Munadarija
Psixokimyoviy ta’sirga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar.
Psixokimyoviy ta’sirga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar. Psixokimyoviy zaharli moddalar kishi a’zolariga ta’sir etmasdan uning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Bu moddalardan zaharlangan kishi ongini yo‘qotadi, xotirasi pasayib ketadi, bu moddalardan kuchliroq zaharlanganda esa nerv markazlari qattiq zararlanadi. Xullas, bunday moddalarning har qanday dozasi odamning mehnat va jangovorlik qobiliyatini yo‘qotishiga sabab bo‘ladi.
CHet el harbiy mutaxassislarining fikricha, ushbu moddalar ishlatilganda harbiy shtablarning ish faoliyati vaqtincha buziladi, qurolli kuchlar ichida tartibsizlik ro‘y beradi.
Bz (bi-zet) 1. Fizik va kimyoviy xossalari
BI-ZET rangsiz ok kristallik modda, hidi yo‘k. Toza preparatning suyuklanish harorati 1900S, qaynash harorati 4120S, zichligi 1,8 gg‘sm3, suvda yomon eriydi. Jang maydonlarida, aerozol sifatida qo‘llaniladi. Havodagi 0,11 g/m3 konsenrratsiyasidan bir daqiqa davomida nafas olinsa, psixoz kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Organizmga ingalyasion yo‘l bilan tushadi, ba’zan suv va ovqat bilan ham tushishi mumkin.
Bz (bi-zet) ning ta’sir mexanizmi.
Bu moddalar organizmga tushganda atropinga xos ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun markaziy ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblanadi, periferik ta’siri kuchsiz namoyon bo‘ladi.
Laboratoriya hayvonlariga tekshirish uchun yuborilgan radioaktiv izotoplar va BZ moddasining maksimal konsentratsiyasi 2,5 daki-adan so‘ng miya strukturasida kuyidagicha: ola-bula jismda > katta yarim sharlarda> gippokampda > gipotalamusda> kichik miyada tarqalishi aniklangan.
Ma’lumki, organizm hayot faoliyatida, anikrog‘i, ko‘zg‘alishlarning bir nerv xujayrasidan boshqasiga yoki nerv oxiridan ijrochi a’zo xujayrasiga o‘tishida mediatorlarning ahamiyati katta. Atsetilxolin mediatori nerv impulslarini bir strukturadan ikkinchisiga o‘tkazishda ishtirok etadi. BZ- zaharlovchi modda organizmga tushganda miyadagi muskarin sezuvchi xolinoretseptorlarni bog‘lashi natijasida markaziy nerv sistemasi sinapslarida atsetilxolinning mediatorlik funksiyasi buziladi. Bunda markaziy nerv sistemasiga atrofdan keladigan xabarlarni qabul qilish jarayoni buziladi, bu esa organizmda psixik holat paydo bulishiga olib keladi. Bundan tashqari , zaharlovchi moddalar fakat xolinoretseptorlarni blokada kilib kolmay, miyadagi xolinatsetilaza fermenti faolligini ham pasaytiradi. Natijada atsetilxolin sintezi markaziy nerv sistemasi sinapslarida kamayadi, parchalanishi ko‘payib ketadi, buning natijasida miyada atsetilxolin mikdori keskin pasayib ketadi.
Klinik manzarasi
Bu moddalar organizmga tushganda atropinga xos ta’sir qiladi. Zaharlanishning dastlabki belgilari vegetativ, somatik va psixik buzilishlar hisoblanadi. Taxikardiya, og‘iz qurishi, tashnalik, teri qizarishi, ko‘z qorachig‘ining kengayib ketishi kuzatidadi. Ataksiya ro‘y 6eradi, atrofga befarq bo‘lib qoladi va fikr chalkashligi ro‘y beradi. Kasallik klinikasida vegetativ o‘zgarishlar ko‘proq bo‘ladi. Zaharlanish darajasi, zaharlovchi moddaning havodagi konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, zaharlanish engil, o‘rta va og‘ir darajada o‘tadi.
E n r i l zaharlanishda qo‘zg‘alishlar yoki depressiya, mastlik belgilari, kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishi (eyforiya), xotiraning buzilishi va diqqatning susayishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, shilliq pardalarning qurishi, ishonchsiz qadam tashlash, nutq buzilishi kabi holatlar kuzatiladi.
O‘ r t a ch a og‘irliklagi zaharlanishda klinik belgilar zaharlanishdan 2-4 soat keyin paydo bo‘ladi va 12 kun davom etadi.
O g‘ i r darajadagi zaharlanishda klinik belgilar zaharlanishdan 15-20 daqiqa o‘tgach paydo bo‘ladi. 3-5 sutka davomida to‘liq rivojlanadi.
Davosi
Birinchi tibbiy yordam (o‘ziga, o‘zaro, sanitarlar, sanitar, instruktorlar tarafidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ):
- protivogaz kiyish yoki kiydirish;
- ximiyaga qarshi individual paket (IPP-8, IPP-10) yordamida kisman sanitariya ishlovini o‘tkazish;
- telik bilan zararlanish o‘chog‘idan chikish va olib chiqib ketish. SHifokorgacha bo‘lgan yordam (batalon tibbiy punktida (BTP):
- protivogaz kiymsh yoki kiydirish;
- ximiyaga qarshi individual paket (IPP-8, IPP-10) yordamida kisman sanitariya ishlovi o‘tkazish;
- tezlik bilan zararlangan o‘chokdan olib chiqib ketish;
- psixomotor ko‘zg‘alishlar paydo bo‘lganda 1-2 ml 0.2% li triftazin eritmasi mushaklar orasiga yuboriladi;
- yurak-qon tomir etishmovchiligi rivojlanganda yurak faoliyatini yaxshilovchi moddalar, analeptiklar (1 ml 0,05% li strofantin eritmasi yoki 1 ml 0,06% li korglikon eritmasi, 2 ml 10% li kofein eritmasi, 2 ml kordiamin eritmasi) mushaklar orasiga yuboriladi.
Ta’sirlantirish kuchiga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar.
Ta’sirlantirish kuchiga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalarga yuqori nafas yullari shilliq kavati, kon’yuktiva va ko‘z muguz pardasining sezuvchi nerv oxirlariga tanlab ta’sir kiluvchi kimyoviy birikmalar kiradi. Bu moddalar ularning fiziologik ta’sir mexanizmiga ko‘ra g‘ayriixtiyoriy zaharlar deb ham ataladi, chunki bu moddalar sezuvchi nerv oxirlarini tez kitiklab nafas olish a’zolari, ovkat hazm qilish va yurak-tomir sistemasi tarafidan g‘ayriixtiyoriy reaksiyalar kelib chikishiga sabab bo‘ladi. Tez kechuvchi g‘ayriixtiyoriy reaksiyalar organizm muvozanatining, o‘zining ta’sirlanish vaqtiga qarab butunlay yoki ma’lum darajada buzilishiga olib keladi. Kishi organizmi tashqi kimyoviy qitiqlovchi moddalarga sezgirdir, a’zolarning ichida eng sezgiri nafas olish, ko‘z shilliq pardasi va hazm a’zolaridir.
Ta’sirlantiruvchi moddalarning lipidlarda erishi nerv oxirlariga ayniqsa kuchli ta’sir qiladi, shuning uchun lipoidga boy bo‘lgan nerv oxirlarida zaharlovchi moddaning yuqori konsentratsiyasi hosil bo‘ladi. Zaharlovchi moddalar organizmda keltirib chiqaradigan klinik manzarasiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
- YUqori nafas yo‘llari va burun shilliq pardasiga ta’sir etuvchi zaharlovchi moddalar (sternitlar yoki aksirtiruvchilar).
- Ko‘z shilliq pardasiga ta’sir etuvchi zaharlovchi moddalar (ko‘zdan yosh chikaruvchilar yoki lakrimatorlar).
Adamsit – difenilaminoxlorarsin.
Kimyoviy toza adamsit sarik rangli kristall modda-yashil rangli texnik preparat. Solishtirma og‘irligi 1,65, erish harorati 195°S, qaynash harorati 410°S. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yomon eriydi. Suv va ishqorlar ishtirokida sekin gidrolizlanadi, gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda huddi adamsitga o‘xshash kuchli zaharlovchidir. Metallar bilan reaksiyara kirishmaydi. Tarkibida mishyak borligi uchup unitiol ziddi-zahar bo‘lib hisoblanadi. Boshida zaharli moddalarga qaraganda yuqori nafas yo‘llariga uzoq muddat ichida rivojlanuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sirlash konsentratsiyasi 0,001-0,005 mg.
Ta’sir mexanizmi
Kam yoki o‘rta konsentratsiyadagi kristalik arsin moddasi yuqori nafas yo‘llari va burun shilliq pardalaridagi suyuqliklarda eriydi va to‘planadi. U nervoxiridagi lipoidlar bilan birikib nafas yo‘llarida yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan zaharli o‘choqlarni hosil qiladi. Klinik belgilari ularning lipoid saqlovchi nerv oxirlari bilan birikishiga bog‘liq bo‘ladi, agar zaharlovchi modda lipoidlar bilan biriksa, tezda klinik belgilar paydo bo‘ladi. Latent davrning uzoqligi zaharlovchi moddaning havodagi konsentratsiyasiga ham bog‘lik bo‘ladi. Agar zaharli moddaning havodagi konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, patent davr bo‘lmasligi mumkin. Aksincha, kam mikdordagi zaharli modda ta’sir etganda latent davr 2-4 daqiqaga cho‘zilishi mumkin. Latent davrning davomiyligi qo‘llanilayotgan arsinlarning kimyoviy strukturasiga ham bog‘likdir. Masalan, adamsit boshqa arsinlarga karaganda sekinrok ta’sir qiladi, ta’sirlanish alomatlari 5-10 daqiqadan keyin paydo bo‘ladi. Hatto zaharlanish o‘chog‘idan olib chiqib ketilganda ham 10-30 daqiqadan so‘ng ta’sirlanish belgilari ko‘rinadi.Psixokimyoviy ta’sirga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar.
Davosi
Arsinlardan zararlanganda nafas yo‘llarini himoyalash uchun tuzilishida tutunga qarshi filtrlari bo‘lgan protivogaz (gaznikob) ishlatiladi, bu kog‘oz filtrlar zaharlovchi modda zarrachalarini o‘zida ushlab qoladi. Zaharlovchi moddaning yuqori konsentratsiyasi, terini kam shikastlashi uchun maxsus himoya kiyimi va ko‘lkoplardan foydalanish kerak. Arsinlardan zararlanganda tezda zararlanish o‘chog‘idan chiqib ketish yoki zararlangan kishilarni olib chiqib ketish zarur, iloji bo‘lsa ustki kiyimlarni almashtirish kerak, chunki u zaharlovchi modda zarrarchalarini adsorbsiya qilish xususiyatiga ega.
Zaharlangan atmosferada tezlikda fitsillin yoki tutunga qarshi aralashmaning ampuladagi eritmasi (40 g xloroform + 40 g etil spirti + 20 g oltingugurt efiri va 5 tomchi nashatir spirti) hidlatiladi. Buning uchun ampulaning uchi doka bilan eziladi va ampula protivogaz shlem-niqobi ichiga qo‘yiladi. Agarda tutunga qarshi aralashma ishlatilgandan keyin ham klinik belgilar yo‘qolmasa, 5-10 daqiqadan so‘ng qaytadan ushbu aralashma ishlatiladi.
Birinchi tibbiy yordam (o‘ziga, o‘zaro va sanitarlar, sanitar instruktorlar tarafidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam): zararlanush o‘chog‘ida: Protivogaz kiyiladi;
– nafas yo‘llari ta’sirlanganda protivogaz shlem niqob ichiga 1-2 ampula tutunga qarshi
aralashma (40 g xloroform, 40 g etil spirti, 20 g oltingugurt efiri va 5 tomchi nashatir spirti) yoki 1 ml fitsilin qo‘yiladi.
Psixokimyoviy ta’sirga ega zaharlovchi moddalar.
Muallif: Xasanov M