Razvedka qilish usullari. Motoo’qchi seksiya razvedkada.

Razvedka qilish usullari. Motoo'qchi seksiya razvedkada.

Razvedka qilish usullari. Motoo’qchi seksiya razvedkada.

Harbiy razvedka oldiga qo‘yilgan vazifalar xususiyatidan va olib boriladigan faoliyat hajmidan kelib chiqqan holda uchta asosiy qismga ajratiladi  strategik, tezkor va taktik razvedka.

Strategik razvedka – strategik operatsiyalar tayyorlash va olib borishga, davlatni himoya qilish maqsadida hamda urush olib borishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi.

Tezkor  razvedka – operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun kerakli razvedka ma’lumotlari yig‘ish maqsadida o‘tkaziladi.

Taktik razvedka – birlashmalar va bo‘linmalarni jangga tayyorgarlik ko‘rish va jang

olib borishi davomida, dushman va joylar to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlaydi.

 

Harbiy razvedkani barcha asosiy qismlari bir – biri bilan mustahkam bog‘liq bo‘ladi. Har biridan olingan ma’lumotlar bir – birini to‘ldiradi va umumiy vazifani  hal qilishga xizmat qiladi.

Razvedka – bu qo‘shinlarni jangovar faoliyatidagi jangovar ta’minotining asosiy turi hisoblanadi.

Razvedka – har qanday sharoitlarda, vaziyatlarda ham dushman to‘g‘risida, jang bo‘ladigan rayon xududlar va ob-xavo to‘g‘risidagi malumotlarni izlab topish va yig‘ishga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidan iboratdir. Razvedka barcha toifadagi komandirlar va shtablar tomonidan jangga tayyorgarlik ko‘rish va uni olib borish uchun, razvetka malumotlari to‘plash maqsadida tashkil etiladi.

Jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni olib borishda, razvedka o‘tkazishdan maqsad –dushmanning tarkibi, holati, kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, harakat qilish usullari to‘g‘risida malumotlar yig‘ish va jang davomida razvedka malumotlaridan foydalanib, dushmanni qisqa muddatlarda yakson qilishdan, barcha o‘t ochish vositalaridan unumli foydalanishdan iborat.

Dushman to‘g‘risida har tomonlama bilish, ayniqsa, jang maydonida, razvedkani samarali o‘tkazishga bog‘liq. Qaerda razvedkaga katta e’tibor berilsa, o‘sha erda qo‘shinlar dushmandan tashabbusni olib qo‘yishadi, uning harakatlarini oldindan kutib, dushmanni lol qoldiradi. Aksincha bo‘lsa, ya’ni yaxshi tashkil etilmay o‘tkazilgan razvedka jangdagi mag‘lubiyat va omadsizliklarga, sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham razvedka jangovar ta’minotni muhim turi hisoblanadi .

Razvedkaga qo‘yilgan asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi:

maqsadga intilish, uzluksizlik, faollik, tezkorlik, yashirinlik, razvedka qilinayotgan obekt (nishon) koordinatalarini aniq va ishonchli belgilash. Ayniqsa, dushmanni o‘t ochish vositalarini joylashgan o‘rni to‘g‘risidagi malumotlar aniq bo‘lishi kerak .

Maqsadga intilish. Bu talabdan razvedka manfaatlari yo‘lida qo‘shinlar tomonidan barcha tadbirlarni yagona maqsadda umumlashtirish kelib chiqadi. YAgona maqsadga intilish: obektlarni , rayonlarni va razvedka vazifasini to‘g‘ri belgilash, vaziyatni, sharoitni chuqur bilish va uni oldindan ko‘ra bilish orqali erishiladi. Bo‘linmalarga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda razvedka olib borish yagona reja asosida tashkil etiladi .

Uzluksizlik. Razvedka har qanday jangovar faoliyatda, har qanday vaziyat va sharoitlarda, kechayu-kunduz, har qanday ob-havoda o‘tkazilishi kerak bo‘ladi , bu esa uzluksiz razvedka olib borishning asosiy talabidir. Dushmanni muhim obektlari (nishon) aniqlanganda kuzatuv o‘rnatiladi, butunlay yakson etiladi.

Faollik. Bu talabning mazmuni – bo‘linmalar komandirlari va organlarining razvedkaga barcha kuch va vositalarni , usullarni jalb qilib , qanday qilib bo‘lmasin kerakli razvedka malumotlarini o‘rnatilgan muddatga topishga intilishlaridan iboratdir. YUqori faollik , razvedkaga jalb etilgan bo‘linmalarning mardona va tashabbuskorona harakatlari, turli hil razvedka kuch va vositalarini mohirona qo‘llash, qo‘yilgan vazifalarni to‘g‘ri tushunib , yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanish va razvedkani samarali tashkil etish orqali erishiladi.

Razvedkani barcha shaxsiy tarkib olib boradi, shuning uchun har bir askar razvedka olib borilganda mardlik, izlanuvchanlik va tashabbuskorlik ko‘rsatishi, razvedka malumotlarini o‘z vaqtida, o‘zining bevosita boshlig‘iga etkazishi kerak .

Tezkorlik va o‘z vaqtidalik. Bu talabning mazmuni, kerakli razvedka malumotlarini o‘z vaqtida izlab topish, kerakli shtab va organlarga o‘rnatilgan vaqtda etkazishdan iborat. Bu bilan bo‘linmalar bo‘lg‘usi dushman, uning harakatlari to‘g‘risida malumotga ega bo‘ladi, dushman harakatlari qo‘shinlar uchun kutilmagan bo‘lmaydi, dushman harakatlarini oldindan kutib turiladi va o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar, maqsadga muvofiq qarorlar qabul qilinadi.

Razvedkaning yashirinligi razvedkani tashkil etish va olib borishga qaratilgan barcha tadbirlarni yashirin olib borish hamda asosiy kuchlarni yo‘nalishini dushmandan yashirish, maxfiy tutish bilan ifodalanadi.       Razvedka qilinayotgan ob’ektlar koordinatalarini aniq va ishonchli belgilash turli xil razvedka ma’lumotlarini bir – biriga solishtirish, sinchliklab o‘rganish, tekshirib qayta razvedka qilish, dushmanning xaqiqiy va qalbaki ob’ektlarini ajrata bilish orqali erishiladi. Koordinatalarni aniq belgilash, avvalo, bo‘linma shaxsiy tarkibining zamonaviy razvedka qilish vositalari, usullarini qanchalik yaxshi bilishiga bog‘liq bo‘ladi.            SHunday qilib, jangovar harakatlar xarakterini o‘zgartiruvchi, zamonaviy qurolli kurash vositalari, razvedkaga qo‘yilgan talablarni orttiradi, razvedka olib borishni murakkablashtiradi va oldinda turgan vazifalarni hal qilishga ko‘p miqdorda xilma – xil kuch va vositalarni jalb etishni talab qiladi.     Taktik razvedka – harbiy razvedkani asosiy qismlaridan biri bo‘lib, u kuch va vositalarining alohida xusisiyatlarini hisobga olib faoliyat ko‘rsatishga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi.Taktik razvedka – harbiy, harbiy – havo, radio — texnik, radiolokatsion, artilleriya, muhandislik, radiatsion va kimyoviy razvedka turlariga bo‘linadi.

Qo‘shinlar razvedkasi motoo‘qchi, tankchi, parashyut desant bo‘linmalari va qismlari manfaati yo‘lida, shtatdagi yoki vaqtincha tuzilgan bo‘linmalar tomonidan, jang maydonida razvedka ma’lumotlari topish uchun olib boriladi.    Razvedka olib borish uchun kuch va vositalar, qo‘yilgan vazifaga va vaziyatga qarab, komandirlar tomonidan belgilanadi.

Razvedka organlarining vazifasi:

— dushman OQQ va aniq nuqtaga uradigan qurol vositalari qo‘llaydigan koordinatalarni aniqlash;

-dushmanlarni va tevarak – atrof joylarni kuzatish, o‘z bo‘linmalari va qo‘shinlarini ko‘rsatilgan sektor va doiralardan kuzatish;

-dushman jangovar tartibidagi ochiq qanotlarni, bo‘shliqlar hamda kuchsiz mudofaa qilinayotgan uchastkalarni aniqlash;

-dushman joylashgan rayonni, uning tarkibini kuch va vositalarni, harakatlari xususiyatini, maqsadini, jangovarligini, qism va bo‘linmalarini tartib raqamlarini aniqlashdan;

-dushmanning boshqaruv punktlari, aloqa tarmoqlari, o‘t ochish vositalari, radiotexnik vositalari tanklar, artilleriya, minomyot, tankka qarshi vositalari va boshqa o‘t ochish nuqtalari o‘rnini aniqlashdan;

-mudofaa inshootlari va muhandis va kimyoviy to‘siqlarini razvedka qilishdan;

-tevarak – atrof joylarning relefini, uning xarakteri va himoyalash xusisiyatlarini o‘rganishdan, tabiiy to‘siqlar, yo‘llar, ko‘priklar, suvli to‘siqlar va jang bo‘ladigan joylarning holatini hamda bo‘linmalarga ta’sirini o‘rganishdan;

-dushmanning yangi qurol – aslaha namunalarini ularni qo‘llashdagi samaradorligi va jangovar sifatlarini o‘rganish maqsadida qo‘lga tushirishdan iborat bo‘ladi.   Dushmanni engish uchun har bir komandir doimo, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini, kuchini, tarkibi va boshqa xusisiyatlarini bilishi hamda o‘z vaqtida dushman niyatini payqab qolishi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarsiz muvaffaqiyat qozonish qiyin bo‘ladi, qo‘shinlar qanday vaziyatda vazifa bajarishi va qaerda joylashganidan qat’iy nazar, ularning komandirlari bo‘lg‘usi dushman va faoliyat ko‘rsatadigan hududlar to‘g‘risida maksimal to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.Bunga maxsus razvedkachi va razvedkaga tayinlangan motoo‘qchi bo‘linmalarni har tomonlama puxta tashkil etilgan harakatlari orqali erishiladi.     Razvedka qilish usullari. Motoo’qchi seksiya razvedkada.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba