Qog’oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret‚ shablon va muhr tayyorlash texnikasi.

Qog'oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret‚ shablon va muhr tayyorlash texnikasi.

Qog’oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret‚ shablon va muhr tayyorlash texnikasi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida har bir o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda bolalarni muctaqil ishlashga, qo‘l muskullarini rivojlantirishga o‘rgatib borish zarur. Tarbiyachi har bir o‘tkaziladigan mashg‘ulotiga ijodiy yondashgan holda va o‘z mahoratini ishga solgan holda yangilik yarata olishlari lozim. Bolalar bog‘chasining ilk yosh guruhidan boshlab to tayyorlov guruhigacha ish jarayonlari oddiydan murakkabga qarab boradi. Buning uchun o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ayniqsa tasviriy faoliyat, rasm, applikatsiya, loy ishlarini yaratishda uctaxonada amaliy ish fanining ahamiyati kattadir. Bolalar bog‘chasida trafaret‚ shablon asosida chiziladigan buyumlarni, shakllarni chizishga, qirqish, yelimlashga, yasashga o‘rgatiladi.

Trafaret yasash uchun kerak bo‘ladigan ish qurollari:

  1. Rangli suratlar;
  2. Kalka qog‘ozi;
  3. Qoraqalam;
  4. Qaychi, pichoqcha;
  5. PVAelimi;
  6. Dermantin;
  7. Karton qog‘oz;
  8. Klyonkadan foydalanish mumkin;

Trafaret —qalin qog‘ozqog‘oz, yupqa karton, tunuka, plactmassadan tayyorlanadigan yio‘indisi turli murakkablikdagi naqshni yoki biror yozuv takctini tarkib toptiradigan tirqishlar qilingan plactinkadir. Trafaretdan ko‘p karra takrorlanuvchi rasmlar, harflar, yozuvlarni olishda foydalaniladi. Trafaretlar qurilishda, devorlarni bezashda, tayyor mahsulotlar, turlarini makirovka qilishda keng qo‘llaniladi. Maktab amaliyotida tarfaretlar qalin rasm qog‘ozidan tayyorlanib unga rasm, naqsh, harflar aniq chiziqlar bilan tushiriladi. Har bir detal yonidagi qismlar bilan ko‘proq birlashishi lozim. Rasm tushirilgan qog‘ozga alifmoy yoki moy laki singdiriladi. Lak yoki alifmoy qurigach, qog‘ozning uctini talk bilan artib, rasmni o‘yib qirqib olishga kirishiladi.Qog’oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret‚ shablon va muhr tayyorlash texnikasi.

Trafaretni bir necha qavat keraksiz qog‘oz solingan taxta uctiga qo‘yib, qalamtaroshning uchi bilan olib tashlanishi lozim bo‘lgan qismlari qirqiladi. Qalamtaroshni qiyalatib ushlash lozim. Mayda detallarni qirqishda chizmalarni tozalashda ishlatiladigan nayzasimon qirish perolaridan ham foydalanish qulaydir. Trafaretlar hilma hil: bir rangli qismlarni va ko‘p bo‘yoqli tasvirlarni berishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Ko‘p bo‘yoqli tasvirlarda rasm ranglar soniga ko‘ra qismlarga ajratiladi. Har bir rangda alohida trafaret tayyorlanadi. Ko‘p rangli rasmni bajarishda trafaretlar qo‘llanilish tartibiga muvofiq raqamlanadi. Bundan tashqari ularda rasmning ma’lum qismlarini tekshirib turish maqsadida teshiklar qilinadi, bu teshiklar bo‘yalmaydi.

Qo‘shaloq trafaretlar uzluksiz rasmlarni olish uchun xizmat qiladi, birinchi trafaretda rasmning bir qismi, ikkinchisida esa rasmning birinchisi bilan ulanishini ta’minlovchi qismlari bajariladi.

Teskari trafaret — bu trafaretlar yordamida fon, rasm bo‘yaladi, ishlov berilayotgan material rangi saqlanadi.

Trafaret orqali mo‘yqalamda bo‘yoq beriladi. Bu maqsadda maxsus mo‘yqalamlardan foydalanish mumkin. Mo‘yqalam bilan beriladigan bo‘yoq quyuqroq bo‘lishi kerak, aks holda u trafaret tagiga oqib tushishi mumkin. Ko‘p rangli rasmlarni bajarishda bo‘yoqlar belgilangan izchillikda tartib bilan beriladi.

Trafaret shablon tayyorlash uchun tasvirni chizib olinadi va pichoqda ozgina kesib olib, so‘ngra qaychini uzmasdan qirqishga harakat qilinadi. Agar uzib — uzib qirqilsa tasvir noto‘g‘ri chiqishi mumkin. Trafaret shablon 2 xil usulda bo‘ladi:

  1. Oddiy trafaret shablon
  2. Murakkab trafaret shablon

Oddiy trafaret shablon — deb bir qismdan iborat bo‘lgan tasvirga aytiladi.

Murakkab trafaret shablon — deb uch-to‘rt qismdan iborat bo‘lgan shaklga aytiladi. Har bir bajarilayotgan ishga e’tibor, mehr, did, farosat talab etiladi.

Suyuq shaffof anilin bo‘yoqlarni purkash yoki shampun bilan surtish asosida bergan ma’qul. Tampon yasash uchun bir siqim paxtani dokaga solib, mahkam qilib bog‘lanadi. Trafaretni qog‘ozning uctiga qo‘yib uning uctiga bo‘yoqqa botirilgan tampon bosiladi. Natijada qog‘oz ham, trafaret ham bo‘yaladi. Trafaret olinganda qog‘ozda qirqilgan shaklning bo‘yalgan izi qoladi. Gul solish ishi shu usulda davom etadi. Konturli trafaret bilan ishlaganda quruq rang kukuni yoki ko‘mir kukuni tampon qilib o‘raladi va uni rasm chiziqlari uctiga bosib — bosib olinadi, buning natijasida qog‘ozga tushirilayotgan naqshning zaif konturi hosil bo‘ladi, zarur bo‘lsa uning atrofini qalam bilan chizib chiqqan ma’qul.

Shablon — butkul qabul qilingan na’munadir. Keramika sanoatida lagan, tarelka, chashkalarni tayyorlashda doira shablon qo‘llaniladi Doira va qaytarma shablondan  simmetrik shakldagi modellarni yasashda foydalaniladi.

Oddiy‚ murakkab trafaret va shablon namunalari:

Kartoshka‚ po‘kak va o‘chirg‘ichdan yasalgan muhrdan foydalanib chizilgan rasmlar.

Qaytarma shablon yordamida model quyidagicha shakllantiriladi: taxtaga o‘yilgan shablon o‘yig‘iga yaxshi ishlangan loy qo‘yiladi, qo‘yilgan loyning o‘lchami bo‘lajak modeldan bir oz kattaroq bo‘lishi kerak. Shablonni 180 gradusga aylantirib modelning birinchi yarmi hosil qilinadi. Aylana shablon tik o‘q bilan birlashadi. o‘q taxta o‘yig‘idagi loyga o‘rnatiladi. Shablon modeli o‘q atrofida aylantirib yasaladi.Qog’oz va kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret‚ shablon va muhr tayyorlash texnikasi.

Muhr. Shtamp. Ishlab chiqarishda bosim kuchi bilan detal yasaydigan asbob muhr deyiladi. S’htampning ish sathi tayyorlanadigan detal sathini takrorlaydi. Muhr shtampning bir turidir. U qalin karton yoki rezinadan tayyorlanadi. Turli shakllar o‘yib ishlangan karton yoki rezina yog‘och plactinkaga yopishtiriladi. Agarda harflar o‘yib tushiriladigan bo‘lsa, unda harflarning ko‘zgudagi aksi tushirilishi kerak. Xom kartoshkaga o‘yib ishlangan muhr va shtamplar uzoq muddat chidamaydi. Muhr va shtamplar uchun oddiy bo‘yoqlardan ham foydalansa bo‘ladi. Bo‘yoq paxtaga yoki bir necha qavat taxlangan bintga singdiriladi — bu bo‘yoq berish yoctiqchasi xizmatini o‘taydi.

Qog’oz  kartonni qayta ishlash jarayonida trafaret‚ shablon va muhr tayyorlash texnikasi.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba