Munadarija
Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).
Qog‘oz va karton bilan ishlash.Qog‘oz va karton rangi shakli, o‘lchami, tekis yoki g‘adir-budirligiga qarab maqsadli malakalarni o‘stirib borish kerak. O‘yinchoklar turli esdaliklar, ko‘ylak uchun bezaklar tayyorlash‚ unda rang va shakllarni uyg‘unlashtirish xaqidagi tushunchalar kengaytirib boriladi. Qog‘oz va karton bilan ishlaganda andoza, kaychi, yelimdan to‘g‘ri foydalanish, malakalarni mustahkamlash kerak. Qog‘ozni qo‘l bilan yirtish, turli shakllar yasashni o‘rgatish lozim. Zar qog‘ozdan har xil munchoklar, stol teatri uchun personajlar, o‘rdakcha, xo‘roz, chiburashka qo‘g‘irchoklarning ko‘ylagini gul va naqsh bezaklar bilan bezash, kompozitsiya tuzish, mebellar‚ qutichalar yasash o‘rgatiladi. Undan
Qadimgi Misr davlatlaridayok hosh yozish uchun varaklar tayyorlashgan. Papirusning ichki qismlari yupqa plastinkalarda kesiladi, ishqallanadi, shu bilan bir vaqtda ularni suv bilan ho‘llab, bolg‘acha bilan urib turiladi, chyotka tagiga qo‘yiladi, keyin quyoshda quritiladi, hosil bo‘lgan varaqalarni yopishtirib, o‘ramlarga bog‘lanadi. Xozirgi kunlarda qog‘oz tayyorlash usuli xitoylardan o‘zlashtirilgan. Maydalangan o‘simlikpaxta, bambuk, somondan quyuq massa qaynatilgan, unga har turli kleylar qo‘shilgan. Keyin uni taxtakachlab qog‘oz varaqlari tayyorlangan. Xitoydagi qog‘oz tayyorlash san’ati keyinchalik Yaponiya va boshqa davlatlarga o‘tgan.
XII- asrda kelib ko‘chiruvchilar orqali qog‘oz Yevropaga yetib keladi. XVasrda tipografiya kashf yetilishi bilan qog‘oz tayyorlash va uni amalda qo‘llashda oldinga qadam qo‘yildi. XIX asrda turli shakl va sifatli qog‘oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratiladi. Xozirgi qog‘ozni sellyulloza, ignabargli daraxtlardan va bir yillik o‘simliklardan tayyorlanadi. Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).
Qog‘oz – bu biz har birimiz kunda to‘qnashib turadigan, eng kerakli va qiziqarli materiallardan biridir. Biz kunda kitob va gazetalarni o‘qiymiz, ko‘chalarda yorkin plakatlar, konsertlarda, vistavkalarga bizni taklif qilayotgan afishalarni uchratishimiz mumkin. Agar diqqat bilan atrofga nazar tashlasak, qog‘ozning har xil buyumlar yasash uchun ham ishlatilganini ko‘ramiz.
Qog‘oz bilan ishlash uchun qaychi bilan kley kerak‚ xolos. Qog‘oz berilgan shaklni saqlab turish, o‘yinchoqlar yasash uchungina emas, boshqa kundalik xayotimizda kerak bo‘ladigan buyumlar yasash imkonini beradi. Biz bolaligimizda qog‘ozni kashf etganmiz, uning xayratlanarli xususiyatlaridan zavqlanganmiz. Mohir qo‘llarda oddiy daftar varag‘i gulga, likopchaga, suvda suzadigan qayiqchaga aylanadi. Oxirgi paytlarda qog‘oz mutaxassislarni o‘zining dekorativ hususiyatlari bilan diqqatni jalb qilmoqda. Uning rangi, turli xususiyatlari xar xil dekorativ ishlarda katta ahamiyatga ega, ayniksa, mozaikada. Pedagoglarning hisoblashicha, qog‘oz qanchalik xilma xil va rang-barang bo‘lsa, shunchalik u bilan ishlash qiziqarliroqdir.Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).
Ishning asosiy usullari.
Buklash, g‘ijimlash,qayirish va to‘g‘rilash, qirqish va yirtish, hajmli modellar, kub, silindr, konus.
Qog‘oz turlari
Papirus qog‘ozi. Papirus qog‘ozi archa o‘yinchoklarini bezashda gul va boshqa dekarativ buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Foto qog‘oz. Foto qog‘oz nurga sezuvchan qog‘oz‚ u fotografiyalarda ishlatiladigan qog‘oz tayyorlashda negiz bo‘lib hizmat qiladi.
Ba’zi al’bomlarda, bloknotlarda, papkalarda foto qog‘oz rasm qog‘ozining rolini o‘ynaydi. Nur tushirilgan qog‘ozni mayda ko‘rgazmalar yasash uchun ishlatish mumkin.
Gazeta qog‘ozi. Bu qog‘oz qisqa vaqt foydalaniladigan ko‘rgazmalar uchun moslangan. U oqlanmagan sellyuloza (25%) va yog‘och massasi (75%) dan tayyorlanadi, og‘irligi – 15 gm.
Kitob va jurnal qog‘ozlari. Bosmaxona qog‘ozi kitob va jurnallar nashr etish uchun ishlatiladi. Notalar uchun qog‘oz, tipografiya qog‘ozi illyustratsiyalar uchun, ofset nashriyoti uchun, estalik qog‘ozi – metal gravyuralarni tushirilish uchun ishlatiladi.
Kartografiya qog‘ozi. Bu qog‘oz kartalar tushirish uchun mo‘ljallangan sellyuloza va yog‘och tolasidan ishlanadi. U uch turda ishlab chiqariladi: geografiya, gidrografiya va bosmaxona kartalari uchun.
Muqovalar uchun qog‘oz kitob, jurnal, papkalar uchun muqovalar tayyorlash uchun ishlatiladi, shuningdek, jadvallar, qutichalar va applikatsiya ishlari uchun ham yaroqlidir.
Albom qog‘ozi. Albom qog‘ozi deb, zich, qalin muqovalari uchun uncha og‘ir bo‘lmagan (45 dan 80 gr gacha) qog‘oz tushuniladi.
Xatlar yozish uchun qog‘oz. Jadval, kartochkalar, qutichalarni ichidan yopishtirish uchun, quritilgan o‘simliklarni yopishtirish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Rasm-chizmachilik qog‘ozi. Jadvallar, kartochkalar, loto, suratlar, geometrik shakllar va boshqa hajmli va tekis buyumlar uchun, karnaval niqoblari, turli maketlar yasash uchun yaroqli.
Kalka qog‘ozi. Bu shaffofrang bilan ishlov berilgan va og‘irligi 40-50 gr bo‘lgan qog‘oz. Uni archani bezatish uchun fonarchalar, sahnani bezatishda, soya teatrida ekran sifatida ishlatish mumkin.
Millimetrli qog‘oz. Og‘irligi 70, 80, 90, 120 va 130gr, sariq, yashil va havo rang qog‘ozdir. Millimetrli qog‘oz jadvallar yopishtirish uchun, tasvirli masshtabini o‘zgartirib nusxa ko‘chirish uchun ishlatish mumkin.
Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).
Muallif: Xasanova Sh.T.