan muxandislik to’siqlari.

Ishlash paytida bosh imkon qadar, yerga yaqinroqda ushlanishi kerak dushmanni uzluksiz kuzatib turisli mumkin bo‘lsin, okopning old qismini 20 sm.cha qazib, askar ozgina orqaga siljiydi va qolgan qismini qazishni davom ettiradi. Okop kengligi 60 sm. uzunligi esa 170 sm bo‘lishi kerak. Ish oxirida brustver joyning muxiti rangiga moslab niqoblanadi.

Agar dushman faollik ko‘rsatmasa, okopni jixozlash ishlari davom ettirilaveradi, u tizzalab otish uchun M60 sm.ga cbuqurlashtiriladi va chuqurlashtiriladi (37-rasm), keyin esa 110 sm.gacha turib otish uchun chuqurlashtiriladi.Portlaydigan va portlamaydigan muxandislik to’siqlari.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba