Qurolsiz saf usullari va harakatlari. Safda harakatlanish usullarini o‘rganishning ketma-ketligi.

Qurolsiz saf usullari va harakatlari. Safda harakatlanish usullarini o‘rganishning ketma-ketligi.

Qurolsiz saf usullari va harakatlari. Safda harakatlanish usullarini o‘rganishning ketma-ketligi.

 Saf usullariga o‘rgatishni quyidagi ketma-ketlikda olib borish kerak:

— usul bilan tanishish;

— usulni o‘rganish; — mashq qilish.

Usul bilan tanishtirish uchun komandir:

— usul nomini, kaerda va qanday maqsadda qo‘lla-nishini aytib utishi;

— usul bajariladigan komandani berishi;

— Nizom bo‘yicha usul butunligicha qanday baja-rilishini, keyin esa sekin sur’atda

bo‘lib-bo‘lib qisqa tushuntirishlar bilan bajarilish tartibini aytadi.

Usul bilan tanishishga eng kam vaqt sarflanishi kerak.

Usulning murakkabligiga bog‘liq holda uni o‘rga-nish:

— butunligicha, agar usul murakkab bo‘lmasa;

— bo‘lib-bo‘lib, agar usul murakkab bo‘lsa; tayyorlov mashklari yordamida, agar usul murak kab va uning alohida elementlari kiyin o‘zlashti-rilsa.

Usul bilan tanishtirish uchun mashg‘ulot rahbari o‘rganuvchilarga namunaviy qilib, yo‘l-yo‘lakay hara-katlarni tushuntirib, uni avval to‘liq keyin esa ele-mentlar bilan (bo‘libbo‘lib) bajarilishini ko‘rsata-di.

Usul yoki harakatning har bir elementini o‘rganish (agar usul bajarilishi bo‘yicha murakkab bo‘lsa) ham ko‘rsatish va qisqacha tushuntirishdan boshlanadi.

Ko‘rsatishda o‘rganuvchida saf usuli yoki harakati (uning elementlari) to‘g‘risida ko‘rish tasavvuri hosil bo‘ladi, shuning uchun ko‘rsatish benuqson bo‘lishi kerak.

Aniq, to‘g‘ri va chiroyli namoyish eya’ilgan usul hamda harakatlar o‘rganuvchilarda katta taassurot tug‘diradi. Ularda xuddi shunday bajarishga istak uyg‘otadi.

Namoyish har doim qisqacha tushuntirish bilan olib boriladi. O‘rganilayotgan usul va harakatlarda ko‘rish tasavvuriga ega bo‘lish etarli bo‘lmay, u haqsa to‘liq va to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish uchun o‘rganilayot-gan usul va harakatni tushunmoq kerak. Tushuntirish o‘rganilayotgan usul va harakatlarni namoyishda o‘z-lashtirish qiyin bo‘lgan tomonlarini ochadi. U o‘rga-nuvchilarni nima namoyish qilinishiga yoki saf usuli yohud harakatni to‘g‘ri bajarish nimaga bog‘liqligiga yo‘naltiradi.

Saf usuli yoki harakat tanishtirilgandan keyin ko‘nikmani shakllantirish jarayoni bir butun harakat bo‘lib, o‘ziga uchta o‘zaro bog‘liq asosiy bosqichlarni kiritadi.

Birinchi bosqich o‘z ichiga usul yoki (murakkab) hara-katni elementlarga bo‘lish va usul yoki xarakatni ele-mentlar bilan bajarishni oladi.

Ikkinchi bosqich elementlarni ketma-ket guruhlar-ga, keyin esa bir butun qilib biriktiradi.

Uchinchi bosqichga usul yoki harakatni ko‘nikmaga aylantirish kiradi. Bajarish harakatlarni ko‘p maro-taba takrorlash yo‘li bilan avtomatik tarzda bajari lishgacha etkaziladi. Barcha usullar to‘g‘ri, tez, chiroy-li va aniq bajarilishiga erishish kerak.

Mashq boshida sekin, so‘ngra odatiy sur’atda juft yoki yakka, komandir komandasi bo‘yicha, o‘rganuvchilar hisobi bo‘yicha yoki baraban zarbi ostida o‘tkaziladi. Alohida harbiy xizmatchilar yo‘l qo‘ygan xatolar yo‘l-yo‘lakay mashq vaqtida to‘g‘rilanishi kerak.

Qurolsiz saf usullari va harakatlari.

Harbiy xizmatchilarning mustaqil tayyorgarlik so-atlarini Saf nizomining 25- va 26moddalari talablarini o‘rgatishdan boshlash lozimdir. Birinchi mash-g‘ulotda saf elementlarini ko‘rsatish kerak, nizomiy ta’riflar berilishi, saf elementlarining qo‘llani-shi va safni boshqarishning asosiy komandalari ha-kida gapirib berish kerak.

Saf elementlarini ko‘rsatish ko‘rgazmali bo‘li-shi uchun vzvodni, guruxni (seksiyani) saflab, unda safning barcha elementlarini ko‘rsatish maqsadga muvofikdir.

Mashg‘ulotni boshlab, komandir harbiy xizmatchilarni safda turish elementlarining namunali namoyishi bilan tanishtiradi.

Bunda harbiy xizmatchilar komandirni old taraf-dan va yondan ko‘rishlari kerak. Keyin seksiya (guruh) komandiri (guruh komandiri o‘rinbosari) turish qan-day hollarda qo‘llanishini aytadi va ko‘rsatadi hamda buyruq olishda va berishda safda to‘g‘ri turishga, har-biy xizmatchilar bir-biriga murojaat qilishiga max-sus e’tibor karatadiki, bunda bir vaqtda qo‘l bosh kiyimiga olib borilishiga urg‘u berib o‘tadi.

Ko‘rsatib bo‘lib, komandir seksiyani yoyadi va har-biy xizmatchilarga safda turish holatlarini qabul qilishga imkon beradi, o‘zi esa har bir o‘rganuvchini tekshirib, ular yo‘l qo‘ygan xatolarni bartaraf kila-di. Undan keyin komandir safda turishni elementlar bo‘yicha o‘rgatishga kirishadi.

Agar seksiyaning ko‘pchilik harbiy xizmatchilari xatoga yo‘l qo‘ysalar, komandir usulni amaliy o‘rga-nishga tayyorlanish mashklari yordamida kirishadi. Bu-ning uchun seksiya harbiy xizmatchilari yoyiq bir she-rengali safda to‘g‘riburchak chizig‘iga, poyafzal uchini chizikda tekkizib turadilar. Seksiya (guruh) komandiri birinchi tayyorgarlik mashqini — «Oyoq uchini front chizig‘i bo‘yicha oyoq kengligida yoyish»ni ko‘rsa-tadi. Ularga bu tayyorgarlik mashqini 2—3 daqiqa ba-jarishga imkon beradi, o‘zi esa botinka uchlari holat-larini kuzatib turadi. SHundan keyin komandir mashq kilishga kirishadi.

Bu tayyorlov mashqini bajarish «Oyoq uchlari bir-lashtirilsin, bajar — BIR, oyoq uchlari ayrilsin, ba-jar — IKKI, oyoq uchlari birlashtirilsin, bajar BIR» va hokazo.

Komanda berish bilan seksiya (guruh) komandiri oyoq uchlari ayrilish kengligini kuzatib boradi va yo‘l-yo‘lakay o‘rganuvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni to‘g‘rilaydi.

Avvalida mashq bir necha bor umumiy komanda bilan bajariladi, keyin seksiya (guruh) komandiri har bir askarning mashq bajarishini tekshirib ko‘radi.

Undan keyin yana bir marta mustaqil o‘rganishga kirishishga buyruq beradi. Mashqni besh-etti marta bajarish kerak va faqat undan keyin oyoq uchlari chiziqdan chiqqanchiqmaganligi tekshiriladi.

Mustaqil mashq paytida seksiya (guruh) komandiri va guruh komandiri navbatmanavbat har bir o‘rganuvchini tekshiradi va xatolarini to‘g‘rilaydi.

YAkka tartibdagi mashqdan keyin seksiya (guruh) komandiri juft bo‘lib mashq qilishni qo‘llashi mum-kin, buning uchun seksiyada bir-ikki hisobini amalga oshiradi va «Birinchi raqamlar chapga, ikkinchilar esa o‘ng-GA», keyin: «Birinchi raqamlar tekshiradilar, ikkinchilari bajaradilar — juft-juft mashqqa — KIRISHILSIN» komandasini beradi, o‘zi esa mashkni ko‘zdan kechirib boradi, kamchiliklarni to‘g‘rilaydi va vaqti-vaqti bilan mashq qiluvchilarni almashtiradi va nazorat qiladi.

Keyin seksiya (guruh) komandiri ikkinchi tayyor-lov mashqini — ko‘krakni ko‘tarish bilan tanani bir oz oldga yuborish, qorinni o‘ziga tortish, elkani yoyish va qo‘llarni son o‘rtasiga tushirishni ko‘rsatadi. Bu mashq ham avvalgisiga o‘xshash ketma-ketlikda olib boriladi.

Komandir harbiy xizmatchilarga tushuntiradiki, bu mashqni boshlab, chuqur nafas olish va shu holatda ko‘krak qafasini ushlab turish kerak, nafas chiqarish va nafas olishni ko‘tarilgan ko‘krak qafasi bilan davom ettirish kerak.

Ko‘krakni ko‘garib, tana bir oz oldinga yuborilib, qorin ichga tortiladi, elkalar esa yoyiladi. Bunda qo‘llar shunday tushuriladiki, kaftlar ichkariga qaratilgan, yonga va son o‘rtasiga tushurilgan bo‘lishi, barmoklar esa yarim bukilgan va songa tegib turishi  kerak.

Tanani bir oz oldga to‘g‘ri berilganligini tekshi-rib ko‘rish uchun oyoq uchida ko‘tarilish, keyin esa tana nishabligini o‘zgartirmasdan to‘liq oyoqqa tushish kerak.

Bu tayyorlov mashqini o‘rganish «Ko‘krak ko‘taril-sin, qorin tortilsin, elkalar yoyilsin, tana oldga be-rilsin, bajar — BIR, boshlang‘ich holat qabul qilin-sin, bajar — IKKI» komandasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Mashq qachonki seksiyaning (raschyot, ekipaj) barcha urganuvchilari tananing safda to‘g‘ri turishi erkin holatdagidan farq qilishini sezmaguncha davom ettiriladi.

SHu holatlardagi farqni ko‘rsatish uchun oynadan foydalanish zarur yoki bir sherengani ikkinchisining qarshisiga qo‘yish kerak, keyin «Birinchi raqamlar erkin turadilar, ikkinchilari kukragini ko‘taradilar» komandasi beriladi. Xuddi shu komanda birinchi raqamlar uchun ham beriladi, ikkinchilari «erkin» holatda turadilar. Bu mashkni bir necha bor bajarib, harbiy xizmatchilar saf turishi holatini «erkin» holatdan farqini ko‘rib, bunga ishonch hosil qiladilar.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba