Munadarija
Ta’lim muassasalarining o’quv qurollari, pribor va tabel buyumlari bilan ta’minlash tartibi.
YOCHQBT uchun mo‘ljallangan o‘quv quroli va kichik kalibrli miltiqlar ta’lim muassasasi rahbariga qurolni olish haqida xabar berilgan kundan boshlab ta’lim muassasasi tomonidan 10 kun ichida MIBdan olinishi kerak.
Ta’lim muassasalari va korxonalar tomonidan belgilangan muddat ichida olinmagan o‘quv qurol – aslahalar va kichik kalibrli miltiqlar ta’minlovchi organlarga qaytarib beriladi. Kichik kalibrli patronlar MK«Vatanparvar» tashkiloti orqali ta’lim muassasalariga beriladi. Ta’lim muassasalarini va o‘quv punktlarini kichik kalibrli patronlar (o‘qlar) ta’minlash uchun ta’lim muassasasining direktori tuman MK «Vatanparvar» tishkilotiga buyurtma taqdim etadi. MK «Vatanparvar» tashkiloti o‘ziga qarashli tumanining barcha ta’lim muassasalari va o‘quv punktlari bo‘yicha bu patronlarga bo‘lgan miqdoriy ehtiyojni aniqlaydi va tushgan buyurtmalarni viloyat MK «Vatanparvar» tashkilotiga yo‘llaydi Ta’lim muassasalariga va o‘quv punktlariga olingan qurolni besh kun ichida ichki ishlar organiga ro‘yxatga qo‘yishlari va uni saqlash huquqini olishlari kerak.
Qurolni saqlash huquqi ruxsatnomasini uch yil muddatga ta’lim muassasasi
direktori ning nomiga beriladi.
Ta’lim muassasasi direktorii hamda ta’lim muassasasi yoki korxonaning nomi, manzili o‘zgarsa ruxsatnoma ichki ishlar organiga besh kun ichida qayta rasmiylashtirish uchun beriladi. Ta’lim muassasalari va o‘quv punktlariga o‘quv qurolini MIB va MK « Vatanparvar» tashkilotiga tashib keltirilishi ta’lim muassasalarining kuch va vositalari yordamida amalga oshiriladi. Olib kelishda qurol-aslahalar va kichik kalibrli miltiqlar albatta g‘iloflangan, o‘qdorilar esa sandiqlarga solinib muhrlangan bo‘lishi shart.
Olib kelinadigan qurol-aslahalar, kichik kalibrli miltiqlar va o‘q-dorilarni yo‘l davomida qo‘riqlash va kuzatib borish uchun ikki kishidan kam bo‘lmagan qo‘riqchi ajratiladi.
YOCHQBT bo‘yicha adabiyotlar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlanishi ta’lim muassasasi tassarufida bo‘lgan vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar va tashkilotlar hisobidan ta’minlanadi (ro‘yxat, 7-ilova YOCHQBT dasturi 2005 y. 64-betga qarang).
Fuqaro mudofaasi bo‘yicha talabalarni tayyorlash uchun o‘quv materiallari bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ko‘rsatmasiga asosan fuqaro muhofazasining tegishli bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.(5-ilova, YOCHQBT dasturi 2005 y. 62-b. qarang). Tibbiy bilim asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun buyumlar ta’minoti
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mablag‘i hisobiga sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ta’minlanadi. (6-ilova, YOCHQBT dasturi 2005 y. 63-betga qarang) YOCHQBT bo‘yicha darsliklar,o‘quv ko‘rgazmali qurollar va pnevmatik miltiqlar va ularning o‘qlari ta’lim muassasasi mablag‘i hisobidan ham buyurtma asosida sotib olinishi mumkin.
Oldindagi har qanday masalani hal qilishda eng avvalo hoxish va istakning bo‘lishi, qolaversa har bir harbiy rahbar(CHQBTO‘)ning o‘z xuquq va majburiyatlarini yaxshi bilishi va uni ijrosiga bo‘lgan iltinishi juda muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha O‘MB juda ko‘p elementlarni o‘z ichiga oladi.Ular tashqi muhitda ham va o‘quv binolarining ichida ham joylashgan bo‘lib doimiy ravishda nazorat qilishni talab etadi.
(variant)
Toshkent shahar YAshnobod tumani
Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘iga Buyurtma
Sizdan, yoshlarni chaqiruvgv qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv jarayonni ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Aviasozlar kasb-xunar koolejini quyida ko‘rsatilgan o‘quv qurol-aslahalar, va 2005 yilgi YOCHQBT o‘quv dasturining 4-ilovasidagi ro‘yxatga muvofiq quyida ko‘rsatilgan buyumlar bilan ta’minlashingizni so‘rayman: I. 74-Kalashnikov avtomati – 1 ta.
- II. O‘quv mashg‘uloti uchun 45 mm o‘q – dorilar – 30 ta.
III.Priborlar va boshqa buyumlar:
- Kattalar uchun protivogazlar – 50 dona
- R-2 respiratorlari dona – 25 dona
- Filtrlovchi himoya kiyimi to‘plam – 1 komplekt
- L-1 rusumli engil himoya kostyumi to‘plam -1 komplekt va Tokent shahar Aviasozlar kasb-xuna kolleji direktori Q. Oxunov
Muallif: Xasanov M