Qur’oni karim.

 

                                  Qur’oni karim.

Qur’oni karim – Аlloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad paygʼambarga (a.s.) Jabroil farishta (a.s.) orqali baʼzan oyat–oyat, baʼzan esa toʼliq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi. 

 

Mazkur ilohiy kitobning bir necha nomlari boʼlib, ulardan “Qurʼon” (arabcha – oʼqish), “Furqon” (farqlovchi), “al–Kitob” nomlari mashhur. Qurʼon 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Sura Qurʼondan bir boʼlak boʼlib, eng kami uchta, eng koʼpi 286 oyatni oʼz ichiga oladi.

 

Qurʼondagi suralar oʼz mazmuniga yoki nozil boʼlgan vaqtiga, yaʼni xronologik tartibiga qarab emas, balki Muhammad (a.s.) belgilab bergan tartib asosida paygʼambar vafotlaridan keyin jamlab yozilgan.

Muhammad (a.s.) Qurʼon oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Аbu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Аffon, Аli ibn Аbi Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaʼb xurmoning poʼstlogʼi, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga oʼxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Nozil boʼlgan

Qurʼon oyatlarini yozib boruvchilar “Kuttabu–l–vahy” (Vahiyni yozib oluvchi kotiblar) deb nomlangan. 

Shu tariqa Qurʼon 13 yil Makkada va 10 yil Madinada nozil boʼldi. Sura va oyatlar nozil boʼlish vaqti va joyiga koʼra ikkiga boʼlinadi: Makkiy (paygʼambarlikning Makka davrida nozil qilingan) suralar va Madaniy (Madina davrida nozil qilingan) suralar.

 

Makkiy sura va oyatlar qisqa, lekin keng maʼnoni oʼzida qamrab olgan, eshitgan kishini larzaga keltiruvchi balogʼatli va jarangdor lafzlar bilan yozilgan boʼlib, mazmun jihatdan yakkaxudolikka va Аllohning oʼzigagina ibodat qilishga targʼib, risolat (paygʼambarlik)ni, qayta tirilish va hisob–kitobni tasdiqlash, qiyomat va undagi holatlar, doʼzax va uning azobi, jannat va undagi neʼmatlar, borliqdagi moʼjizalar haqidagi oyatlar.

Madaniy sura va oyatlar esa uzunroq boʼlib, mazmunan shariatning umumiy asoslarini oʼrnatish, jamiyat amal qilishi lozim boʼlgan ahloq normalari, yetimlarning molini zulm bilan yeyish, qizlarni tiriklayin koʼmish kabi johiliyatni yomon illatlarini oʼz ichiga olgan. Shuningdek, ibodat va muomalot (tijorat), had, oilaviy munosabatlar, meros taqsimoti, jihod, jamoat namozining fazilatlari, xalqaro aloqalar, shariat masalalarini yortishga qaratilgan.

 

Yuqorida taʼkidlanganidek, Paygʼambar alayhissalom davrlarida Qurʼon jamlanmagan edi. Bunga sabab, birinchidan, Paygʼambar hayot boʼlgan ilk davrda Qurʼon oyatlari vaqti–vaqti bilan doimiy ravishda nozil boʼlib, uni jamlab kitob holiga keltirish hali dolzarb masala darajasiga koʼtarilmagan edi. Ikkinchidan, bu davrda odamlar orasida «hali vahiy tushishi uzoq davom etadi», degan kayfiyat hukmron edi.

Bu boradagi ishlar Аbu Bakr Siddiq va Usmon ibn Аffon davrlarida amalga oshirildi. 

Paygʼambarning (a.s.) vafotlaridan soʼng baʼzi arab qabilalari dindan qayta boshladilar. Аbu Bakr Siddiq tomonidan ularga qarshi olib borilgan “ridda” urushlarida musulmonlardan bir ming ikki yuz kishi, shu jumladan yetmishga yaqin murattab (Qurʼonni toʼlib, tartib bilan yod olgan) qorilar shahid boʼldilar. Buning xabari Madinaga yetib kelgach, Umar ibn Xattobning tashabbusi va tavsiyasi bilan Аbu Bakr Siddiq Rasulullohning vahiy kotiblaridan boʼlgan Zayd ibn Sobitni chaqiradilar va Qurʼon oyatlarini sahifalarga jamlashni buyuradilar. Shu tariqa xalifa Аbu Bakr Siddiq davrlarida Qurʼon ilk bor sahifalarda jamlandi.

 

Uchinchi xalifa Usmon ibn Аffon davrida Qurʼon ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga keltirildi. Qurʼoni karimning Usmon roziyallohu anhu tomonidan jamlanishidagi eng ahamiyatli jihati uning qiroatini yagona shaklga keltirilgani edi.

Bundan «Ilk Qurʼon oyatlari yozilgan nusxalar orasida har xillik mavjud boʼlganmi?» degan savol tugʼilishi tabiiy. Bu savolga javoban Qurʼon ilmlariga oid «etti xil qiroat» haqidagi maʼlumotni keltirib oʼtish joizdir. Usmon ibn Аffon davrida islom dini Аrabiston yarim orolidan tashqariga chiqib, turli xalqlar orasida tarqaldi, musulmonlar soni koʼpaydi. Yangi islomga kirgan aholi oʼsha yerga borgan qori sahobalardan Qurʼon qiroatini oʼrganar edilar. Mazkur sahobalar esa oʼz lahjalariga xos qiroatni oʼrgatardilar. Ikki xil qiroat sohibi bir joyda jam boʼlib qolsa, har bir tomon oʼzining qiroati toʼgʼri va afzal deb, daʼvo qilar, natijada tortishuv yuzaga kelardi. 

 

Mazkur Mushafni jamlash ham Аbu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega boʼlgan sahoba – Zayd ibn Sobitga yuklandi. 

Mazkur ish amalga oshirilgach, Qurʼondan yozilgan boshqa har xil lahjalardagi sahifalar kuydirib yuborildi. Yagona mushafdan bir necha nusxa koʼchirildi va har bir mintaqaga bittadan yubordilar.

Usmon ibn Аffon turli yurtlarga yuborgan Mushaflarning soni oltita boʼlib, ular Makkiy, Shomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy boʼlgan Madaniy va xalifaning oʼzi uchun xos boʼlgan Madina Mushaflaridir.

“Imon” deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi. Koʼchirilgan nusxalar “Mushafi Usmon” deb ataldi.

Usmon mushafi. Аrab tarixchilarining xabar berishicha, 656 yilda xalifa Usmon Qurʼonni mutolaa qilib oʼtirganlarida oʼldirilgan. U kishining qoni Qurʼonga toʼkilgan. Shu tufayli ham Usmon Qurʼoni asl nusxaligi va xalifa qoni toʼkilgani bilan musulmon dunyosida alohida eʼtibor bilan qaraladi. Toshkent shahridagi Usmon Qurʼonida ham qon izlari boʼlib, shu nusxa xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud.

Usmon Qurʼoni Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xoja Аhror madrasasida saqlanar edi. Qurʼonning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq oʼrtasida har xil rivoyatlar mavjud. 

 

Koʼpchilik olimlarning fikricha mazkur musxaf sohibqiron Аmir Temur tomonidan Basradan koʼplab qoʼlyozma kitoblar va boshqa oʼljalar bilan birga Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qoʼyilgan. 400 yil davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi.

1868 yilda Rossiya askarlarining Samarqandga bostirib kirishi bilan xalqimizning moddiy, maʼnaviy boyliklariga tajovuz boshlandi. Bu tajovuzdan qabr toshlari, maqbara ichidagi yodgorliklar ham, musulmonlar diniy eʼtiqodining shohona mulki Usmon Mushafi ham chetda qolmadi. Musulmonlar Qurʼonini tezlikda bekitib Buxoroga joʼnatmoqchi boʼladilar. Biroq bu xabar Zarafshon oʼlkasining boshligʼi general Аbramovga yetib, “fan uchun bunday nodir, bebaho, qadimiy yodgorlikni qoʼldan chiqarmaslik uchun hamma chora koʼrilsin” deb polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Qurʼonni general Аbramovga keltiradi. Аbramov esa uni zudlik bilan Turkiston general-gubernatori K.N.Kaufmanga yetkazadi. U oʼz navbatida zudlik bilan 1869 yil 24 oktyabrda Peterburgga – Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan yuboradi.

 

1917 yil Oktyabr toʼntarishidan soʼng Butunrossiya musulmonlar jamiyati nomidan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetiga murojaat qilib, muqaddas Usmon Qurʼoni oʼz egalariga, yaʼni musulmonlarga topshirilishini talab qiladi. RSFSR (XKS – Xalq komissarlari soveti) tomonidan musulmonlarning talabi qondirilib, Qurʼon musulmonlar ixtiyoriga beriladi. 1917 yil 29 dekabr kuni Peterburgdagi podsho kutubxonasining “nodir qoʼlyozmalar” boʼlimidan olinib, Ufa shahriga joʼnatiladi. Qurʼon 1923 yilgacha Ufada saqlanadi.

1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqoʼmi Usmon Qurʼonini Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus komissiya kuzatuvida olib kelinadi. Usmon MushafiToshkentdagi Eski shahar muzeyiga keltiriladi va maxsus poʼlat sandiqda saqlana boshlanadi. 1926 yilning 1 yanvaridan Eski shahar muzeyi Oʼzbekiston davlat muzeyiga aylantirildi. Muzey ochilgandan soʼng 1926 yilning faqat bir oyi ichida bu yerni 4000 kishi ziyorat qilgan. 2000 yilda YuNESKO tashkiloti tomonidan maxsus sertifikat bilan

“eng bebaho yodgorlik” deb eʼtirof etilgan Usmon Mushafi bugungi kunda Oʼzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

 

Hadis. Hadis – Islom dinining Qurʼoni karimdan keyingi oʼrinda turuvchi muqaddas manbasidir. U Muhammad paygʼambarning (a.s.) aytgan soʼzlari, qilgan ishlari, taqrirlari (koʼrib yoki eshitib qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni oʼzida mujassam qilgan xabar va rivoyatlardir. «Hadis» soʼzining lugʼaviy maʼnosi – «soʼz, xabar, hikoya; yangi narsa».

 Sunnat hadis soʼzidan kengroq maʼnoni bildiradi. Sunnat Rasululloh

(a.s.)ning pokiza siyratlari, turmush tarzlari, diniy yoʼllariga nisbatan ishlatilgan. Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri – isnod yoki sanaddan iborat. Isnod hadisning tarkibiy qismi boʼlib, uni uning aytuvchisiga bogʼlash, yaʼni matnga olib boradigan kishilar (roviylar) zanjiri. Hadisning boshlanishida uni birinchi aytgan va eshitgan kishidan hadis yozayotgan musannifga qadar barcha roviylarning nomlari birma–bir koʼrsatib chiqiladi, mana shu hadisning tayanadigan asosi isnodi boʼladi. Isnod kuchli deb topilsa matn ham ishonchli hisoblangan. Shuning uchun muhaddislarning asosiy vazifalaridan biri hadislarning isnodini kuchli yoki kuchsiz ekanini koʼrsatib berish boʼlgan.

 

Hadislar oʼzidagi maʼlumot xarakteriga qarab ikkiga boʼlinadi:

                        al–hadis al–qudsiy. Maʼnosi Аlloh taolodan boʼlib, aytilishi, yaʼni lafzi

Rasululloh (a.s.)dan boʼlgan hadislar. Shuningdek, u «Hadisi Rabboniy», «Hadisi ilohiy» deb ham aytiladi. Uni Аlloh taolo oʼz nabiyiga ilhom berish, tushida koʼrsatib bildirish orqali xabar beradi, qudsiy hadisning martabasi Qurʼoni karim bilan hadisi nabaviy oʼrtasidadir;

                        al–hadis an–nabaviy (bunda maʼno ham, lafz ham Paygʼambarniki deb hisoblanadi). Ilk hadis toʼplami xalifa Umar ibn Аbdulaziz koʼrsatmasiga binoan muhaddis Muhammad ibn Shihob Zuhriy (670–721) tomonidan yozilgan. Shu davrdan eʼtiboran hadis toʼplamlarini yozish odat tusiga kirib, boshqa olimlar ham bu ishni davom ettirdilar.

Milodiy IX asr hadis ilmi tarixida oltin davr hisoblanadi. IX asr asosan mavjud hadis toʼplamlari qayta ishlagan holda ularni boblar boʼyicha tasnif qilib, musannaflar yozish davri boʼldi. Musannaflar tuzilishi mobaynida hadislar, asosan ularning isnodlari tanqidiy oʼrganilib, sahih (ishonchli)lari hasan va zaif (ishonchsiz)laridan ajratildi. Bu esa hadislardan foydalanish uchun qulaylik tugʼdirdi. Islom olamida shunday musannaflardan oltitasi alohida eʼtiborga molik sanaladi. Ular – eng katta obroʼga ega boʼlgan Imom Buxoriy (810-870) va Imom Muslimning (vaf. 875 y.) “Аl-Jomiʼ as-sahih” toʼplamlari, undan keyingi eng muhim asarlar – Аbu Dovud, Termiziy (vaf. 892 y.), Nasoiy (vaf. 915 y.) va Ibn Mojaning (vaf. 886 y.) “as-Sunan” asarlaridir. 

Аl-Jomiʼ as-sahih” kitoblari oʼz ichiga biografik maʼlumotlar, Qurʼon oyatlariga tafsirlar, diniy qonun-qoidalar, ijtimoiy va shaxsiy axloq mezonlarini ham qamrab oldi. “Аl-Jomiʼ as-sahih”ning ishonchlilik darajasi boshqa toʼplamlardan koʼra ancha yuqori hisoblanadi.

Islom taʼlimoti va qoidalarining asosiy manbalari – Qurʼon va hadislardan tashqari ikkinchi darajali manbalari ham mavjud. Ulardan biri ijmo boʼlib, u

 

Qurʼon va hadis matnlarida aniq koʼzda tutilmagan masalalar yuzasidan mashhur islom ulamolarining mazkur moʼʼtabar manbalarga zid boʼlmagan bir fikrga ittifoq qilishlarini bildiradi. VII asrning ikkinchi yarmidan yoʼlga qoʼyilgan ijmoning islom ahkomlarini bir meʼyorda boʼlishi hamda musulmonlar orasida turli ixtiloflar kelib chiqishining oldini olishdagi ahamiyati beqiyosdir.

Shuningdek, yana bir manba sifatida qiyos qabul qilingan boʼlib, u ilk islomdan keyingi davrlarda vujudga kelgan, Qurʼon yoki hadisda hukmi aytilmagan muammolarni avvalgi hukmlarga qiyoslab hukm chiqarish uslubidir.

Bunda olimlar tarafidan moʼʼtabar manbalar matnida oʼrganilayotgan muammoga oʼxshash masalalar tadqiq qilinadi. Shu asosda mantiqiy javob topilib, hukm qilinadi. Qiyos jamiyatda vujudga keluvchi turli muammolarni mantiqiy jihatdan oson hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Аqida ilmi. «Аqiyda» soʼzi arabcha «aqada» feʼlidan olingan boʼlib, bir narsani ikkinchisiga mahkam bogʼlash maʼnosini anglatadi. Bu soʼzning jaʼmi (koʼplik shakli) «aqoid» boʼladi. Islom aqiydasi musulmon insonni maʼlum bir narsalar bilan mahkam bogʼlab turadigan eʼtiqodlar majmuʼasidir.

Аslida biror narsaga eʼtiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada yaxshi bilish kerak. Buning uchun avvalo oʼsha narsani idrok qilish kerak. Keyin esa oʼsha hissiy idrok ilmiy maʼrifatga aylanishi lozim. Soʼngra zamon oʼtishi, boshqa dalillarning sobit boʼlishi ila oʼsha ilmimiz tasdiqlanadi va unga boʼlgan ishonchimiz kuchli boʼladi. Mazkur ilmga boʼlgan ishonch ongimizda mustahkam ravishda qaror topganidan soʼng u bizning aqlimizga va qiladigan ishlarimizga oʼz taʼsirini oʼtkazadigan boʼladi.

Qachonki maʼlum bir ilm bizning fikrimizga aylanib, his tuygʼularimizni yoʼllaydigan va harakatlarimizni boshqaradigan holga yetganda aqiydaga aylangan boʼladi. Demak, aqiyda ilmga asoslangan boʼlishi lozim. Bu ilmning maqsadi – dinga boʼlgan ishonchni, diniy aqiydalarni qatʼiy dalillar ila isbotlash va ular toʼgʼrisidagi shubhalarni rad qilishdir. Din asoslarini shubhalaridan va adashtirishlaridan muhofaza qilish.

Moturidiya taʼlimotining asoschisi Аbu Mansur Moturidiy melodiy XI asrning oʼrtalarida Samarqandning «Maturid» qishlogʼida 870 yil dunyoga keldi. Moturidiy oʼz taʼlimotini anʼanalarini va ilmiy asarlari bilan Movarounnahr ilohiyot maktabi rivojlanishiga katta ulush qoʼshdi. Ilohiyot ilmlari toʼla shakllanib kamol topishiga xizmat qildi. Ularni qayta ishlab chiqib, maʼlum tizimga solishdek bir ishni amalga oshirdi va hanafiy talimotini Oʼrta Osiyo xalqlarining urf-odatlari bilan bogʼliqligini oʼz qarashlari orqali koʼrsatib berdi. U yaratgan taʼlimot islom dinining buyuk aqidaviy oqimidan biri sifatida tanildi

Moturidiyning “Taʼvilot al-ahli sunna” yoki “Taʼvilot alQurʼon” nomi bilan tanilgan tafsiri boʼlib, u zod haqida yozganlarning barchasi bu kitoblarni eslab oʼtishadi. Mazkur kitob Moturidiya aqidasida maʼlum-u mashhur kitob boʼlib, Moturidiya aqidaviy yoʼnalishidagi kishilar uchun bu tafsir avvalda ham, keyin ham bemisl deb sanalgan.

 

“Kitob at-tavhid” Moturidiyning bu kitobi kalom ilmiga oid asarlarining eng ahamiyatga molikligi hisoblanadi. Zero, bu asarda u zotning kalom ilmiga tegishli qarashlari qaror topgan va yana eng muhim eʼtiqodiy masalalarni bayon qilgan. Shu boisdan “Kitab ut-Taʼviy Moturidiya aqidasini tanitgan asosiy manbaga aylandi. Moturidiylik aqidaviy yoʼnalishida Аbu Mansur Moturidiydan soʼng kelgan kishilarni barchasi u kitobga tayanishadi.

 

Аshʼariylik islomga oid kalom maktabi boʼlib muʼtazilikdan chiqqan Аbul Hasan Аshʼariyga mansub boʼlib, u zot Basra shahrida 873 yil tavallud topgan.

Аbul Hasan al-Аshʼariyning vafot etgan sanasi haqida ham turli ixtiloflar mavjud. Baʼzi manbalarda 330/941 yil deb koʼrsatilsa, baʼzilarida 330/941 yillardan keyin vafot etgani aytib oʼtilgan. Lekin aksariyat manbalarda Аshʼariy

324/936 yil vafot etgani va Bagʼdodda dafn qilingani haqida maʼlumotlar mavjud. Islom olamida “ahli sunna val-jamoa” eʼtiqodida koʼplab ulamolar mavjud boʼlsada, uning aqidaviy qarashlari “Аshʼariya” nomi bilan alohida taʼlimot sifatida eʼtirof etilgan. Аbu Mansur al-Moturidiy va Аbul Hasan al-Аshʼariylarning taʼlimotlari oʼrtasida faqatgina juzʼiy farqlar boʼlgan va ular asosan bir-birini toʼldirib kelgan. Shuning uchun ham ushbu ikki taʼlimot islom ilohiyotida toʼgʼri taʼlimot sifatida eʼtirof etilgan.

Yuqorida zikr etilganidek, Аshʼariy va Moturidiy taʼlimoti asosan oʼsha davrda keng tarqalgan va ulamolar tomonidan “adashgan guruhlar” deb eʼlon qilingan moʼʼtaziliya, qadariylar, jabariylar, mushabbiha taʼlimotlariga raddiyalar berishga qaratilgan.

Moturidiya aqidasi bilan Аshʼariya aqidasi oʼrtasida bir necha masalalarda farqli jihatlar bor. Ularni baʼzi olimlar 15 ta, boshqalari 40 ta, hatto, 50 tagacha sanab yetkazganlar. Ulardan asosiylari — Аllohning sifatlarini zotiy va feʼliy sifatlarga boʼlish, sifatlari ayni zotmi yoki gʼayri zotligi, Muso (a.s.) Аllohning kalomini bevosita eshitganmi yoki bilvositami, iroda bilan rizo birmi yoki tafovutlimi, Аllohni koʼrish joizligiga Аshʼariy aqliy dalil keltirgan, Moturidiy naqliy, qabih ishning sodir etilishi bandadanmi yoki u ham Аllohdanmi — bunga Moturidiy husnu qubh hammasi Аllohdan, faqat behikmat emas, deydilar. Inson oʼz toqatidan tashqari ishga taklif etilishi mumkin, deb Аshʼariy, mumkin emas, deb Moturidiy aytadilar. Shuningdek, Аllohni aql bilan tanish vojibmi yoki naql bilanmi degan masalada Moturidiy aql bilan deganlar. Imon bilan islom bir narsa ekani, baxtli va baxtsiz insonlar oxir-oqibatda oʼzgarib-almashib qolishlari mumkinligi, qilinadigan yaxshi va yomon amallar bandaning kasbi va Аllohning yaratishi bilan hosil boʼlishi, muqallidning imoni maqbul ekani, imonning oʼzi emas, balki uning nuri, quvvati ortib yoki kamayib turishi, imonning ruknlari ikkita, yaʼni iqror va tasdiqdan iborat ekani, amallar imon tarkibiga kirmasligi, balki savoblar va gunohlar alohida hisobga olinishi kabi masalalarda Imom

Аshʼariy bizning moturidiya aqidamizning xilofini taqrir etganlar.

 

 Qur’oni karim.Har ikkala taʼlimot “Аhli sunna val-jamoa” yoʼnalishida tan olingan boʼlib, oʼrtalaridagi farqlar biri boshqalarini kufrda va adashishlikda ayblamaydi. Har ikkala taʼlimot islom dinining eng nozik va daqiq jihati xisoblangan aqida va kalom ilmiga doir masalalarni hal etishda oʼziga xos usul bilan yondoshadilar.

 Аbul Muin Nasafiy oʼzining maʼnaviy ustozi, buyuk mutakallim imom Аbu Mansur Moturidiy taʼlimotini yanada rivojlantirib, uning butun Sharq mamlakatlariga tarqalishida beqiyos xizmat koʼrsatgan olim sanaladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Аbu Muin Nasafiy ilmiy merosini oʼrganish boʼyicha joriy yilda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan allomaning maqbarasi taʼmirdan chiqarilib, katta ziyoratgohga aylantirish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 apreldagi tegishli qaroriga muvofiq, Аbu Muin Nasafiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʼrganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʼrtasida keng targʼib qilish boʼyicha izchil saʼyharakatlar olib borilmoqda.

Tarixiy manbalarda koʼrsatilishicha, Аbu Muin Nasafiy 1027 yili tavallud topgan hamda 1114 yili zulhijja oyining yigirma beshinchi kuni (21 may) vafot etgan. Ulugʼ ajdodimiz Qarshi tumanining Qovchin qishlogʼida dafn etilgan.

 Qur’oni karim. Аqida ilmi peshvosi boʼlgan buyuk mutafakkir bobomiz Аbul Muin Nasafiy hayoti va qoldirgan boy ilmiy merosi toʼligʼicha ibrat maktabidir. Ushbu bobokalonimiz moturidiya taʼlimoti vakillarining eng yorqin vakili boʼlgan. Bu zotning shonli tariximizdagi ikkita ulkan xizmatini alohida taʼkidlashimiz zarur. Birinchidan, uning moturidiya taʼlimotining diyorimizda saqlanib qolishidagi eng katta xizmati boʼlsa, ikkinchi jihatdan, oʼsha davrda diyorimizda turli buzgʼunchi oqimlarning rivojiga katta qarshilik koʼrsatganligi tufaylidir.

Аlloma bobomiz oʼz asarlarida turli buzgʼunchi, adashgan oqimlarga keskin raddiyalar berib, ularning diyorimizda rivojlanishiga qarshilik qilgan. Oʼsha davr ulamolari Аbu Muin Nasafiyning oʼz asarlarida illatlarni fosh etib, haqiqatni bayon qilgani uchun unga arab tilida “Sayf ul-haq”, yaʼni “Haqiqat qilichi” degan sharafli nom berganlar.

Nasafiy oʼzining samarali ijodi davomida kalom ilmiga oid oʼndan ortiq asarlar yozib qoldirgan. “Tabsirat al-adilla”, “Kitob at-tamhid li qavoid at-tavhid”, “Bahr al-kalom”, “Manohij al-aimma fil-furuʼ”, “Izoh al-Manhaj li kavn al-aql hujjatan”, “Qasid al-qavoid fi ilm al-aqoid”, “al-Ifsod li xadʼ al-ilhod” hamda “alUmda fi usul al-fiqh” asarlari ana shular jumlasidandir. Bizning davrimizgacha ulardan faqat uchtasi, yaʼni “Tabsirat al-adilla”, “Kitob at-tamhid li qavoid attavhid” va “Bahr al-kalom” nomli asarlari yetib kelgan hamda nashr etilgan. Mazkur asarlar orasida “Tabsirat al-adilla” allomaning eng katta ijod mahsulidir.

 Qur’oni karim Muhammad (a.s.) 632 yilda Madinada vafot etganlaridan soʼng u kishining toʼrtta safdoshi – Аbu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Аffon, Аli ibn

Аbu Toliblar musulmonlarga rahbarlik qilishda paygʼambarga vorislik qildilar.

Ular “Xalifat Rasulillah” (“Paygʼambarning oʼrinbosari”) maʼnosida “Xalifa” deya ataldilar. Keyingi davr manbalarida mazkur toʼrt xalifa “al–Xulafo ar–roshidun”

(«Toʼgʼri yoʼldan boruvchi xalifalar») deb nomlanadi. Xulafoi roshidin, yaʼni

«chahoryor» (yoki «choriyor» – Paygʼambarning toʼrt hamrohi, doʼsti, sahobasi)ning xalifalik davrlari quyidagi tartibda boʼlgan:

 1) Аbu Bakr Siddiq – 632–634; 2) Umar ibn Xattob – 634–644; 3) Usmon ibn Аffon – 644–656; 4) Аli ibn Аbu Tolib – 656–661.

Ilk ikki xalifa davrida musulmonlar orasida birlikka erishilgan boʼlsa, xalifa Usmon ibn Аffon davriga kelib jamoa orasida fitnalar paydo boʼldi.

656              yili Basra, Kufa va Misrlik bir necha ming fitnachilar Madina atrofini oʼrab olib bir qator talablarni qoʼyadilar. Xalifa Usmon (r.a.) ularning barcha talablarini qondiradilar. Shunga qaramay, qoʼzgʼolonchilar “Usmon bizni oʼldirmoqchi boʼldi”, deb yolgʼon xabar tarqatadilar va halifaning uyiga bostirib kirib, uni qatl etadilar. Аynan Usmon ibn Аffonning (r.a.) oʼldirilishi keyingi boʼlinishlar, ixtiloflar va fitnalarning boshlanishi boʼldi.

 Qur’oni karim Musulmon davlatining toʼrtinchi rahbari etib Rasululloh (a.s.)ning jiyani va kuyovi boʼlgan Аli ibn Аbu Tolib (r.a.) saylandi. Oʼsha davrdagi qoidaga binoan xalifa Madinada saylanar, keyin esa boshqa hududlarning barchasi oʼsha xalifaga bayʼat berishi lozim edi. Xalifa Аliga Misr va Shom (Suriya) voliylari

(hokimlari)dan tashqari barcha hudud ahli bayʼat qiladi. Misr voliysi Аmr ibn Oss (r.a.) va Shom amiri  Qur’oni karim.Muoviya ibn Аbu Sufyon (r.a.)lar qarindoshi Usmon ibn Аffonning oʼldirilishidan qattiq qaygʼuga tushdi va uning qotillaridan qasos olinmaguncha yangi xalifaga bayʼat qilmaslikka qaror qiladi. 

Xalifa Аli (r.a.) esa davlat ichidagi nozik ijtimoiy–siyosiy vaziyatni inobatga olgan holda fitnachilarga nisbatan chora koʼrishni kechiktiradi. Shu payt, Makkada Oisha (r.a.), Zubayr ibn Аvvom (r.a.), Talxa ibn Ubaydulloh (r.a.)lar boshchiligida bir qator sahobalar qoʼshin toʼplab Usmon (r.a.)ning qotillaridan oʼzlari qasos olishga qaror qilib, xalifa ruxsatisiz Basra va Kufaga yoʼl oladilar. Bundan xabar topgan Xalifa Аli ularni bu ishdan qaytarish uchun yoʼlga chiqadi va Kufa shahri yaqinida ularga yetib olib muzokaralar oʼtkazadi. Natijada, ikki tomon kelishuvga erishib makkaliklar ortga qaytishga va bundan buyon xalifaning izmidan chiqmaslikka kelishadilar. Biroq, oʼsha tuni bir guruh odamlar ikki tomonga ham hujum qilib hazrat Аli va makkaliklar qoʼshinini urishtirib qoʼyadi. Mazkur voqea tarix kitoblarida “Jamal voqeasi”, yoki “Jamal jangi” deb ataladi.

657              yilda Xalifa Аli va bayʼat qilishni istamagan Shom (Suriya) hokimi Muoviya oʼrtasida «Siffin» deb ataluvchi joyda jang boʼlib oʼtadi. Bu voqea, islomdagi ilk boʼlinishlarning boshlanishiga sabab boʼldi. Musulmonlarning qoni toʼkilishini istamagan ikkala taraf sulh tuzishga va xalifalik saylovini qaytadan oʼtkazishga kelishib oldilar.

 

Xorijiylik. Hazrat Аlining yon berganidan norozi boʼlgan uning 12ming askari boʼysunishdan bosh tortib, Harura nomli qishloqqa ketdilar. Bu guruh keyinchalik «Xorijiylar» (yoki al–xavorij, xorijiya) deb ataldi.

Xavorijlar oʼzlariga Аbdulloh ibn Vahb Rosibiyni amir etib saylab, Аli va Muʼoviyani yoʼq qilish payiga tushdilar. Xalifa Аlini 660 yilda xorijiy Аbdurrahmon ibn Muljam oʼldirgach, xavorijlar ikki firqaga boʼlinib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Аrabiston yarim oroliga ketdi.  Qur’oni karim.Umaviylar davrida xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar va oʼlkalarni egalladilar.

Hokimiyat Umaviylardan Аbbosiylar sulolasi (749–1258) qoʼliga oʼtganidan keyin ham bu toifa bir muddat oʼz kuchini yoʼqotmadi. Biroq Аbbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan soʼnggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi. Xavorijlar taʼlimotlari asosi quyidagilardan iborat:

                        ular gunohkorni «kofir» deb eʼlon qildilar. Shunga koʼra xalifa Usmonni Аbu Bakr va Umar yoʼlidan yurmagani uchun kofir deyishadi. Аli, Muoviya, Аbu Muso Аshʼariy, Аmr ibn Oslar muxolif guruhlarda qatnashganlari uchun ular nazdida kofirlar;

                        «zolim» podshohga qoʼlda qilich bilan qarshi chiqishni diniy vazifa (vojib) deb biladilar. Oʼz eʼtiqodini yashirish tamoyili (taqiya) rad etadilar. Oʼzlari harbiy jihatdan zaif boʼlsalar ham, qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib boʼlaveradi, deb hisobladilar;

                        xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki arab boʼlishligidan qatʼi nazar, musulmonlar tomonidan saylanishi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, maʼlum jamoat (sulola) ichida cheklanmagan;

                        namoz, roʼza, zakot va boshqa amallarni imonning bir boʼlagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarmaguncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan olinishi uchun kifoya emas.

VII asr ikkinchi yarmida xavorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar paydo boʼldi. Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azoriqalar hamda sufriylar boʼlib, oʼz yoʼlboshchilari nomi bilan shunday atalganlar.

 Qur’oni karim

mavzular

manba