Munadarija
Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.
O’zbekiston o’z suverenitetini qo’lga kiritgandan so’ng, o’z ri-vojlanish yo’lini belgilar ekan, oson yo’l qidirmadi. O’tish davrining murakkabliklariga qaramasdan ulkan-ulkan inshootlar, zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari yaratishga kirishdi.
Bu borada, birgina Andijon viloyatining Asaka shahrida zamonaviy mashinasozlik sanoati obyektining vujudga kelishini misol keltirish kifoyadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimov 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan ras-miy tashrifi chog’ida ikki davlat o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkor-likni rivojlantirish to’g’risidagi dastlabki hujjatlarni imzoladi. Shu yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkor-likda O’zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona barpo etish to’g’risida kelishib olindi.
Korxonani tashkil etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 5-noyabrda «Selxozmash» konserni va «DEU kofogeuzpp» korporatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O`zDEUavto» qo’shma korxonasini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qildi. Unda «Selxozmash» kon-serniga 3 oy muddat ichida respublikada avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqish vazifasi topshi-rildi.Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.
O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hamkorligi-da barpo etiladigan ushbu qo’shma korxona ta’sischilari etib Koreya Respublikasi tomonidan «DEU» korporatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi tomonidan esa «O`zavtosanoat» uyushmasi belgilandi va O’zbekistonda barpo qilinayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani «O`zDEUavto» nomi bilan yuritishga kelishildi. Shartnomaga ko’ra har ikki tarafning qo’shma korxonadagi ulushi miqdori «DEU» kofoga181ua81 uchun 50%, 100 million AQSH dollari va «O`zavtosanoat» uyushmasi uchun 50%, 100 million AQSH dollari hisobida belgilandi.
Bir qarashda O’zbekiston mashinasozligi ma’lum bir bosqich-ni bosib o’tgan, o’z tarixiga ega bo’lgan sohalardan biri. Sobiq sho’rolar davrida o’lkamizda qishloq xo’jaligi mashinalari ishlab chiqaradigan «Tashselmash», «O`zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular torn ma’nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va im-koniyatiga ega emas edi.Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.
Yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy o’zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli bo’lib, u 1993-yilning mart oyida «O`zDEUavto» nomi bilan ro’yxatdan o’tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shah-ridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qi-linishi hamda bu muhim inshoot qurilishining
boshlanishi bilan O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Qo’shma korxonaning umumiy maydoni 476 ming 266 kvadrat metr bo’lib, shundan bino va inshootlar uchun ajratilgani 146 ming 266 kvadrat metrni tashkil qiladi. Qurilish 1993-yilning fevralidan boshlab 32 oy mobaynida oxiriga yetkazildi.
Loyiha ishlari asosan «DEU injeniring» va «Uztyajprom» firma-lari tomonidan amalga oshirildi. O’zining ko’lami jihatidan nafaqat O’zbekistonda balki, Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan mazkur kor-xonadir.Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.
Loyiha quvvatiga ko’ra yiliga 200 ming avtomobil ishlab chi-qara oladigan bu ulkan inshootning umumiy qiymati 658 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Avtomobilsozlikda ko’p jihatdan yangi bo’lgan ilg’or texnolo-giyalar qo’llanilgan ushbu korxonada ishlaydigan ishchi, muhandis kadrlar tayyorlash ishlariga qo’shma korxonaga asos solingandan boshlab katta e’tibor berildi.
Korxona sexlarida mehnat qilayotgan yoshlarning 1000 dan ko’prog’i Janubiy Koreya Respublikasida – «DEU» kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida ishlab tajriba orttirib qay-tishdi, keyinroq yana 2000 kishi o’z malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreyadagi «DEU» kompaniyasining avtomobilsozlik za-vodlariga yuborildilar.
Qo’shma korxonada bajarilgan qurilish ishlari asosan Andijon, Farg’ona va Namangan viloyati qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi.
1996-yil 19-iyulda ushbu qo’shma korxonaning ishga tushuri-lishiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’ldi. Unda nutq so’zlar ekan, Prezident I. Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan «O`zDEUavto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo’lish bilan birga O’zbekistonning eng ilg’or davlatlar qatoriga kirish uchun qo’ygan dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko’plarni hayratga solib havaslan-tirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng ilg’or, jahon andozalariga to’la javob beradigan avtomobillar bilan ta’minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari yildan yilga o’sib bor-di. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda «O`zDEUavto»ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi «A.Navoiy interneshinl» «And Polik» singari o’nlab korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shunday qilib, Asakada «O`zDEUavto» qo’shma korxonasining ishga tushishi O’zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish-ni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini ko’rsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta’kidlash joiz. Jahon mamlakatlari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlar-gina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g’arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqo-batga bardosh berish o’ta mushkul ish bo’layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O’zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo’lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo’lib kirib bordi.
Bunday yutuqqa O’zbekiston osonlikcha erishmadi. Unga eri-shish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e’tibor berildi:
Birinchidan, O’zbekistonda avtomobil sanoatini barpo etish uchun katta
investitsiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlash talab qilinar edi.
Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodchi-lar ta’biri bilan aytganda, doimo o’zaro o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish holati mavjud bo’lishi lozim edi. Buning ma’nosi avtomobillar modelini juda to’liqlari bilan almashtirib turishni, xaridorlar talab-istaklarini o’z vaqtida qondirishni taqozo etadi. Bunda kuchli injener-konstruktorlik ishini qat’iyat bilan rivojlantirish, ijodiytexnologik jarayonni doimiy ravishda, uzluksiz takomillashtirib bo-rishning zaruriy choralarini ko’rish talab qilinardi.
Uchinchidan, xomashyo mahsulotlari, ehtiyoj qismlar yetkazib beruvchilarni, ya’ni ta’minlovchilarning avtomobil biznesiga ta’siri katta bo’lganligi uchun ular ishonchini qozonmoq kerak edi.
O’zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalarni hal etishga qodir ekanligini amalda ko’rsatdi va bunga boshqa mam-lakatlardagi hamkorlarini ishontira oldi. U qiyinchiliklarni oqilona yengib, muammolarni cho’chimay hal qilib, biznes bozoriga dadil kirib bordi.
Hozirgi kunda «O`zDEUavto» korxonasida kuniga 290 ta dun-yo andozalariga javob bera oladigan 4 xil modeldagi avtomobillar chiqarilmoqda. Shundan 160 tasi NEXIA modeli bo’lib, u AQSH va Yaponiya talablariga to’la javob beradi. Uni ma’lum takomillashti-rish hisobiga Yevropa standartiga ham to’la javob beradigan darajaga keltirish ishlari olib borilmoqda. Avtomobillar hozir o’z xaridorlarini kutilgandan ham tezroq topmoqda.
1996-yil noyabr oyigacha 18000 dan ortiq avtomobillar sotilgan bo’lsa, ulardan 15 ming 700 tasi ichki bozorga va 2300 tasi chet el-larga eksport uchun chiqarildi.
Shulardan NEXIA va TICO avtomo-billariga talab tobora kuchaydi.
Tashqi bozordagi katta ulgurji savdo Rossiya hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ayni paytda O’zbekistonga avtomobil eksport qiluvchi Rossiya O’zbekiston avtomobillariga xaridor bo’lmoqda va undan ko’p miqdorda olishni taklif qilmoqda.
O’zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirishga respublika rahbariyati, shaxsan Prezident I. Karimov muntazam e’tibor be-rib kelmoqda. Buni Vazirlar Mahkamasi tomonidan birgina 1995-1996-yillarda qabul qilingan qarorlardan ham bilsa bo’ladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakl-lantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 30-mayda «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqa-radigan O’zbekiston- Koreya Qo’shma korxonalarini tashkil etish to’g’risida» qaror qabul qildi.
Unda O’zbekiston tomonidan «O`zavtosanoat» uyushmasi va «O`zsanoatqurilish» davlat korporatsiyasining «Andijon qurilish zavodi» aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan «Dongju end Ko ltd» kompaniyasi tashkil etadigan lak-bo’yoq mahsulotlari ishlab chiqaradigan Nizom jamg’armasi 4 million AQSH dollari miqdorida bo’lgan «O`z-Dongju Ko» Qo’shma korxonasi, O’zbekiston tomondan «O`zavtosanoat» va «O`zmashsanoat» uyushmalarining «Andijon zavodi» aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan «Tong Xong» Elektrik o’rindiqlari ishlab chiqaradigan, Nizom jamg’armasi 6,42 million AQSH dollari miqdorida bo’lgan «O`z-Tong Xong Ko» Qo’shma korxonasi O’zbekiston tomonidan «O`zavtosanoat» uyushmasi va Melioratsiya va suv xo’jaligi vazirligi SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba-eksperimental zavodi hamda Koreya tomonidan «Kodam Plastik Ko ltd» kompaniyasi tashkil etadigan bamperlar va pribor panellari ishlab chiqaradigan, Nizom jamg’armasi 5 million AQSH dollari miqdorida bo’lgan «O`z-Kodam Ko» Qo’shma korxonasi tashkil etilishi ma’qullandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi «O`zDEUavto» qo’shma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni samarali sotish va ularga tex-nik xizmat ko’rsatishni tashkil etish maqsadida 1996-yil 3-sentabrda «O`zDEUavto» Qo’shma korxonasida avtomobillar ishlab chiqarish, sotish va ularga texnik xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash to’g’risida qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda «Mersedes Bens» va «DEU» kompaniyalari-ning va boshqa yirik avtomobil kompaniyalarining mutaxassislarini jalb etgan holda «O`zDEUavto» qo’shma korxonasi avtomobillarini ham mamlakat ichida, ham mamlakat tashqarisida sotish bo’yicha marketing tadqiqotlari markazini tashkil etish ko’zda tutildi. Ayni chog’da bu markaz «DEU» korporatsiyasi bilan kelishgan holda avtomobil Modellarini yangilashga doir tadbirlar ishlab chiqishi ke-rakligi nazarda tutildi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, «O`zDEUavto» qo’shma korxonasini to’la quvvat bilan ishga tushirish, ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun zarur ehtiyot qismlar tayyorlash, sotish va sotuv-dan keyin servis xizmati ko’rsatish, marketing xizmatlarini yo’lga qo’yish choralari ko’rilmoqda.
Shu kunlarda korxonada 4000 ga yaqin ishchi ishlayotgan bo’lsa, yaqin kelajakda taxminan 55-65 ming kishi ishlaydigan yirik avtomobilsozlik markaziga aylanadi.
1999-yil 16-mart kuni Samarqandda ham qalbimizni g’urur nashidasidan entikadigan quvonchli voqea ro’y berdi. Bu yerda O’zbekistonning yana bir avtomobil zavodi ish boshladi. Qisqa mud-datda qad rostlagan mazkur avtomobil zavodi qurilishiga 1995-yili
«O`zavtosanoat» uyushmasining Turkiyadagi mashhur «Koch xol-ding» kompaniyasi bilan imzolagan shartnomaga muvofiq kirishil-gan edi.
«SamKochavto» qo’shma korxonasi zavodida yiliga minglab turli rusumdagi qulay va ixcham avtobuslar, turfa xil yuk tashish mashinalarini ishlab chiqarish ko’zda tutilgan. Xalq xo’jaligining barcha jabhalarida foydalanish mumkin bo’lgan bu mashinalar-ning e’tiborli jihati shundaki, ular «Iveko» Italiya-Ispaniya firmasining ixcham konstruksiyalariga asoslangan hamda «Koch xolding» kompaniyasi a’zosi- «Otoyo’l» zavodida yanada takomillashtirilib, O’zbekiston sharoitiga moslashtirildi.
Dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 25 foizi o’zimizda ishlab chiqarildi. 2000-yildan boshlab bu ko’rsatkich 35 foizga yetishtirildi. Ma’lumki, Asakadagi avtomobil zavodida ham dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 15 foizi mahalliy korxo-nalarda tayyorlanar edi. Hozirga kelib bu ko’rsatkich 55 foizdan oshib ketdi.
Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent traktor zavodi kabi yirik korxonalar hissadorlik jamiyatla-riga, «O`zqishloqxo’jalik» mashinasozligi esa «O`zqishloqxo’jalik mashinasozlik xolding» – xolding kompaniyasiga aylantirildi.
Hozirgi paytda faqat dunyoning ikki mamlakatida, aniqrog’i AQSH va O’zbekistonda paxtachilik mashinalari va uskunalari to’liq ishlab chiqarilmoqda.
Ayni paytda bu yirik korxonalar AQSHning «Keys» va «Magnum» kofoga!81ua1ag1 bilan hamkorlik qilib, qishloq xo’jaligini zamonaviy traktorlar bilan ta’minlashga harakat qil-moqdalar.
O’zbekiston ipakchilik va pillachilik texnikalari ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir.
Shu tariqa O’zbekiston 2008-yilga kelib zamonaviy avtomobil industriyasiga ega rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin oldi.