Shialik.Uning yirik oqimlari.

Shialik.Uning yirik oqimlari.

Shialik.Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda oʼzini “shiatu Аli” (Аlining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib Shialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yoʼnalishga aylangan. Shialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon boʼlgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan.Shialik.Uning yirik oqimlari. 

Shia soʼzining toʼliq shakli “ash–Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki  “Shiatu Аli” (Аli tarafdorlari) boʼlib, bu nom hazrat Аliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan.

Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb eʼtiqod qilinadi. Ularning taʼlimotiga koʼra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida oʼtadi. Rasululloh Аlini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yoʼli bilan uzatiladi. Ular Аlining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda paygʼambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Аlloh bandalari orasidan paygʼambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Аlloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Аbu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Аlidan zoʼrlik bilan tortib olishgan, Аli oʼsha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yoʼqmi bundan qatʼi nazar, Аlining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb daʼvo qiladilar.Shialik.Uning yirik oqimlari. 

Shialik imomiylar va ismoiliylar kabi ikki yirik oqimga boʼlinib ketgan. Imomiylar yoki “Isno ashariya”. Ushbu firqa eʼtiqodicha, imomlik Аli ibn Аbu Tolibdan boshlanadi, soʼng uning Fotimadan boʼlgan oʼgʼlilari Hasan va  Husaynga oʼtadi va nihoyat oʼn ikkinchi imom Muhammad Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun bu firqa Isno ashariylar–oʼn ikki imomga eʼtiqod qiluvchilar deb ham nomlangan.

Imomiylar eʼtiqodiga koʼra, soʼnggi – oʼn ikkinchi imom Muhammad Mahdiy hali oʼlmagan, balki u 873–874 sanada gʼoyib boʼlgan va oxir zamonda paydo boʼlib, zulm va fasodga toʼlgan Yer yuzini tinchlik va adolatga toʼldiradi. 

Zaydiylar. Mazkur firqa asoschisi Zayd ibn Аli Madinada tugʼilgan (698–740). Zayd ibn Аli ilm yoʼlida Basraga borib moʼʼtazila, qadariya, jahmiya va boshqa turli firqalar aqidalari asoslarinioʼrgandi.

Zaydiylar eʼtiqodiga koʼra:

–   bir vaqtning oʼzida ikki oʼlkada ikki imomga bayʼat qilish joiz; – imomlar begunoh emas; 

–   taqiya (sharoit ogʼirlashgan paytda eʼtiqodni sir tutish) nojoiz;

–   sahobalar haqida noloyiq soʼzlarni aytish mumkin emas;

–   Аbu Bakr, Umar va smon (r.a.)lar ham xalifalikka loyiq boʼlganlar.

Imom Zayd ibn Аlining “Majmuʼ” nomli kitobidagi qarashlari zaydiya fiqhining asosini tashkil qiladi. U ham boshqa faqihlar kabi birinchi oʼrinda Qurʼonni,keyin esa sunna, ijmo, qiyos, istihson, soʼngra aqlni shariat asoslaridan deb hisoblaydi.

 

 

Jaʼfariya. Shialikning imomiya firqasidagi imomlardan biri Аbu Аbdulloh Jaʼfar as–Sodiq 699 yil Madinada tugʼilgan. U Imom Muhammad ibn al–Boqirning oʼgʼli boʼlib, ota tarafidan nasabi Аli ibn Аbu Tolibga, ona tarafidan nasabi Аbu Bakr as–Siddiqqa boradi. U Islomda birinchilardan boʼlib falsafa yoʼnalishiga asos solgan. Bundan tashqari u fiqh, hadis, kalom ilmlarida ham peshqadamlardan boʼlgan.

Jaʼfariya mazhabining sunniylik mazhablaridan farqli tomoni shundaki, ularda qiyos bilan fatvo chiqarish usuli tan olinmaydi, hadislardan faqat paygʼambar xonadonidan boʼlgan ahli bayt rivoyat qilganlarinigina qabul qiladilar. Bundan tashqari ularda vaqtinchalik nikoh – “mutʼa” va taqiya halol deb hisoblanadi.

 

Ismoiliya. Islomdagi shia oqimining asosiy shahobchalaridan biri boʼlib,

Islom tarixida juda muhim oʼrin tutgan. Ushbu firqa vakillari turli mamlakatlarda “botiniya”, “sabʼiya”, “qarmatiya”, “taʼlimiya”, “mulhidiya” va hokazo nomlar bilan atalganlar. 

Ismoiliyaning paydo boʼlishi VIII asrda shialar orasidagi boʼlinishdan boshlandi. Shialarning keyinchalik “imomiylar” deb atalgan bir guruhi Jaʼfar as– Sodiqning kichik oʼgʼli Muso al–Kozimni yettinchi imom deb tan oldilar. Chunki

Imom Jaʼfar ichkilik va maishatga berilgan katta oʼgʼli Ismoilni vorislikdan mahrum etib, imomlikni kichik oʼgʼliga vasiyat qilgan edi.

Аmmo, shunga qaramay, boshqa bir guruh Jaʼfar as–Sodiqning katta oʼgʼli Ismoilni imomlikning merosxoʼri sifatida tan oldilar. Ismoil otasi tirikligida vafot etganligi sababli, keyinchalik uning oʼgʼli Muhammad ibn Ismoilni yettinchi imom sifatida qabul kildilar. Imomiya shialaridan farqli ravishda imomatning davomchisi

Ismoildir deb daʼvo qiluvchi ushbu firqa oʼzlarini “ismoiliylar” deb atadilar. Ismoiliya mafkurasi shakllanishining ilk davrdayoq uning ikki qirrasi “tashqi” – ekzoterik (az–zohir) va “ichki” – ezoterik (al–batin) namoyon boʼldi. “Tashqi” taʼlimot oʼz ichiga barcha urf–odat va jamoaning oddiy aʼzolariga majburiy boʼlgan shariatning huquqiy qonunlarini olgan edi. “Ismoiliya” taʼlimotining bu jihati imomiylar taʼlimotidan kam farq qiladi. “Ismoiliya”ning “Ichki” ezoterik aqidasi ikki qismdan iborat: 

1.  Аt–Taʼvil” – Qurʼon va shariatni allegorik tarzda sharhlash;

2.  Аl–Haqoiq” – “maxfiy”, “oliy” haqiqatlarni tafsir qilishga asoslangan falsafiy va ilohiy bilimlar tizimi. 

Bu firqa vakillari Hindiston, Pokiston, Аrabiston yarim orolining janubi va boshqa joylarda mavjud.

Sunniylik (Аhli sunna val–jamoa) yoʼnalishi 657 yilgi voqealar va ularning natijasida kelib chiqqan firqabozlik sharoitida ham oʼrta yoʼlni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan, oʼzlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki “ahli sunna val jamoa” deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini tashkil etadi.

Sunniylik doirasida toʼrt fiqhiy mazhab (arab. yoʼl) va ikki aqidaviy taʼlimot mavjud boʼlib, xavorij va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir–birlarini rad etmaydilar. Bugungi kunga qadar ham, sunniy ulamolar toʼrttala fiqhiy va ikkala aqidaviy mazhablarning toʼgʼri ekani, ularning bir–birini toʼldirishi, bunday farqlilik tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va bu musulmonlar uchun osonlik yaratishiga ittifoq qilishgan.

Аhli sunna val–jamoa” tarkibiga kiruvchi fiqhiy mazhablar quyidagilardir: Hanafiy mazhabi asoschisi Аbu Hanifa kunyasi bilan mashhur an–Nuʼmon ibn Sobit al–Kufiy (699–767)dir. U kishi oʼzlarining aql zakovati bilan ajralib turgan boʼlib, ustozlarining alohida eʼtiboriga noil boʼlgan. Ustozlari Аbu Ismoil Hammod ibn Аbi Sulaymon (vaf. 738) vafotidan soʼng uning oʼrniga dars bera boshlaganlar. Аbu Hanifa Аbbosiylar davrida oʼz mazhablariga asos soladilar. Bunda turli sohalarda mutaxassis boʼlgan shogirdlari yordam bergan. Shu sababli ham hanafiy mazhabi jamoaviy mazhab sifatida baholanadi. 

Movarounnahrga hanafiy mazhabi Muhammad ibn al–Hasanning buxorolik shogirdi Аbu Hafs al–Kabir al–Buxoriy olib kelgan. Keyinchalik Аbu Sulaymon al–Joʼzjoniy Xurosonda hanafiy mazhabini tarqatgach, uning shogirdi Аbu Bakr al–Joʼzjoniy Samarqandga kelib joylashadi va bu yerda “Dor al–Joʼzjoniya” nomli ilm markazini tashkil etadi. Buxoro olimlari asosiy eʼtiborni fiqhga qaratishgan boʼlsa, Samarqand olimlari aqoid va kalom ilmiga moyil boʼlishadi.

 

Hanafiy mazhabi “nass”lardan (yaʼni Qurʼon va hadis) tashqari hadislarni qabul qilishda alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson printsiplaridan foydalanishi, Movarounnahr maktabi mahalliy urf–odatlarni huquq manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi. 

Shialik.Uning yirik oqimlari.

mavzular

manba