Saf tayyorgarligi jangovar tayyorgarlikning asosiy predmetlaridan biri sifatida.

Saf tayyorgarligi jangovar tayyorgarlikning asosiy predmetlaridan biri sifatida.

Saf tayyorgarligi jangovar tayyorgarlikning asosiy predmetlaridan biri sifatida.

Saf tayorgarligi jangovar tayyorgarlikning asosiy predmetlaridan biri hisoblanib, harbiy xizmatchilarning faoliyati va hayotining barcha jabhalariga ga’sir ko‘rsatadi.

U harbiy xizmatchilarning irodasini toblaydi, o‘z jismini boshqara olishni rivojlantiradi, sinchkov-likni, kuzatuvchanlikni, jamoaviylikni, qat’iylikni rivojlantiradiki, bu harbiy tartibga rioya qilishga va intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Harbiy xizmatchi safda turganda, bu uni intizomga, fikrni jamlashga, batartiblikka o‘rgatadi, saf komandalarini bajarish esa askarni so‘zsiz komandirga bo‘ysunishga o‘rgatadi.

Hozirgi paytda, harbiy bo‘linmalar va qismlar murakkab jangovar texnika va qurolaslaha bilan qurollanganda, jangda jamoaviy qurolning roli yanada oshganda saf madaniyatining darajasi o‘ta yuqori bo‘lishi kerak.

Saf usullarining bir vaqtda bajarilishi, bunda-anik va uyg‘unlashgan harakatlar harbiy xizmatchilarning ruhini ko‘taradi, o‘z harakatlariga ishonchli-likni singdiradi, ularda bajaruvchanlikni va xushyorlikni oshiradi.

SHaxsiy tarkibni o‘rgatishga mo‘ljallangan yaxshi saf ta’limigina zamonaviy jangda harbiy xizmatchilarning muvaffaqiyatli harakatlanishi uchun yordam beradi.

Saf   ta’limi rejalashtirilgan            mashg‘ulotlarda          o‘tkaziladi       va        boshqa           barcha mashg‘ulotlarda hamda kundalik hayotda mukammallashtiriladi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, harbiy xizmatchilar-ning yuqori darajali saf ko‘nikmalari:

— saf tayyorgarligini maqsadli va to‘g‘ri reja-lashtirish, barcha mashg‘ulotlarni aniq

tashkillashti-rish va uslubiy to‘g‘ri o‘tkazish;

— saf nizomi talablariga qat’iy mos ravishda usullarni har bir harbiy xizmatchi ongli ravishda o‘rganishi   va keyinchalik mukammallashtirishi;

— saf tayyorgarligi bo‘yicha o‘tkazilayotgan yo‘rik-nomalarning, yo‘riq-uslubiy, ko‘rgazmali mashg‘ulotlar va rejadagi mashg‘ulotlarning ular orasidagi katta uzilishlarsiz  doimiyligi;

— saf ta’limi ko‘nikmalariga barcha mashg‘ulotlarda, kundalik hayotdagi saflanishlarda va harakatlarda mukammallashtirilib erishiladi.

Saf ta’limida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda ofitserlar va serjantlarning shaxsiy saf ko‘nikmala-ri, saf usullarini namunali ko‘rsata olish va qo‘l os-tidagilarga harakatlarni o‘rgatishda yuqori talabchan-likka rioya qilish katta ahamiyatga ega.

O‘rgatuvchi o‘z ishini mukammal ravishda bilishi, harbiy ishni sevishi kerak. Saf mashg‘ulotlarini yuqori sifatda o‘tkazishning muhim sharti bo‘lib, ofitserlar va serjantlarning uslubiy mahoratlarini uzluksiz rivojlantirishi, hamda bu hakda barcha dara-jadagi katta boshliklarning qayg‘urishi xisoblanadi. Qaerdaki komandirlarning saf jihatdan uslubiy tayyorgarligiga kundalik diqqat qaratilayotgan bo‘lsa, o‘sha erda bo‘linmalarni tayyorlashda yuqori ko‘rsatkich-larga erishish uchun mustahkam poydevor qo‘yiladi. Mana shuning uchun komandirlar uslubiy usullarni va ta’lim usullarini doimo hamda astoydil rivojlan-tirishlari lozim.

Saf tayyorgarligi amaliydir. Bu erda har bir usul ko‘p martali mashqlar bilan qayta ishlanadi, bular keyinchalik ham to‘xtamaydi, to‘xtasa uni bajarishda anikdik va nafislik yo‘qotiladi.

Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotni, odatga ko‘ra, seksiya (ekipaj, raschyot, guruh), vzvod tarkibida shu bo‘linmalar komandirlari rahbarligida o‘tkazish lozim.

Faqat yakka tartibdagi saf tayyorgarligi jarayoni-da harbiy xizmatchilar yo‘l qo‘ygan barcha xatolarni ko‘rish va ularni o‘z vaqtida to‘g‘rilash mumkin. Biroq ba’zi komandirlar buni esdan chiqaradilar va bo‘lin-mani ortidan yurib o‘rganishni asos qilib oladilar. Bunda alohida harbiy xizmatchilarning yakka tartibda tayyorlanishidagi ko‘pgina ko‘zga ko‘rinmas kamchiliklari odat tusiga kiradi va bo‘linmaning o‘qish jarayo-nini sekinlashtiradi. Saf tayyorgarligi vazifalari-ni muvaffaqiyatli echishda har bir harbiy xizmatchi-ning nafaqat yuqori darajadagi mutaxassis bo‘lishga intilishi, balki a’lo safchi bo‘lishi ham yordam beradi.

Saf ko‘nikmalarini yaxshilash va harbiy xizmatchilarning batartibliligini kuchaytirishda bo‘linmalar va qismlarni harbiy marosimlarda qatnashishi katta rol o‘ynaydi.

Qasamyod qabul qilish, Jangovar bayroqni chiqarib saflanish, qorovullar almashuvi va tarqatish, umumbatalon va brigada kechki yo‘qlamalari, jangda halok bo‘lgan askarlar qabriga gulchambarlar qo‘yish va boshqa harbiy marosimlar — askar ongiga ta’sir o‘t-kazuvchi muhim vositalardir.

Komandirlarning vazifasi — harbiy xizmatchilarga safga va harbiy marosimlarga bo‘lgan ehtiromni singdirish.

Yo‘riq-uslubiy va ko‘rgazmali mashg‘ulotlarni, yo‘riqlarni o‘tkazish va saf ta’limini targ‘ibot qi-lish hamda tarbiyalash, eng yaxshi safchi-uslubchilar-ning oldingi tajribalarini keng yoyish saf ta’limi-ning darajasi oshishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba