Seksiya (tank) pistirmada.

Оглавление/Munadarija

Seksiya (tank) pistirmada.

Seksiya (tank) pistirmada.

Pistirma razvedka olib borish usullaridan biri hisoblanadi. Pistirma razvedka usullaridan biri sifatida har qanday jang turlarida, har qanday ob-havo sharoitida, yilning, kunning istalgan vaqtida, front oldida, dushman ichkarisida yoki qanotlarda o‘tkazilishi mumkin. Pistirma dushman harakatlari kutilayotgan yo‘nalishlarda, unga hujumni to‘satdan bo‘lishini taminlaydigan sharoitlarda, vzvod, guruh, seksiya(tank) tomonidan o‘rnatilishi mumkin. Pistirmadagi muvaffaqiyat uni yashirin joylashganiga, mo‘ljalga aniq otishga, barcha shaxsiy tarkibni shiddat bilan mohirona harakat qilishga bog‘liq bo‘ladi.

Seksiya (tank) komandiri pistirma qo‘yish bo‘yicha vazifani katta komandirdan joyning o‘zida yoki xarita orqali oladi. Vazifani aniqlashtirib olgach, seksiya(tank) komandiri pistirma qo‘yiladigan joyga yashirincha etib borish yo‘lini va tartibini belgilaydi. Seksiya pistirma qo‘yiladigan erga yashirincha borish, dushman to‘satdan duch kelsa, jangga kirishadigan holda shay bo‘lib harakatlanadi.

Pistirma qo‘yiladigan joyga etib keliboq seksiya (tank) komandiri dushmanni to‘satdan xujumiga qarshi o‘t ochish tizimi va kuzatuvchi tashkil qiladi, shaxsiy tarkibni, o‘t ochish vositalari o‘rnini, ularga vazifalarini belgilaydi, dushman ko‘ringanda va vazifani bajarib bo‘lgandan keyingi harakatlar tartibini, xabar berish, boshqaruv, hamkorlik harakatlari, signallari va ular bo‘yicha harakatlanish tartibini belgilaydi.

Seksiya (tank) komandiri jangovar vazifa qo‘yganda quyidagilarni ko‘rsatadi:

  • orientirlarni;
  • dushman to‘g‘risidagi malumotlarni;
  • seksiyaning (tank) vazifasini;
  • hujum va taminot guruhlaridagi har bir askar joylashgan o‘rnini, ularning vazifalarini, o‘t ochish tartibini, xujum davomidagi va vazifani bajarib bo‘lgandan keyingi harakatlar tartibini;
  • o‘t ochish, hujumga o‘tish, ortga qaytish signallarini va o‘rinbosarini.

To‘satdan, kutilmaganlikka erishishning shartlaridan biri mustahkam intizom va seksiya (tank) shaxsiy tarkibini pistirma joyida puxta niqoblanishi hisoblanadi. Pistirmani bildirib qo‘yadigan har qanday iz va belgilar yo‘qotilishi, puxta niqoblanishi kerak. Pistirmaga joylashagn seksiya (tank) dushmanga xujum qilguncha, o‘zini mutlaqo sezdirmasligi kerak, yaqinlashayotgan dushman to‘g‘risidagi kuzatuvchi o‘rnatilgan signal bo‘yicha komandirga habar beradi.

Dushman kichik guruhlari, ularning yakka askarlari va ofitserlariga hujum qilinganda ularning eng yaqin masofaga kelishini kutib, keyin to‘satdan hujum qilinadi. Dushmanning nisbatan katta guruhiga hujum qilinganda, pistirmadagi seksiya o‘zining barcha o‘t ochish vositalaridan foydalanib, dushmanga to‘satdan talofat etkazib, dushmanlar o‘ziga kelguncha hujjatlar, qurol-aslaha namunalari va asirlarni qo‘lga olib ko‘rsatilgan rayonga chekinadi.

Tunda pistirma qo‘yganda seksiya shahsiy tarkibi dushman kelishi ehtimoli bo‘lgan yo‘lga, bir-biriga yaqin masofada, bir-biriga talofat etkazmasligi uchun yo‘lni bir tomoniga joylashtirilishi lozim. Tunda dushmanni kuzatish uchun tungi ko‘rish moslamalaridan foydalaniladi.

Seksiya (tank) pistirmada.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba