Saf tayyorgarligini rejalashtirish. Saf ko‘nikmalarini oshirishning asosiy shakllari.

Saf tayyorgarligini rejalashtirish. Saf ko‘nikmalarini oshirishning asosiy shakllari.

Saf tayyorgarligini rejalashtirish. Saf ko‘nikmalarini oshirishning asosiy shakllari.

Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotni rejalashti-rishda komandir jangovar tayyorgarlik dasturi talab-lari, saf tayyorgarligi bo‘yicha bo‘linmalar oddiga qo‘yilgan vazifalar, Saf nizomi holatlari hamda shaxsiy tarkibning saf ko‘nikmalari darajasi bilan mukammal tanishgan bo‘lishi lozim.

Dasturlar bo‘linma komandiriga o‘quv savolini o‘zlashtirishga ketadigan vaqtni, o‘rganuvchilarning tayyorgarlik darajasiga kura mavzuni anikdab olish-ga huquq beradi. SHunday qilib, har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar va o‘kuv savollari soni har xil bo‘lishi mumkin. Saf qadami, joyda va harakatda burilishlar hamda shu kabi qiyin saf usullarini yanada yaxshiroq

o‘rganish uchun mashg‘ulotlar bir necha marta takrorla-nishi kerak. O‘rganilayotgan o‘quv savoli sifatli o‘rga-nilib bo‘lmaguncha, navbatdagi o‘quv savolga o‘tish mumkin emas.

Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulot doimo, o‘tgan mashg‘ulotlarda olgan ko‘nikmalarni yo‘qotmaslik uchun, bir xil vaqt oralig‘ida o‘tkazilishi kerak.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, haftasiga ikki marta saf mashg‘ulotini rejalashtirgan bo‘linma komandir-lari katta yutuqlarga erishmoqdalar.

Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar vzvodda qoidaga ko‘ra bir vaqtga rejalashtiriladi va odatda, vzvod komandiri rahbarligida o‘tkaziladi: yakka tayyorgarlik bo‘yicha bir soatlik, bo‘linmalarni saf uyg‘unligi bo‘yicha masshtabga bog‘liq holda ikki soatlik bo‘lishi mumkin. Harbiy bilim muassasalarida (serjantlar tayyorlash maktablarida) mashg‘ulot guruh tarkibida guruh komandiri rahbarligida o‘tkaziladi.

Har bir mashg‘ulot uch qismdan tashkil topgan bo‘lishi kerak:

— kirish qismiga tashqi ko‘rinishni kuzatish va mashg‘ulot joyi — saf platsiga chiqish, mavzuni, mash-g‘ulot maqsadini va o‘quv savollarini e’lon qilish kiradi;

— yangi usullarni bo‘lib-bo‘lib va butunligicha o‘r-ganishni o‘z ichiga oluvchi asosiy qismdan. O‘rganish komandir komandasi yoki baraban zarbi ostida, mus-taqil, juftlikda va seksiya (guruh, vzvod) tarkibida amalga oshiriladi;

— yakuniy qismida mashg‘ulotni tahlil qilish va o‘rganuvchilarga olgan baholarini e’lon qilish, yaxshi-larni ko‘rsatib o‘tish va mustaqil tayyorgarlikka vazi-fa berish tavsiya etiladi.

Saf ko‘nikmalarini oshirishning asosiy shakllari.

Saf ta’limining asosi qilib pedagogikaning rahbarlik prinsipi olingan bo‘lishi kerak: o‘rganuvchilarning ongliligi va faolligi, ketma-ketlik, sod-dalik va tizimlilik. O‘rgatish usullariga o‘rganuvchi lar tarkibi va ularning tayyorgarligi ham ancha ta’sir ko‘rsatadi. Saf usullarini o‘rganish barcha holatlarda mashq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu erda na gapirib berish, na suhbat, na boshqa usul to‘g‘ri keladi. O‘rganiladigan savollarni egallash darajasi bo‘yicha o‘rganuvchilar tarkibining qandayligiga ko‘ra (muddatli harbiy xizmatchilar, shartnoma bo‘yicha xiz-matchilar, oddiy askarlar tarkibi, serjantlar yoki ofitserlar) shu o‘rganish usuli tarkibiga kiruvchi alo-hida usullar o‘zgarishi mumkin. Ma’lumki, istalgan fan bo‘yicha mashg‘ulotda o‘quv jarayonining uchta asosiy bo‘lagiga javob beradigan uchta asosiy didaktik maqsad qo‘yilgan bo‘lishi mumkin:

— bilimlarni etkazish, qabul qilish va fikrlash;

— ko‘nikmalar va  mahorat hosil qilish;

— bilimlar, mahorat va ko‘nikmalarni mustahkam-lash va mukammallashtirish.

Birinchi maqsadga erishishda og‘zaki gapirib berish, namoyish va suhbat usuli ustun tursa, ikkinchi-sida — mashklar va tushuntirishlar, uchinchisida — nizomlarni, darsliklarni va boshqa nashriy manba-larni  mustaqil o‘qish, mustaqil mashkdar.

Asosiy uslubiy talablar hisobi — o‘quv mavzusi-ni va savollarini o‘rganish ketmaketligiga rioya qilish, oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga o‘tish qo‘yilgan vazifalarni bajarilishini ta’min-laydi.

Ta’lim jarayonining mazmunini mashg‘ulot rahbari va o‘rganuvchining faoliyati shu o‘rganuvchining ma’lum bilimlar, mahorat va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga qaratilganligi tashkil qiladi.

Bilim — bu o‘rganilayotgan materialning mazmunini yodda saklash, uning ma’nosini tushunish, shular asosida o‘rganuvchi o‘rgangan usul va harakat bo‘yicha umumlashtirish va amaliy xulosa chiqarishdir. Bilimlar asosida o‘rganuvchilarda maxsus mashkdar jarayoni-da kerakli mahorat va ko‘nikmalar rivojlanadi.

Mahorat — bu bilimlarni amalda qo‘llash, ya’ni ongli ravishda u yoki bu harakatlarni, shularga moe bilimlarni qo‘llab bajarish.

Ko‘nikma — bu shunday avtomatik tarzga, shunday mukammallikka etkazilgan harakatki, bunda u to‘g‘ri, tez va oson bajariladi. Ko‘nikmalar barcha mashg‘ulot-larda tizimli o‘tkaziladigan, saflanishlarda va hara-katlarda, kundalik hayotda va normativlar bajarishda ko‘p martalab takrorlash natijasida ishlab chiqiladi.

Saf ta’limining asosiy tashkilotchilari bo‘lib bo‘linmalar va qismlar komandirlari hisoblanadilar. Ular o‘z qo‘l ostidagilarning haqiqiy saf ko‘nik-malari holatini har tomonlama bilishga va ularni yaxshilashning kerakli chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdirlar. Bu maqsadda ular shaxsan ofitserlar uchun bo‘linmalar bilan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar va ofitser hamda serjantlar bilan yo‘riq — uslubiy mashg‘ulotlar o‘tadilarki, ularda mashg‘ulotni tashkillashtirish va o‘tkazish usullarini ko‘rsatadilar.

Mashg‘ulotni quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir:

— o‘tilgan mashg‘ulotlarda o‘rgatilgan usullar va harakatlarni tekshirish va ularni mashq qilish;

— yangi saf usullari va harakatlari bilan tani-shish;

— usul va harakatni o‘rganish; agar usul yoki hara-kat qiyin bo‘lsa, ularni elementlarga bo‘lib o‘rganish, keyin biriktirib sekin sur’atda, so‘ngra nizomdagi sur’atga etkazib borish. Agar usul yoki harakat qiyin bo‘lmasa, boshida u sekin sur’atda o‘rganiladi, keyin-roq esa sekin-asta ta’lim jarayonida nizomda ko‘rsa-tilgan sur’atga etkaziladi;

— bir tomonlama yoki ikki tomonlama yakka hodda yoki juftlik ta’lim usulini qo‘llash;

— o‘rganuvchilarga usullar va harakatlarni namuna-li bajarishni mashq qildirish;

— usul yoki harakatni eng yaxshi bajarish muso-baqasini tashkillashtirish;

— taxlil qilish.

Saf tayyorgarligini rejalashtirish. Saf ko‘nikmalarini oshirishning asosiy shakllari.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba