Munadarija
Ta’lim muassasalarida chaqiriqqa qadar tayyorgarlikni rejalashtirish.
«YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash» chaqiriq yoshigacha va chaqiriq yoshida bo‘lgan yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun majburiy o‘quv fani hisoblanadi. Ta’lim muassasalarida chaqiriqqa qadar tayyorgarlikni rejalashtirish.
YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi – o‘sib kelayotgan va shakllanib borayotgan yosh avlod tarbiyasining tarkibiy qismidir. U talabada yuqori g‘oyaviysiyosiy va axloqiy xislatlarni shakllantirish, o‘zini tutish, Qurolli Kuchlar safida xizmatni benuqson o‘tashga, yurt himoyasi yo‘lida kerakli jismoniy va amaliy tayyorgarlik me’yorlarni bajara olishga, Vatan va boshqa davlatlar hamdo‘stligini himoya qilish muqaddas burchini bajarish maqsadida ong, iroda, ruhiy va jismoniy rivojlanishga pedagogik ta’sir ko‘rsatishni, tashkiliy maqsadga yo‘naltirilgan va uzluksiz jarayonni o‘zida mujassam etadi.
Vatanni himoya qilishga yoshlarni har taraflama tayyorlashni faqat chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bilan cheklab bo‘lmaydi. Bu davlat ishi hisoblanib ta’lim muassasasining butun pedagogik jamoasining mas’uliyatli vazifasidir.
Talabalarni Vatanni himoya qilishga g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-ruhiy hamda jismoniy tayyorlash ta’lim muassasasining butun o‘quv-tarbiyaviy ishi tizimi va avvalam bor o‘quv jarayonida amalga oshiriladi.
SHuning uchun har bir o‘qituvchi o‘rganiladigan material bilan uzviy aloqada xalqaro va davlat ichki siyosati, qurolli kuchlar jangovar qudrati va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalarini mohirona va tushunarli qilib tushuntirishi, ularning tarixiy ahamiyatini ko‘rsatishi, armiyaga, harbiy ish va harbiy kasbga muhabbat uyg‘otishi, bo‘lajak Vatan himoyachisiga kerakli ma’naviy-ruhiy va jangovar sifatlarini shakllantirishi, kerak bo‘lgan joyda harbiy bilimlar elementlarini aytib o‘tishi kerak.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha darslar tizimi darsdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan uzviy bog‘liqlikda talabalarda dunyo qarashini shakllantiradi, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish va baholashda klassik yondashishni uyg‘unlashtiradi, o‘z Vataniga chuqur va ongli muhabbatni, mustahkam poydevorni, uni tajavuzkor kuchlardan ishonchli himoya qilishga doimiy tayyorgarlikni o‘rnatadi. Harbiy tayyorgarlikni ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy jarayoni bilan o‘zaro bog‘liqligi nimada?
Avvalom bor bu talabalarda bo‘lajak Vatan himoyachisi uchun muhim bo‘lgan ma’naviy – siyosiy xislatlarni shakllantirish asosi bo‘lgan ta’lim muassasasining butun tarbiya tizimi bilan bo‘lgan bog‘liqlikdir. Bu erda hal qiluvchi vazifa talabalarni jamiyatning rivojlanish qonunlari bilimi bilan qurollantiradigan, Vatanimiz dushmanlariga nafratni tarbiyalaydigan tarix, jamiyatshunoslik, adabiyot darslarining zimmasida bo‘ladi. O‘smirlarni harbiy xizmatga tayyorlashdagi asosiy vazifani jismoniy madaniyat darslari bajaradi.
Talabalarni me’yorlarni topshirishga tayyorlash uchun bir qator ta’lim muassasasilarida harbiy rahbar va jismoniy madaniyat o‘qituvchilaridan tashkil topgan umumiy uslubiy komissiyalar tuzilgan. Maqsadga muvofiq bunday tadbirlar tufayli yuqori kurs (sinf) talabalari harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishmoqdalar. YUqori kurs (sinf) talabalarining vatanparvarlik tarbiyasi uchun ayniqsa YOCHQBT bo‘yicha bilimlar katta imkoniyatlarga ega.
YOCHQBT mashg‘ulotlarida talabalarda boshlang‘ich harbiy bilimlar bo‘yicha dunyoqarashni, armiya va oson kechmaydigan harbiy xizmatga chuqur hurmat bilan qarashni tarbiyalashni, zamonaviy qurol va texnikani egallash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan amaliy ko‘nikma va malakalarni amalga oshiriladi.
O‘quv dasturdagi mavzularning ko‘p qismlari talabalarga Vatanni dushmanlardan qurolli himoya qilishda O‘zbekiston xalqining qaxramonlik va fidokorlik manbalarini tushuntirib berish, ularda katta avlodlar jasoratiga faxr-iftixor va ularni qo‘llab-quvvatlashga, ularga o‘xshashlikka intilish xislatlarini tarbiyalashga harbiy rahbar va CHQBTO‘ ga imkon beradi.
Fanlararo bog‘liqlik – vatanparvarlik tarbiyasi va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni takomillashtirish uchun zamin yaratadi. Bu ko‘pgina ta’lim muassasasilarning pedagogik jamoalari tajribasi bilan tasdiqlangan.Ta’lim muassasalarida chaqiriqqa qadar tayyorgarlikni rejalashtirish.
Talabalarda Vatanni himoya qilishga shay bo‘lishi, intilishi nafaqat o‘quv jarayonida, balki sinfdan tashqari ishlarning turli shakllarida davom etishi juda muhim. Bunda talabalarning vatanparvarlik tarbiyasi mazmuniga, shakl va uslublarini takomillashtirishga doimiy e’tibor berish zarur. Vatanga va uning qurolli Kuchlariga cheksiz sadoqat va muhabbat ruhida, harbiy burchni benuqson bajarishga shay bo‘lishiga, Ulug‘ Vatanni himoya qilishdek sharafli burchni ado etishdagi shaxsiy mas’uliyatini, shuningdek, ularda vatanparvarlikni tarbiyalash – har bir ta’lim muassasasi o‘qituvchisining o‘ta muhim majburiyatlaridandir.
Dasturning ba’zi bir mavzulari bo‘yicha 2-3 soatlik mashg‘ulotlar bo‘lishi mumkin. Bu hollarda ta’lim muassasasi direktori taqsimoti bo‘yicha boshqa fanlar hisobiga, keyinchalik ularni to‘ldirish sharti bilan 1-2 qo‘shimcha soatlardan foydalaniladi.
Barcha darslar g‘oyaviylik bilan singdirilgan va yuqori ma’naviy-siyosiy sifatlarni tarbiyalashga, ularni Vatanni himoya qilish burchini ado etishga tayyorlash, ularda Qurolli Kuchlar nizomlari talablari va o‘quv mavzulari hajmiga ko‘ra o‘zini tutish va harakatlar ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy sharoitda yoshlarni O‘R QK xizmatiga tayyorgarlik sifatiga oshib borayotgan talablar, ta’lim muassasasida o‘quvtarbiyaviy jarayonni uzluksiz takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O‘quv jarayoning mazmuni, shakli va uslublarini asosli ravishda ilgari surish uchun, birinchidan, harbiy fan va texnika, taktik san’at yo‘nalishlarini rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish zarur. Ikkinchidan, ijtimoiy-psixologik va pedagogik fanlar yutug‘iga erishish uchun, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy tashkil qilish kerak.
Zamonaviy davrning o‘ziga xos xususiyati shundaki ilmiy ma’lumotlarning harbiy ishlardagi taraqqiyotidir. O‘quv jarayonining mazmuni va shakli o‘rtasidagi ziddiyatlar. Katta sustlikka ega bo‘lgan ta’lim shakl va uslublari har doim ham mazmun o‘zgarishiga amal qilmaydi. Masalan, kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalar hajmi belgilangan muddatlarda ularni o‘zlashtirish imkoniyati va o‘quv fanlarning ilmiy mazmuni va ta’lim vositalari majmuasi – darsliklar, qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar, trenajerlar, TTV va boshqalar o‘rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi. SHuningdek amaliyotda talabalar o‘quv ishining jamoa va individual shakllari birikmasida, O‘MB jixozlanishida uning ma’naviy va jismoniy ishdan chiqishi natijasida ziddiyatlar kuzatiladi.
CHQBT jarayoni yoshlar harbiy xizmatni o‘tashda o‘zining konstitutsiyaviy burchini a’lo darajada bajarilishini va o‘ziga topshirilgan zamonaviy jangovar qurol va harbiy texnikani qisqa muddatda o‘zlashtirib olishini ta’minlashdan iborat.
YOshlarga harbiy ta’lim berishda ularga harbiy qismlarning jangovar o‘quvfaoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni harbiy qismlardagi qo‘shinlarning jangovar o‘quv faoliyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun xalq ta’limi bo‘limlari, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalari CHQBT ni tashkil qilinishini va o‘tkazilishini yuqori saviyada bo‘lishini ta’minlashi shart.
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni sifati, tarbiyaviy ahamiyati, harbiy rahbar harbiy va CHQBTO‘ning kasbiy jihatdan tayyorgarlik darajasiga, pedagogik malakasiga, uslubiy mahoratiga, shuningdek, g‘oyaviy-siyosiy etuqligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Bunday vazifalarni bajarish faqat mukammal tayyorgarlik tizimi va uslubiyoti, ta’limning samarali vositalari, ilmiy asosda yaxshi tashkil qilingan rahbarlik va yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi ta’minlanganda amalga oshadi.
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv jarayoni CHQBT dasturi va Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, Mudofaa vazirliklari buyruqlari, me’yoriy hujjatlari va o‘quv-uslubiy tavsiyalariga ko‘ra harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan rejalashtiriladi va tashkil qilinadi.Ta’lim muassasalarida chaqiriqqa qadar tayyorgarlikni rejalashtirish.
Muallif: Xasanov M