Qurolli Kuchlarga rahbarlik, harbiy boshqaruvning mahalliy organlari.

Qurolli Kuchlarga rahbarlik, harbiy boshqaruvning mahalliy organlari.

Qurolli Kuchlarga rahbarlik, harbiy boshqaruvning mahalliy organlari.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlarining Bosh Ko‘mondoni-O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  mudofaa sohasidagi vakolatlari   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat  harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi; mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish  rejalarini ishlab chiqadi, mazkur rejalarning ijrosi ustidan nazorat olib boradi;

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy-maishiy ta’minoti masalalarini hal etadi;

Qurolli Kuchlarning tegishli ravishda qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishi va ta’minlanishini tashkil etadi; qurol-yarog‘lar va harbiy texnika, strategik materiallar eksporti hamda importi ustidan nazorat olib boradi;

korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar mudofaa ehtiyojlariga doir vazifalarni bajarganligi munosabati bilan ular sarf qilgan moddiy xarajatlarning o‘rnini qoplash tartibini belgilaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘z tasarrufidagi qo‘shinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning  mudofaa sohasidagi vakolatlari.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq mamlakat mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek jangovar qobiliyatini ta’minlashda qatnashadilar hamda zimmalariga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas’uldirlar.

Harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo‘lgan mahsulotlar etkazib berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun mas’uldirlar, safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq tarmoqning urush davrida barqaror ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.

Harbiy boshqaruvning mahalliy organlari. Harbiy okruglar

Harbiy okrug operatsion yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umum qo‘shin tezkorstrategik hududiy birlashmasidir.

Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida beshta harbiy okrugi mavjud:

  1. Toshkent harbiy okrugi;
  2. Markaziy harbiy okrug
  3. SHarqiy harbiy okrug;
  4. Janubiy-G‘arbiy maxsus xarbiy okrug;
  5. SHimoliy-G‘arbiy harbiy okrug.

Respublikamizdagi  viloyatlarda Mudofaa ishlari boshqarmalarining va tumanlardagi  mudofaa ishlari bo‘limlarining faoliyatlari to‘g‘risida  tushuncha berib  talabalarni  o‘quv  materiali  bo‘yicha  bilimlarini mustahkamlash uchun quydagi  savollar beradi:

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining  mudofaa sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli safarbarlik topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydilar;

o‘z hududlarida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar; harbiy hisobga olish ishini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni, safarbarlik, harbiy yig‘inlarni tashkil etishda, shuningdek safarbarlik va urush davrida O‘zbekiston

Respublikasi fuqarolariga bron berishda qatnashadilar;

fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini ta’minlaydilar;

hududiy mudofaa tadbirlarini rejalashtirishda va ularning bajarilishini ta’minlashda qatnashadilar;

Qurolli Kuchlarning zarur mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga, issiqlik va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlaydilar, ularga aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar; harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning korxona, muassasa va tashkilotlari ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda er, xizmat xonalari hamda turar joy  beradilar; fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi, jangovar harakatlarda qatnashishi munosabati bilan ularga, shuningdek ularning oila a’zolari uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar amalga oshirilishini ta’minlaydilar; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

 

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:

harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni xabardor etish va mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqirishni tashkil etishda ko‘maklashadilar;  shaharchalar, qishloqlar va ovullarda harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni birlamchi shaxsiy hisobga olish ishini yuritadilar, shuningdek fuqarolarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qatnashadilar; fuqaro muhofazasi va hududiy mudofaa tadbirlarida qatnashadilar;

o‘z mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa molmulklarni urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turadilar, qilingan xarajatlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan  tartibda keyinchalik qoplanadi;  qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda qatnashadilar.

 

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba