Seksiya razvedkada. Seksiyaning razvedkadagi vazifalari va ularni bajarish usullari.

Seksiya razvedkada. Seksiyaning razvedkadagi vazifalari va ularni bajarish usullari.

Seksiya razvedkada. Seksiyaning razvedkadagi vazifalari va ularni bajarish usullari.

Seksiya razvedkada. Seksiyaning razvedkadagi vazifalari va ularni bajarish usullari. Motoo‘qchi seksiya dozor seksiya etib tayinlanishi, batalonning kuzatuv punkti tartibiga bir-ikkita harbiy xizmatchilar ajratishi mumkin. Maxsus tayyorlangan motoo‘qchi seksiya radiatsion, kimyoviy va bakteriologik razvedka olib borish uchun ajratiladi. Bundan tashqari razvedka ma’lumotlari, bo‘linmalarni jangovar harakatlari, asirlarni va qochoqlarni, mahalliy aholini so‘rab surishtirish orqali, dushmanning qo‘lga olingan hujjatlari, jangovar qurol – aslaha namunalarini o‘rganish orqali olinadi.

Razvedka olib borishga ajratilgan bo‘linma nishonlarni, ob’ektlar koordinatalarini aniqlaydigan va kuzatuv olib borish moslamalar bilan hamda minaportlovchi to‘siqlarni, radiatsion va kimyoviy zararlanishni aniqlaydigan moslamalar bilan ta’minlanadi. Har qanday holatlarda ham bo‘linma yashirin boshqaruv hujjatlari va ishonchli aloqa vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Razvedkaga tayinlangan motoo‘qchi seksiya, sapyorlar va kimyo razvedkachilar bilan kuchaytirilishi mumkin.

Razvedka olib borilayotganda yaradorlarni, halok bo‘lganlarni, qurol va aslahalarni dushman hududlarida qoldirish, dushmanlar qoldirgan oziq – ovqat mahsulotlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Razvedka olib borishga ajratilgan askar, serjant, ofitser va bo‘linmalar ko‘yidagilarni amalga oshirishi kerak:

-oldiga qo‘yilgan vazifaga asosan razvedka ma’lumotlari, ya’ni faol izlab topishi;

-vazifani bajarish uchun tashabbus ko‘rsatish, dushmanni aldash, harbiy ayyorlikni turli usullarini keng qo‘llashi;

-o‘zlarining faoliyatlarida chidamlilik, ayyorlik, tezkorlik, mardlik sifatlarini birga qo‘shib harakatlanishi.   Razvedkachilar harakati lol qoldiradigan. to‘satdan va shiddatli bo‘lishi kerak, bu esa ulardan kuch, jismoniy va axloqiy matonatni, tayyorgarlikni talab qiladi. Har bir razvedkachi bo‘linmasini va o‘zining vazifasini to‘liq bilishi, tushinib olishi kerak.  Razvedkada harakatlanayotgan bo‘linma komandirlari, razvedka natijalari to‘g‘risida o‘z vaqtida bildiruv berishga majburlar. Razvedka natijalari  radio orqali, yozma ma’lumotnoma va og‘zaki ravishda bildiriladi. Bildirgi va ma’lumotlar qisqa,  aniq va to‘g‘ri bo‘lishi kerak.  Ma’lumotda ko‘yidagilar ko‘rsatiladi; qanday dushman, qaerda, qachon ko‘rindi, uning harakatlari, razvedkalari qaerda turibdi, komandir kelgusida nima qilishga qaror qildi.        Motoo‘qchi seksiya uchun razvedka olib borishning asosiy usullari kuzatuv, eshitish va joylarni ko‘zdan kechishlari xisoblanadi.

Ba’zi hollarda dozor seksiya pistirma o‘tqazishga jalb etilishi mumkin.  Har  bir seksiyada, har qanday jang turlarida ham kuzatib razvedka olib boriladi. Dushmanni kuzatish uzluksiz ravishda, shaxsan seksiya komandiri va mahsus tayinlangan kuzatuvchilar tomonidan olib boriladi. Tunda va ko‘rinish cheklangan sharoitlarda kuzatuv olib borish eshitish bilan qo‘shib olib boriladi.Tayyorgarligi bor kuzatuvchi hech bir sharpani e’tiborsiz qoldirmaydi.U eshitib turib, avtomashina harakatini,tank harakatidan ajratib, taxminan qaysi tomonga ketayotganini,qaerda joylashganini aytib berishi mumkin. Kuzatuvchining vazifasi va kuzatuv olib borish tartibi uchinchi bo‘limda to‘la bayon etilgan.

 Dozor seksiyaning razvedkadagi harakatlari.   Razvedka olib borayotgan yoki asosiy kuchlardan uzoqda jangovar vazifa bajarayotgan bo‘linmalar tomonidan, dushmanlarni o‘z vaqtida sezib qolish va joylarni razvedka qilish uchun oldinga dozor seksiya yuboriladi. Dozor seksiya harakatlarini kuzatib turadigan va o‘t ochib qo‘llaydigan masofada harakatlanadi. Dozor seksiya qo‘yilgan vazifani harakat davomida, qisqa muddatga shtab, mahalliy narsalarni va tevarak – atrof joylarni kuzatish orqali bajariladi. Seksiya piyodalar jangovar mashinasida yoki piyoda faoliyat ko‘rsatadi.

Aloqa, odatda, radio yoki signal vositalari orqali amalga oshiriladi. Dozorga tayinlangan seksiya komandiri vazifani olgach, chiqib borish kerak bo‘lgan punktga harakaktlanib borish yo‘nalishini tanlaydi, faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi, jangovar buyruq beradi va ruxsatnomani etkazadi.

Dozor seksiya komandiri jangovar buyrug‘ida qo‘yidagilarni ko‘rsatadi:

-dushman to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

-seksiyaning vazifasini;

-bo‘ysunuvchilar vazifasini, dushmanga duch kelganda harakatlanish tartibini va biron narsani sezganda bildiruv berish tartibini;

-xabar berish, boshqaruv, hamkorlik signallari va ular bo‘yicha harakatlanish tartibini;

 

-razvedkani boshlash vaqti va o‘rinbosarini.      Dozordagi seksiya kuzatuv uchun qulay bo‘lgan bir punktdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tib, katta tezlikda, ularni jo‘natgan bo‘linmalarni to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymasdan harakatlanadi. Harakatlanish davomida tevarak – atrof, mahalliy narsalar, ayniqsa, dushman yashirinishi mumkin bo‘lgan pana joylar sinchiklab ko‘rib chiqiladi.Agar biron bir ob’ektni piyodalar jangovar mashinasida razvedka qilish qiyin bo‘lsa, seksiya komandiri, jangovar ikkilik tarkibidagi dozorni oldinga yuboradi,tank komandiri esa ekipaj a’zolaridan birini yuboradi. Piyodalar jangovar mashinasi bu vaqtda yashirin pozitsiyani egallab, dozorchilarni kuzatib turadi.

Aholi punktlarini razvedka qilish jarayoni uning chekkasidan boshlanadi. Aholi punktiga yaqinlashganda seksiya komandiri mashinani pana joyga yashiradi va aholi pukntini uzoqdan kuzatib, ko‘zdan kechirib chiqadi. Bunday holatda seksiya komandiri yakka turgan binolarga,toshli – betonli binolarga, aholi punkti chetidagi ekinzor va bog‘larga hamda dushman poyloqchilari, o‘t ochish vositalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha erlarni alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqadi.

Agar dushmanlar borligiga shubha qolmasa, u holda aholi punkti chetiga kelinadi, mahalliy aholidan so‘rab surishtiriladi, keyin darhol o‘t ochishga shay bo‘lgan holda ko‘chalarning biridan o‘tib ketiladi. YAkka turgan binolarni dozordagilar avval tashqarisidan ko‘rib chiqadilar. Bu vaqtda dozor katta bino eshiklari, derazalariga qarata o‘t ochishga shay holda yashirinib turadi. Ikkinchi dozorchi esa qurolini tayyor qilib, avval binoni derazalaridan qarab aylanib chiqadi, keyin bino ichiga kirib tekshiradi. Ayniqsa, tom va erto‘laga alohida ahamiyat beradi, dozor kattasi hamma vaqt o‘t ochib yordam berishga shay holda turadi.

Suvli to‘siqlarni razvedka qilganda dozor seksiyadagilar har ikkala qirg‘oqdagi dushmanni, uning tarkibini va harakat xusisiyatlarini aniqlaydilar. Suvli to‘siq ostonalarida bo‘lgan dushmanlarni dozordagi seksiya aylanib o‘tadi yoki dushman jangovar tartibi o‘rtasidan suvli to‘siq tomonga o‘tadi.      Soy va daryoga yaqinlashganda har ikkala qirg‘oqdagi butazorlar, qamishzorlar va boshqa pana joylar sinchiklab tekshiriladi. Soy, daryoni razvedka qilganda uning kengligi, chuqurligi , oqim tezligi, qirg‘og‘i, tubi va suv osti tuprog‘i ,qirg‘oqlarini qiyaliklari (tushish va chiqish) kechib o‘tishda suvga tushadigan joylarni , suzib o‘tish vositalari mavjudligi va ularni holatini aniqlaydi, daryoning kengligi durbin (binokl) yordamida yoki ko‘z bilan chamalab ko‘riladi .

Daryo suvini oqim tezligi 0,5m.s gacha bo‘lsa kuchsiz , 0,5m.s dan 1m.s gacha bo‘lsa o‘rtacha , 1m.s dan 2m.s gacha bo‘lsa tez , 2m.s dan ortiq bo‘lsa juda tez , deb hisoblanadi. Kechib o‘tadigan joy borligi mashinalar izidan aniqlanadi. Kechib o‘tadigan joyning chuqurligi bevosita kechib o‘tib aniqlanadi , keyin suvdagi va qirg‘oqlardagi to‘siqlar ko‘rib chiqiladi .

Dushman egallamagan uchastkalardan foydalanib, dozordagi seksiya narigi qirg‘oqga o‘tadi va u erdagi dushman tayanch punkitlari, o‘t ochish vositalari , to‘siqlari mavjudligi , joylashuvi va xarakterini aniqlaydi . Agar narigi qirg‘oqqa o‘tishni umuman iloji bo‘lmasa, u holda qirg‘oqdan turib dushmanni kuzatib, malumotlar yig‘iladi.

Dozordagi seksiya ko‘prikni razvedka qilganda uning o‘lchamlarini, yuk ko‘tarish qobilyatini, uzunligi va enini, dushman bor-yo‘qligini aniqlaydi. Agar ko‘prik minalashtirilgan bo‘lsa “Minalashgan” belgisini o‘rnatib, aylanib o‘tish yo‘lini qidirishi kerak.

YUqoridan ko‘rinmaydigan chuqurlikni ko‘rib chiqishda dozordagi askar pastga tushib, chuqurlikni tekshiradi, dozor kattasi yuqoridan kuzatib, zudlikda o‘t ochib, yordam berishga shay bo‘lib boradi .Seksiya razvedkada. Seksiyaning razvedkadagi vazifalari va ularni bajarish usullari.

Tepalikni ko‘rib chiqish uchun uni yonbag‘ridan yuriladi yoki aylanib o‘tiladi. Tepalik cho‘qqisini ko‘rib chiqish uchun dozorchilar yashirincha niqoblash qoidalariga qattiq rioya qilib harakatlanadilar. Tepalik cho‘qqisida harakatlanish tavsiya etilmaydi.

Dozordagi seksiya bog‘lar, uzumzor va daraxtzorlarni ko‘rib chiqishdan avval, uning chetlarini ko‘rib chiqadi. Agar dushmanlar yo‘qligiga ishonch hosil qilinsa, u holda dozor seksiya harakatini davom ettiradi. Harakat davomida chuqurliklar qalin butalar, ko‘chatzorlar va boshqa dushman yashirinib pistirma qo‘yishi mumkin bo‘lgan joylar sinchiklab tekshiriladi, seksiya komandiri shubhali joylarni tekshirish uchun piyoda dozorchilarni oldinga yuboradi.

To‘siq va g‘ovlarni razvedka qilganda seksiya komandiri oldin u erlar dushman tomonidan o‘qqa tutiladimi yoki yo‘qmi aniqlab olish kerak. Agar o‘qqa tutiladigan bo‘lsa, dushman kuchlarini, uning mudofaa qilish hususiyatlarini o‘rganadi va bu haqda ularni yuborgan komandirga bildiruv beradi. Dozordagi seksiya komandiri to‘siqlarni (g‘ovlarni) va uni poylayotgan dushmanlarni aylanib o‘tishga, dushman bilan jangga kirmaslikka intilishi kerak. Agar to‘siq (g‘ov) dushmanlar tomonidan poylanayotgan bo‘lsa seksiya aylanib (kesib) o‘tish yo‘llarini izlaydi yoki o‘z kuchlari bilan to‘siqdan(g‘ov) o‘tishni uyushtiradi, zararlangan uchastkalarni eng yuqori tezlikda, yakka himoya vositalaridan foydalanib o‘tiladi. Zarur bo‘lganda seksiya to‘siqdan o‘zlari o‘tgan joyga belgi qo‘yadi, o‘tish joyini ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatadi. Kerak bo‘lsa to‘siq va g‘ovlarni oldindan ko‘rib chiqish uchun piyoda dozorchilar yuborilishi ham mumkin.

Har qanday holatlarda ham razvedka vaqtida dozor seksiya komandiri dushmanlarni ko‘rishi bilin darhol komandirga bildiruv beradi va ko‘rsatma olmaguncha dushmanlarni kuzatib turadi.

Agar dushmanlar seksiyani sezib qolsa va jang qilishdan boshqa iloji qolmasa seksiya shiddat bilan jangga kirishadi, dushmanga to‘satdan ataka qilib, asir olishga harakat qiladi va tezda chekinadi.

Dushmanning yakka askarlari uchrab qolganda dozordagi seksiya uni qo‘lga tushiradi, asirga olishni iloji bo‘lmasa o‘t ochib yo‘q qiladi.

Tog‘larda razvedka olib borganda dozordagi seksiya, odatda, yo‘llar, vodiylar, cho‘qqilar yoqasidan borib, asosiy tepaliklarni kuzatib razvedka olib boradi. Harakat yo‘nalishiga yaqin yo‘llar, so‘qmoqlar, daralar seksiya komandiri uchun qulay bo‘lgan joydan turib kuzatiladi yoki piyoda dozorchilar yuborilib tekshiriladi. Bunda dushman pistirma qo‘yishi mumkin bo‘lgan panalik va to‘siqlarga alohida e’tibor beriladi. Borish qiyin bo‘lgan uchastkalarga piyoda dozorchilar yuboriladi.

Tog‘larda dozordagi seksiya tor daralar va yo‘l burulishlariga pistirma o‘rnatish usulidan keng foydalanadi.

Mudofaadagi dushman tayanch punkitini razvedka qilganda seksiya (tank), avvalo, o‘t ochish vositalari joylashuvini hamda tayanch punkt ostonalarida to‘siqlar mavjudligini aniqlashi kerak. Bu vazifani dushmanni o‘zini qanday tutayotganini sinchiklab kuzatish orqali bajarish mumkin, ba’zan buning uchun seksiya komandirlari dushmanni ataylab o‘t ochishga majbur qilishi mumkin.

Hujum davomidagi razvedkani seksiya (tank) hujumdagi bo‘linmalarni oldida yoki qanotida olib borishi mumkin. Seksiya (tank) tayanch punktlari oraliqlaridan, joylarni sharoitidan foydalanib, dushman mudofaasi ichkarisiga kirib olishi va u erdan turib hujumdagi bo‘linmalar komandirlariga dushman o‘t ochish vositalari, artilleriya pozitsiyalari, komandirlik kuzatuv punktlari, to‘siqlar va boshqa ob’ektlar to‘g‘risida bildiruv beradi. Dushman mudofaasi ichkarisidagi dushman kuchlari harakatini payqashi bilan seksiya (tank) komandiri uning tarkibini, harakat yo‘nalishini aniqlaydi va zudlik bilan ularni yuborgan komandirga bildiruv beradi.    

Mudofaadagi razvedkani seksiya (tank) mudofaaning oldingi chizig‘i ostonalarida olib boradi. Ko‘rsatilgan rayonga chiqiboq seksiya (tank) komandiri o‘zlarini yuborgan komandirga bildiruv beradi va razvedkani kuzatish orqali olib boradi.

Seksiya (tank) komandiri dushmanlarning oldinga harakat qilish uchun foydalanadigan yo‘nalishlarini va artileriya pozitsiyalari joylashgan rayonlarni kuzatib, razvedka qilishni tashkil qiladi. Seksiya razvedkada. Seksiyaning razvedkadagi vazifalari va ularni bajarish usullari.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba