Suyaklarning shakli. Suyaklarning tuzilishi, suyakalrning birikish turlari.

Suyaklarning shakli. Suyaklarning tuzilishi, suyakalrning birikish turlari.

Suyaklarning shakli. Suyaklarning tuzilishi, suyakalrning birikish turlari.

Odam skeleti suyaklarining shakli va kattaligi har xil bo’ladi. Suyaklar shaklan uzun suyaklar; yassi suyaklar; kalta suyaklar; aralash suyaklarga ajratiladi.

Uzun yoki naysimon suyaklarga qo’l va oyoq suyaklari kira-di, ular boshqa suyaklarga qaraganda uzunroq bo’ladi (1-rasm).

Yassi yoki keng suyaklarning qalinligi va uzunligi enidan kamroq bo’ladi. Yassi suyaklarga kurak, ko’krak, tos va bosh suyaklari kiradi.

Kalta suyaklar o’lchamlari asosan bir xil bo’ladi. Kalta suyaklarga umurtqalar, qo’1-kaft va oyoq-kaft suyaklari kiradi.

Aralash suyaklar murakkab shaklga ega bo’lib, bularga kalla suyagining yuz qismi, umurtqalar, tos suyaklari kiradi.

Suyaklarning ustida chuqurliklar, o’yiqlar, do’ngliklar mav-jud. Mushaklar suyaklarga birikadi. O’yiqlardan esa qon tomir-lari va asab tolalari o’tadi.

1.2. Suyaklarning birikishi

Skelet suyaklari bir-biri bilan ikki xil — uzlukli va uzluksiz birikadi. Suyaklar: a) tog’ay yordamida (qovurg’alar); b) suyaklar yordamida (dumg’aza va tos suyaklarini 16 yoshdan keyin birikishi); d) mushaklar yordamida (kurak suyagi bilan umurtqa suyaklarining birikishi) uzluksiz birikadi. Uzluksiz birlashgan suyaklar harakati chegaralangan bo’ladi.

Uzlukli, ya’ni bo’g’im hosil qilib birikishda ikkita yoki bir nechta suyaklar o’zaro bir-biriga mos tushuvchi bo’g’im yuzasi yordamida birikadi. Ikkita suyakning bir-biri bilan birikishi od-diy bo’g’imni, uchta va undan ortiq suyaklarni birikishi esa murakkab bo’g’imni hosil qiladi. Suyaklarning uzlukli birikishida uzluksiz birikishga qaraganda harakatlar katta bo’ladi. Odam qo’lini uzatganda, turganda, o’tirganda, engashganda, nafas ol-ganda suyak bo’g’imlarida ko’chish sodir bo’ladi

 

1.3. Bo’g’imlarning shakli va tuzilishi

Suyaklarning birikadigan joyi (2-rasm) bo’g’im xaltasi bilan o’ralgan. Bo’g’im xaltasining devori suyak osti pardasidan iborat. Ichki tomondan sinovial parda bilan o’ralgan. Suyak usti pardasi bitta suyak yuzasidan boshqasiga o’tadi. Bo’g’im bo’shlig’i ger-metik bo’lib, undagi bosim atmosfera bosimidan doim past bo’ladi. Shuning uchun suyaklarning yupqa shishasimon tog’ay bilan qoplangan bo’g’im yuzalari, bir-biriga zich birlashgan bo’ladi. Bo’g’imlar holatini saqlab turishda ularni o’rab turgan paylarning ham ahamiyati katta.

Bajaradigan vazifasi va shakliga ko’ra bo’g’imlar ko’p turlarga bo’linadi. O’rta hisobda odamda 230 ta bo’g’im bo’lib, bularaing ko’p qismi qo’l panja-larida joylashgan. Shuning uchun ham panjalar juda harakatchan bo’ladi.

Odatda aksial (qo’1-oyoqlarning bo’ylama o’qi bo’yicha) joylashgan o’zaro harakatchan bogiangan suyak bo’limlari kinematik zanjirlar hosil qiladi. Kinematik zanjirdagi boiimlarning o’zaro harakat me’yori biomexanikada erkin-lik darajasi soni bilan aniqlanadi. Har bir erkinlik darajasi u yoki bu jihatdan ixtiyoriy bo’g’imlardagi alohida mustaqil harakatlanish yo’nalishiga mos tushadi. Masalan, bir o’qli bo’g’imlar bir darajali erkinlikka, ikki o’qli — ikkita, uch o’qli — uch darajali erkinlikka ega.

Bo’g’imlarning harakatchanligi bo’g’im yuzasining shakliga bog’liq bo’ladi. Bo’g’imlarning sharsimon, ellipssimon, silindrsimon, egarsimon, blokli va yassi turlari farqlanadi

Sharsimon bo’g’im ko’p o’qli bo’g’im bo’lib, bunga yelka va tos-son bo’g’imlari misol bo’la oladi. Ular uchta aylanish o’qiga ega (ko’ndalang yoki frontal, old-orqa yoki sagittal, vertikal yoki uzunasiga). Bu esa birinchi o’q atrofida bukish va yozishni; ik-kinchi o’q atrofida uzoqlashtirish va yaqinlashtirishni va vertikal o’q atrofida qayiltirishni (burashni): ichkariga — pronatsiyani, tashqariga — supinatsiyani ta’minlaydi.

Ellipssimon va egarsimon bo’g’imlar ikki o’qli bo’g’imlar bo’lib, ularga bilak-kaft usti (ellipssimon), kaft usti-kaft va katta barmoq bo’g’imlari (egarsimon) kiradi. Ular ikki aylanish o’qiga ega, ya’ni ko’ndalang va oldingi orqa o’qlar.

Silindrsimon va g’altaksi-mon bo’g’imlar — bir o’qli bo’g’imlar bo’lib, ular faqat bir oLq atrofida aylanishni ta’minlaydilar (masalan, vertikal o’q atrofida).

Silindrsimon bo’g’imlar — bu tirsak va bilak suyaklari orasidagi bo’g’im, g’altaksimon bo’g’imlar — barmoq falangalari orasida, boldir-tovon bo’g’imi, u yana vintsimon bo’g’im deb ham ataladi.

Yassi bo’g’imlar aniq aylanish o’qiga ega emas. Ularda faqatgina bir bo’g’im yuzasining ikkinchi bo’g’im yuzasida biroz sirpanishi kuzatiladi (masalan, umurtqalararo bo’g’imlar, ,tovon va kaft mayda suyaklari).

Shunday qilib, eng ko’p harakatlanuvchi bo’g’imlar — sharsimon, kam harakatlanuvchi bo’g’imlar — yassi bo’g’imlardir.

Inson tanasi kinematik zanjirining harakatlanishi, bir necha o’nlab sanaladigan erkinlik da-rajalariga ega bo’lgan bo’limlariga bog’liq. Masalan, eng kichik yelka harakati ham yelka kamarining suyaklari harakati bilan birga kuzatiladi. Shuning uchun yelka uchta emas, balki beshta erkinlik darajasiga ega. Kaft ustining kurakka nisbatan harakatlanishi yettita erkinlik darajasiga, barmoq uchlarining ko’krak qafasiga nisbatan — 16 ta, umurtqa pog’onasiga nisbatan esa — 66 ta erkinlik darajasiga ega.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba