SHartnoma asosida xizmat qiluvchi va zaxiradagi safarbarlik xizmatining Qurolli Kuchlaridagi huquq va vazifalari yo’riqnomasi.

SHartnoma asosida xizmat qiluvchi va zaxiradagi safarbarlik  xizmatining Qurolli Kuchlaridagi huquq va vazifalari yo'riqnomasi.

SHartnoma asosida xizmat qiluvchi va zaxiradagi safarbarlik xizmatining Qurolli Kuchlaridagi huquq va vazifalari yo’riqnomasi.

Harbiy xizmatchilarning huquqiy holati deganda ularning davlat tomonidan kafolatlangan xuquq va erkinglari, shuningdek ularning qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan majburiyatlari va javobgarligi tushuniladi.

Harbiy xizmatchilarning jamiyatdagi xuquqiy holati muxim xususiyatga ega. Ularga umumiy qonunchilik joriy etilgan. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston fuqarolarining xuquqlariga ega va ularning majburiyatlarini bajaradilar. SHu bilan birga harbiy xizmatchilar davlatni qurolli himoya qilishni ta’minlash uchun tayinlanganlar. Ular bu vazifani ba’zan hayotlariga taxdid bo‘lgan holda bajaradilar. SHuning uchun harbiy xizmatchilarga maxsus harbiy qonunchilik joriy etilgan. Bu qonunchilikda harbiy xizmatning xususiyatlari hisobiga olingan holda harbiy xizmatchilar uchun qo‘shimcha huquq, imtiyozlar, shuningdek qo‘shimcha majburiyatlar ham joriy etilgan.

Harbiy xizmatchilar so‘z erkingligi, o‘z fikrini bildirish, axborot olish va uni tarqatish kabi umumfuqaroviy xuquq va erkingliklaridan foydalanganda davlat va harbiy sirlarni tarqatib yubormasliklari, komandirlari (boshliqlari)ning buyruqlarini muxokama qilishlari va tanqid qilishlari mumkin emas.

Harbiy xizmatchilar davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish xuquqiga egadirlar. SHuningdek, davlat xukumati organlari va maxalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Mehnat qilish, dam olish, yashash joyiga egalik qilish huquqi va shu kabi boshqa huquqlarni amalga oshirishda qonunda aniq ko‘rsatilgan haqida ma’lum chegaralashga yo‘l qo‘yishi mumkin.

Umumfuqaroviy huquq va erkinliklardan tashqari harbiy xizmatchilar harbiy xizmat xususiyatidan kechib chiqadigan xuquqlarga ham egadir. Bu huquqlar davlatdan pul ta’minoti (maosh), oziq-ovqat va kiyim-bosh ta’minoti, shuningdek, yotoq joy bilan ta’minlanish ko‘rinishida bo‘ladi. SHuningdek harbiy xizmatchilar uchun halok, bo‘lgan holatlarda sug‘urta kafolatlari, shuningdek ma’naviy va moddiy zararlarini qoplash huquqi ko‘zda tutilgan.SHartnoma asosida xizmat qiluvchi va zaxiradagi safarbarlik xizmatining Qurolli Kuchlaridagi huquq va vazifalari yo’riqnomasi.

Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar.

Harbiy xizmatchilar va harbiy ximatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi. Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, kata ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.

Xar bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar  qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.

 

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba