Qurol — yarog’ va o’q dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.

Qurol - yarog' va o'q dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.

Qurol — yarog’ va o’q dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.

Qurol — yarog’ va o’q dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.  Avtomat bilan muomala qilinganda xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilish shart. Ular kuyidagilardan iborat:

  1. Mashg‘ulot boshlanmasdan avval avtomat o‘qlanganligini tekshirib ko‘rish zarur.
  2. Avtomatni ko‘zdan kechirish, o‘qdonni o‘qlash va bo‘shatishda ehtiyot bo‘lishlik, harakatlar ketma-ketligiga e’tibor berish kerak.
  3. Tepkini ezishdan avval stvolni ko‘tarib turiladi.
  4. Avtomat xattoki o‘qlanmagan bo‘lsa ham uni odamlarga do‘layish taqiqlanadi; u mashg‘ulotlardan so‘ng saqlagichga qo‘yiladi.

5.O‘qdonni paxtavon patronlar bilan o‘qlashda ularning ichida jangovarlari yo‘qligini tekshirish zarur.

  1. Patronlar pistonini zarbalardan saqlash kerak.
  2. Otilmay qolgan patronlardan o‘quv patronlari sifatida foydalanish ta’qiqlanadi.
  3. O‘zga quroldan otish ta’qiqlanadi.
  4. Foydalanish qoidalarini bilmagan quroldan otish ta’qiqlanadi.
  5. Komandirning buyrug‘isiz qurolni boshqa shaxsga berish ta’qiqlanadi.
  6. Komandirning buyrug‘isiz qurolni qarovsiz qoldirish ta’qiqlanadi.
  7. O‘zga shaxsga qurolni berayotganda u o‘qlanmaganligini tekshirib, keyin berish darkor.
  8. O‘zga shaxsdan qurolni olgandan so‘ng u o‘qlanmaganligini tekshirib olish darkor.
  9. Harakat chog‘ida qurolni tutish qoidalariga rioya qilish darkor (yugurib ketayotganda; avtomobilda ketayotganda va h.).
  10. Avtomatni faqat o‘qlashga ruhsat berilganida, 45 gradus burchak ostida yoki nishon tomonga qaratilgan xolda o‘qlash lozim;
  11. Otish mashqlarida komandirning buyrug‘iga qat’iy rioya qilinishi shart.
  12. Otish maydonida odamlar, hayvonlar va avtomobil vositalari paydo bo‘lgan xollarda mustaqil ravishda otish to‘htatiladi.
  13. Otish mashg‘ulotlarida oq bayroq ko‘tarilganida, yong‘in sodir bo‘lganida otish to‘htatiladi.
  1. Ruhsat etilmagan joylarda avtomatni yoyish-yig‘ish ta’qiqlanadi.
  2. Patronlarni ochish (poroxini olish maqsadida) ta’qiqlanadi.
  3. Zanglagan, shakli buzilgan patronlardan foydalanish ta’qiqlanadi.

Stvol osti granatomyoti GP-25 ochiq maydonda, okop va transheyalardagi hamda balandliklar ostidagi nishonlarni yakson etish uchun mo‘ljallangan. Ushbu granatomyotning qo‘llanishida barcha o‘lchamdagi Kalashnikov avtomatlariga qo‘shimcha ustamalarsiz o‘rnatsa bo‘ladi. Granatomyotga parchalanuvchi granatalar qo‘llaniladi. Bu granatalar tez portlovchi va o‘zini yo‘q qiluvchi moslamalari bilan taminlangan. Granatomyotni avtomatga o‘rnatilmagan xolatda otish uchun foydalanib bo‘lmaydi. Granatomyotni o‘qlash tartibi, uning stvol boshidan o‘qlanadi.

Granatomyotni  beto‘xtov ishlov xolati barcha iqlim va ob-havo sharoitlarida ham taminlab beradi. Granatomyot shaxsiy qurol bo‘lib bir askarga tegishli xisoblanadi.

Kalibri 40 mm, mo‘ljalga olish masofasi 400 metr, jangovar otish tezligi 1 daqiqada 4-5 marta, granatomyotning uzunligi 323 mm, og‘irligi 1.5 kg. tashib yuruvchi o‘q-dori miqdori 10 ta.

GP-25 granatomyotining tuzilishi. 1. Stvol, mo‘ljalga olish va avtomatga o‘rnatish moslamalari bilan;  2. Kazyonik — o‘qlash qismi; 3. Otish boshlovchi mexanizm.

GP-25 granatomyotining ishlash prinsipi. O‘ng qo‘lda avtomatni ushlab, chap qo‘lga granatomyotni olib stvot ostidagi granatomyot o‘rnatish moslamasiga yuqoridan pastga tushiriladi.O‘qlash tartibi-VOG-25 rusumli granata granatomyot stvolining bosh qismiga chap qo‘lni bosh barmog‘i bilan qadab qo‘yiladi. Bu granata o‘qlash qismiga qotirilgan xolatda turishi kerak. SHu xolatda granatomyot otishga tayyor xisoblanadi.Qurol — yarog’ va o’q dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba