Sharq va g’arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari.

Sharq va g’arb mutafakkirlarining yosh avlodni  tarbiyalashga oid qarashlari.

Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o‘rta asrlardagi g’arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko‘rib chiqilgan. O‘sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf  Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo‘shdilar. 

O‘tgan davrlarda mehnatkashlaring o‘z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi ob’yektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham o‘rganish lozim.

Sharqining qomusiy mutafakkiri Abu Nasr al-Forobiy (873-950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-saodatga yetaklash yo‘llari va usullarini o‘zining ijtimoiysiyosiy ta’limoti markaziga qo‘yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi.

Uning fikriga ko‘ra, ta’lim va tarbiya oilada, o‘qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Forobiy fikriga ko‘ra – ta‘lim – bu nafaqat aqliy rivojlanish, balki umuman ma’naviy rivojlanish, shu jumladan axloqan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o‘zaro bir-biriga bog’liq bo‘lib, ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo‘llar hisoblanadi.

Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshqarish masalalariga alohida e’tibor bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi.

Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo‘lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan:

1 – sog’ – salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmasligi; 2 – tabiati nozik, farosatli;

3– xotirasi mustahkam,

4– zehni o‘tkir,

5– o‘z fikrini tushuntira oladigan notiq,

6– bilim-ma’rifatga havasli,

7– taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladiga bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi,

8– haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yelg’onchilarni yomon ko‘radigan,

9– o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi,

10– mol dunyo ketidan quvmaydigan,11 – adolatparvar,

12 – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligini qayd etadi.

Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi.

Ibn Sino (980 – 1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqidagi ko‘plab fikrlari o‘zining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g’rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to‘g’ri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.Sharq  mutafakkirlarining tarbiyalashga oid qarashlari

Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog’lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. ’’Tib qonunlari ’’ning «Tarbiya haqida» nomli bo‘limida qo‘yilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi.

Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshlig’i – ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tarbiyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, bolaning onasi o‘z farzandi tarbiyasida ko‘proq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida to‘g’ri yo‘lni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga aniq vazifalarni qo‘yadi: u o‘z shogirdini qachon jazolashi yoki rag’batlantirishi mumkinligini yaxshi bilmog’i lozim.

Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini o‘rganishga chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bo‘lib chiqishga harakat qilgan. O‘smirlikkacha bo‘lgan davrni u beshta davrga bo‘lgan: chaqaloqlik (bola tug’ilganidan boshlab yo‘lga yurib ketgunicha bo‘lgan davr); bolalik davri (yo‘lga yurgandan so‘ng); organizm chiniqqani va qoziq tishlari chiqqanidan keyingi davr; o‘smirlik va jinsiy yetilish davri; o‘smirlik davri (o‘sish to‘xtatuguncha bo‘lgan davr).Sharq  mutafakkirlarining tarbiyalashga oid qarashlari

Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga ko‘ra, risoladagidek tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo‘lish darkor. Tarbiyachining o‘zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozim. Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini chuqur anglagan va ijobiy omil ahamiyatini juda qadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan biri deb bilgan.

Ayniqsa,Alisher Navoiy asarlari besh yuz yildan buyon ko‘plab avlodlarni hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat g’oyalari, insonning oliy maqsadlarini kuylash Navoiy merosida asosiy o‘rin tutadi.

Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib turadi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan, Navoiy farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq, deb bilgan. Navoiy bolaga uning yoshiga qarab eng kichik yoshdan to‘g’ri tarbiya berish zarur, fanlarni o‘rganishni iloji boricha barvaqt boshlash lozim, deya ta’kidlagan.Sharq  mutafakkirlarining tarbiyalashga oid qarashlari 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba