Sitoplazma membranasi.

Оглавление/Munadarija

Sitoplazma membranasi.

Sitoplazma membranasi. Uning qalinligi 9 nm cha bo‘lib, u hujayra devoriga ichki tomondan yopishib turadigan, sitoplazmaning tashqi qavati — sitoplazmatik membranadir. U ikki qavat lipid molekulalaridan tuzilgan, har bir qavat monomolekulyar oqsil bilan qoplagan. Sitoplazmatik membrana hujayra quruq moddasining 8-15% tashkil etadi va hujayraning lipid qismini 70 — 90% ni tutadi. Sitoplazmatik membrana osmotik bar‘er vazifasini bajardi va hujayraga moddalarning kirib chiqishni boshqarib boradi. Ko‘pincha sitoplazmatik membrana ichki tomondan bo‘rtib chiqib (invaginatsiya) undan mezosomalar hosil bo‘ladi. Sitoplazmatik membrana va mezosomalar yuqori darajali organizmlardagi membrana va mitoxondriyalar vazifasini bajaradi. Ularning usti va ichida ferment va energiya bilan ta‘min etuvchi sistemalari joylashgan. Bularga nafas olish fermentlari, hujayraga moddalarning kirib — chiqishini regulyasiya qiluvchi ferment sistemalari, azotofiksatsiya, xemosintez va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi fermentlar sistemasini misol qilib keltirish mumkin (22 — rasm). Hujayra devori va kapsulasining biosintezi, tashqariga ekzoferment ajratish, bo‘linish, spora hosil qilish funksiyalari sitoplazmatik membrana, mezosoma va shunga o‘xshash strukturalarga bog‘liq.  

Sitoplazma. Sitoplazma membrana bilan o‘ralgan. U kolloid sistemali polisaxarid bo‘lib suv, oqsil, yoq, uglevodlar, mineral moddalar va boshqalardan tuzilgan. Uning tarkibi bakteriyaning yoshi va turiga qarab o‘zgarib turadi. Sitoplazmatik membrananing ichki qismida, genetik apparat, ribosomalar, kiritmalar bo‘lib, bulardan qolgan qismini sitozol tashkil qiladi. Sitozol, sitoplazmaning gomogen qismi bo‘lib, oqsillar, fermentlar, substratlar, eruvchan RNK va boshqa hujayra granulalaridan iborat.

Qirmizi rangli oltingugurt bakteriyalarda fotosintez olib boradigan fermentlar (bakterioxlorofill, karatinoidlar) xromatoforlarda joylashgan. Ular hujayra massasining 40 — 50% tashkil etadi.

Ko‘pgina sianobakteriylarning hujayrasida (membranasida) fotosintezni olib boruvchi xlorofill va karatinoidlardan tashkil topgan qurilmalar — tilakoidlar yoki fikobilisomalar bor. Tilakoidlar sitoplazma yoki ichki membrana bilan bog‘langan deb taxmin qilinadi.

Yashil bakteriyalarda fotosintezda qatnashuvchi pigmentlar xlorosoma membrana qurilmasida joylashgan.

Suv bakteriyalarining ko‘plari gaz bilan to‘lgan struktura — gaz vakuolalarga

(aerosomalar) ega bo‘ladi. Ba‘zi bakteriyalarda esa poliedr tanachalar (ko‘pburchakli) yoki karboksisomalar bo‘lib, ular SO2 ni boqlash vazifasini bajaradi.

Nukleoid. Sitoplazmada, yadro ekvivalenti — nukleoid bakteriya hujayrasining markazida joylashgan

Ma‘lumotlarga ko‘ra, hujayraning rivojlanish bosqichiga qarab, nukleoid ikki holatda: diskret (o‘zuq — o‘zuq ayrim strukturalar) tayoqchasimon yoki xromatin to‘ri (yadro moddasi sitoplazmada dispers holatda yoyilgan) shaklida bo‘ladi. Bakteriya nukleoidi molekulalar massasi 2 — 3.109 dalton DNK ga ega. Bu DNK o‘ralgan halqa shaklida bo‘lib, uzunligi 1,1 – 1,4 mm ni tashkil etadi. U bakteriya xromasomasi (genofor) deyiladi.

Tinch holatdagi bakteriya hujayrasida 1 ta nukleoid bo‘lsa, bakteriya hujayrasining bo‘linishi oldidan ikkita nukleoid bo‘ladi. Bakteriya ko‘payish fazasining logarifmik davrida esa, u to‘rtta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.

Ba‘zan, bakteriya hujayralarining o‘sish davrida muhitda bakteriya hujayrasiga salbiy ta‘sir etadigan moddalar bo‘lsa, bakteriya hujayrasidan ko‘p yadroli ipsimon hujayra hosil bo‘lishi mumkin. Bunday hujayra, hujayra o‘sishi va bo‘linishi sinxronligining buzilishidan paydo bo‘ladi.

Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funksiyasi- axborotlarni saqlab, uni irsiy xususiyatni avloddan — avlodga berishdir.

Nukleoiddan tashqari, hujayra sitoplazmasida undan yuzlab marta mayda DNK iplari ham mavjud. Ular irsiyat faktorlarini tutuvchi plazmidalardir.

Hamma hujayralarda ham plazmidalar bo‘lishi shart emas. Ammo ular tufayli hujayra qo‘shimcha, xususan, ko‘payishda, dori moddalarga turg‘unlik namoyon etishda, kasallik yuqtirish va hokazo xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Kiritmalar. Sitoplazmada har xil shaklga ega granulalar uchraydi. Ularning hosil bo‘lishi mikroorganizmlar o‘sadigan muhitning fizik — kimyoviy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, kiritmalar mikroorganizmlarning doimiy belgilari emas.

Ko‘pincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi oziqa muhitida o‘sgandagina hosil bo‘ladi va yomon muhitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar qatoriga glikogen (hayvon kraxmali), granulyoza, β — oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning hosil bo‘lishi, ko‘pincha oziqa muhitini tarkibiga boqliq bo‘ladi. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va uglevodlarga boy oziqa muhitida o‘sgan bakteriyalarda valyutin, vodorod sulfidga boy muhitda esa oltingugurt to‘planishi aniqlangan. Ba‘zi oltingugurt bakteriyalarida amorf holdagi СaСO3 uchraydi. Ulardan tashqari, bakteriya hujayrasida oqsillar, fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar, pigmentlar bor. Hujayradagi molekulyar birikmalar hujayraning osmotik bosimini saqlab turadi.

Sitoplazma membranasi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba