Pravoslavlik Protestantlik haqida.

Оглавление/Munadarija

Pravoslavlik  Protestantlik haqida.

Pravoslavlik (rus.chin eʼtiqod) tarixan xristianlikning sharqiy yoʼnalishi sifatida shakllandi. Аsosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon yarim orolida joylashgan mamlakatlarda tarqalgan.

Pravoslavlik diniy taʼlimotida “Muqaddas uchlik” – xudoning bir vaqtning oʼzida ham yagona, ham uch xil koʼrinishda namoyon boʼladi deb ishonish, insonni tugʼma gunohkor deb bilish, Isoning inson qiyofasiga kirib, oʼz ummatlarini gunohdan xalos etish uchun oʼzini qurbon qilganini tan olish, oxiratga va unda qayta tirilishga eʼtiqod qilish, cherkovning xudo va odamlar oʼrtasidagi vositachi ekaniga ishonish pravoslavlik diniy taʼlimotining asosini tashkil etadi. Pravoslavlikda:

 

  yangi tugʼilgan bola choʼqintirilayotganda suvga botirib olinadi;

  muqaddas moy surtish choʼqintirishdan soʼng ketma-ket mahalliy ruhoniy tomonidan bajariladi;

  oddiy insonlar va ruhoniylar bir xil – kvasli non va vinodan totinadilar;

  nikoh marosimi cherkovda, ruhoniy tomonidan amalga oshiriladi. Er-xotin faqat xiyonat tufayli ajrashishlari mumkin, nikohni faqat cherkov bekor qila oladi;

  ruhoniylar “qora” va “oq” ruhoniylarga ajratiladi, “qora” ruhoniylarda

“tselibat” , yaʼni uylanmaslik amaliyoti mavjud;

  tavba marosimida katoliklikdan farqli ravishda tavba qiluvchi va ruhoniy yuzma-yuz oʼtiradi.

 

Protestantlik (lot.norozi boʼlish, kelishmaslik) Yevropa mamlakatlarida katoliklikda kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformatsiya (lotincha reformatio – qayta tashkil qilish, oʼzgartirish) harakati natijasida vujudga keladi va koʼplab mustaqil cherkovlar va sektalarni oʼz ichiga oladi.

Protestantlik АQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Kanada, Shveytsariya, Skandinaviya mamlakatlari, Latviya, Estoniyada keng tarqalgan.

 Germaniyada Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter (1483–1546) indulьgentsiya sotilishini tanqid qiladi, 1517 yilning 31 oktyabrida Lyuter Vittenberg cherkovi eshigiga gunohlarning kechirilishiga bagʼishlangan nomani qoqib qoʼyadi, u 95 mulohazadan (tezisdan) iborat boʼlib, katoliklikni isloh qilish gʼoyalaridan tarkib topgan edi. Protestantlikda:

  cherkov va ruhoniylarning eʼtiqod qiluvchilar bilan xudo orasidagi vositachi ekanini inkor etadi;

  ruhoniylar va oddiy kishilar orasidagi tabaqalanishni rad qiladi;

  xoch va ikonalarga sigʼinishni notoʼgʼri deb hisoblaydi;

  koʼp mablagʼ talab qiladigan tadbirlarni asossiz deb biladi; — tselibat (ruhoniylarning uylanmasligi)ni inkor etadi.

 

Protestantlik yoʼnalishida sirli marosimlardan faqat choʼqintirish va non bilan tamaddi qilishni tan oladi. Dindorlar Rim Papasiga boʼysunmaydilar, ibodat vaʼz oʼqish, birgalashib ibodat qilish va diniy qoʼshiqlar aytishdan iborat. Protestantlar Bibi Maryamni, aʼrofni tan olmaydilar, tarkidunyochilik, ruhoniylar kiyadigan kiyimlarni, ikonalarni rad etadilar. 

Protestantlik lyuteranlik, kal’vinizm, unitarizm, anabaptizm, anglikanlik va hokazo shakllari keng tarqalgan.

 

Xristianlik dinining Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi ikki yoʼl bilan kirib kelgan. Birinchisi, milodning III asrlaridan to bugungi kunga qadar xristianlikni targʼib etuvchi missionerlarning targʼibotchilik harakati boʼlsa, ikkinchi yoʼl, mintaqaning Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi va xristian diniga eʼtiqod qiluvchi aholining ushbu mintaqaga koʼplab koʼchib kelishi orqali amalga oshgan. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Markaziy Osiyoning turli viloyatlariga milodning III asrlarida kirib kelganlar. Missionerlar faoliyati natijasida 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib boʼlgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, missiyalar tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar boʼlgan. IV asr boshlarida tashkil etilgan Marv yepiskopligi, V asr boshida mitropoliyaga aylangan. Xurosonliklar va sugʼdiyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddaviylar bilan bir qatorda xristianlar ham boʼlgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarashli yerlarda yashaganlar.

 

Markaziy Osiyoga ilk rus pravoslavlarning kirib kelishi XIX asrning 40– yillaridagi Chor Rossiyasining Turkistonning shimoliy hududlarini egallashi natijasida Turkistonga ruslarning koʼchib kelishi bilan bogʼliq. Har bir polkda maxsus ruhoniylar boʼlib, askarlarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida koʼchma ibodatxonalar tashkil etilgan edi. 40–yillar oxiriga kelib doimiy ibodatxonalar mahalliy paxsa uslubida qurila boshlaydi va 1850 yili Kopalda birinchi muqim ibodatxona bunyod qilinadi.

 

Ruslar joylashgan hududlarda kichik diniy qarorgohlar vujudga keladi.

Dastlabki qarorgohlar 1850–yillarda Fort №1 (Аralьsk shahri, Koraqalpogʼiston), Perovsk (Qizil–Oʼrda, Qozogʼiston), Katta Olma–Ota tumani (Olma–Ota, Qozogʼiston), Sergiopol (Аyaguz), Lepsin (Lepsinsk), 1860–yillarda Toshkent, Jizzax, Samarqand, Chimkent, Аvliyoota (Jambul), Toʼqmok, Katta–Qoʼrgʼonda rus pravoslavlarining diniy qarorgohlari mavjud edi.

1871 yilda Toshkent gospitali huzurida arxiepiskop Yermogen (Golubev) tomonidan pravoslav qarorgohi taʼsis etilgan. Bu ibodatxona xozirgi Uspenskiy kafedral sobori oʼrnida boʼlgan.

Dastlab Turkiston Orenburgning tarkibida boʼlganligi bois Tomsk yeparxiyasiga boʼysingan. Koʼp oʼtmay mustaqil arxierey kafedraga aylanadi.

Pravoslavlik  Protestantlik haqida  1869 yil Turkiston mustaqil yeparxiyasini tashkil qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilingan. 1871 yil Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tashkil etish toʼgʼrisida imperator farmoni chiqadi. Biroq mahalliy imperator amaldorlari Toshkentdagi kafedra faoliyati diniy avtoritetni kuchaytirib asl siyosiy maqsaddan chalgʼitadi deb qarshilik koʼrsatgan. General–gubernator fon Kaufman “Toshkentda na arxiereylik, na jandarmiyaga oʼrin yoʼq” deb taʼkidlagan. 

Uning koʼrsatmasiga binoan yepiskop kafedrasi qarorgohi Verniy (1854 yil asos solingan «Verniy» shaharcha, zamonaviy Olma–Ota) shahriga koʼchirilishi kerak edi. “Toshkent va Turkiston” nomini olgan yeparxiya yepiskoplari markazdan tashqariga chiqib boshqarish mantiqsizlik ekanligi va noqulay boʼlganligi bois koʼchishdan bosh tortadi. Imperatorlik davrida Toshkent arxiereyasi kafedraning Toshkentda boʼlishi uchun kurashganlar. Nihoyat 1916 yil oxirida arxiepiskop Innokentiy (Pustinskiy) harakatlari tufayli bu masala butunlay ijobiy yakun topgan. 

Dastlabki cherkovlarning koʼpchiligi odmi boʼlgan va qoʼngʼiroqlari ham boʼlmagan. Rus aholining koʼpayishi XIX asr oxirlaridan boshlab bir nechta Rossiya cherkovlaridan qolishmaydigan cherkovlarning bunyod boʼlishiga olib keldi. Ular orasida Toshkent Svyato–Preobrajenskiy (1888 yili qurilgan, 1923 yili buzib tashlangan), Vernыy (Olma ota)dagi Voznesenskiy (1907 yili qurilgan, 1995 qayta tiklangan), Samarqanddagi Svyato–Аleksievskiy (1911 yili qurilgan, hozirda ochiq va qayta tiklanmoqda) soborlari alohida ajralib turgan. 

Pravoslavlik  Protestantlik haqida  Markaziy Osiyoga katolik va protestant yoʼnalishi vakillarining kirib kelishiga 1879 yil 27 martdagi Rossiya imperatorining maxsus qonuniga koʼra birinchi jahon urushida asrga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va boshqa yevropalik askarlarning Turkiston oʼlkasiga surgun qilinishi turtki boʼldi. Bu oʼz navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo boʼlishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20–30 yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib

Turkistonda 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav toʼgʼri kelgan yoki

5340 masjidga 306 cherkov toʼgʼri kelgan. Bundan tashqari, 10,1 ming pravoslaviega mansub boʼlgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub kishilar tashkil etgan.

Аyrim maʼlumotlarga koʼra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300 ga yaqin katoliklar boʼlgan. Oʼsha vaqtda rim katoliklari jamoalariga Yustin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy obida sifatida qayta taʼmirlandi. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan Аrman apostol cherkovi eng qadimiy xristian cherkovlaridan biri boʼlib, maʼlumotlarga koʼra, Oʼrta Osiyoda armanlar taxminan III–IV asrlarda paydo boʼlganligi qayd etilgan. 1890 yilga kelib ularning soni 3839 kishini tashkil etgan. XIX asr oxirlaridan boshlab Echmiadzin Sinodi Turkiston oʼlkalarida ibodatxonalar qurishga qaror qilgan. Samarqand cherkovi oʼz faoliyatini 1903 yildan eʼtiboran boshlagan. Oʼzbekistonda tarqalgan xristianlikning uch asosiy yoʼnalishidan biri protestantizmdir. 

Pravoslavlik  Protestantlik haqida 

mavzular

manba