Tana tuzilishi va konstruksiya to`g`risida ma`lumot.

Tana tuzilishi va konstruksiya to`g`risida ma`lumot.

Tana tuzilishi va konstruksiya to`g`risida ma`lumot.

Inson hayoti davomida nasliy va keyinchalik orttirilgan morfologik va funksional xususiyatlar konstitutsiya deyiladi. Konstitutsiya tana tuzilishining muayyan shakllarida o’z ifodasini topadi.

Jussa tana tuzilish belgilari majmuyi bo’lib, u tananing bir qator tashqi belgilar birikmalari, birinchi navbatda mushaklar rivojlanishi va hosil bo’lgan yog’ qatlami bilan aniqlanadi. Bu belgilar-ning o’zgaruvchanligi boshqa belgilar o’zgarishiga olib keladi, xusu-san, qorin, orqa va ko’krak qafasining shakliga bevosita ta’sir etadi.

Tana tuzilishini aniqlovchi asosiy belgilar. Tana tuzilishini bir qator belgilarning birligida, ayniqsa, mushaklarning rivojlani-shi va badanda yog’ qatlamining to’planishi darajalarida aniqlanadi. Bu belgilarning turli darajada rivojlanishi organizmning biokimyoviy xususiyatlariga, moddalar almashinuvi — meta-bolizmga, irsiy omillarga va tashqi muhit ta’siriga bogiiq bo’ladi.

Morfologiyada tana bichimini aniqlovchi belgilar qatoriga ko’krak qafasining shakli, qorin va orqa bo’lak shakllari ham kiradi. Bu belgilarning quyidagi variantlari farqlanadi.

Mushaklarning rivojlanish darajasi. Antropologiya va tib-biyotda mushaklarning rivojlanish darajasini tananing beshta sohasida — yelka kamarida, ko’krakda, orqa, oyoq va qo’llarda aniqlanadi. Bu qismlarning har birida mushaklarning rivojlanish darajasi kuchsiz, o’rtacha, kuchli va ikkita oraliq tur (o’rtacha kuchsiz va o’rtacha kuchli)larga boiinadi.

Yog’ to’planishining rivojlanish darajasi. Teri osti yog’ qava-tining rivojlanganlik darajasi tananing yettita sohasida — qo’lning tirsakdan yelkagacha bo’lgan qismining ichki tomonida, bilakda, sonda, boldirda, kurak ostida, ko’krakda (o’ninchi qovurg’a sathida), qorinda (kindik nuqtasi sathida) aniqlanadi. Yog’ qatlamining rivojlanish darajasi kuchsiz, o’rtacha va kuchli bo’lishi mumkin.

Agar suyak relyefi yelka kamarida (kurak, o’mrov suyaklarida hamda bilakuzuk birikmalari relyefida, tizzada va tovonda aniq ko’rinsa, bu kuchsiz yog’ qatlami hisoblanadi.

O’rtacha yog’ qatlamida suyak relyefi aniq ko’rinmaydi. Kuchli yog’ qatlamida yelka kamari suyak relyefi va qo’l-oyoq birikmalari silliqlangan hamda tananing hamma konturlari yumaloqlashgan bo’ladi.

Ayollarda teri osti yog’ qatlamining yo’g’onligi erkaklarnikiga qaraganda 2 marta ko’p, ya’ni ayollarda 24 mm, erkaklarda 12 mm bo’ladi. Yog’ qatlamining taqsimlanishi va rivojlanishi odamlar yoshiga, jinsiga va hayot tarziga bog’liq bo’ladi. Katta yoshli odamlarda o’rtacha yog’ qatlamining qiymati 3 kg dan 24—29 kg gacha o’zgaradi. Ayollar yog’ qatlamlari asosan ko’krak atrofida, sonning yuqori qismlarida, dumbada va yelkalarda joylashadi. Erkaklarda esa yog’ qatlami odatda qorin tepasida, uning ustki qismida to’planadi. Kiyimni loyihalash jarayonida bu yog’ qatlamlarining joylashishi hisobiga gavda shakli o’zgarishla-rini e’tiborga olish kerak.

Yog’ qatlami va mushaklarning o’zgarishi tana bichimining o’zgarishiga olib keladi, ya’ni ko’krak qafasi, qorin sohasi, gavdaning orqaoldi shakllarining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, yog’ qatlamining ko’payib ketishi natijasida ko’krak qismi konus shaklini oladi, qorin qismi yumaloqlashib, yumaloq do’ppayib turgan shaklni hosil qiladi. Yog’ qatlami va mushaklarning kuchsiz rivojlanganligi hisobiga ko’krak qismi zichlashib qoladi, qorin qismi ichiga kirib ketgan yuzani hosil qiladi.

Ko ‘krak sohasining shakli. Ko’krak sohasining shakli asosan ko’krak qafasining shakli bilan ifodalanadi. Yassi, silindrik va konussimon shaklli ko’krak qafaslari farqlanadi.

Yassi ko’krak qafasi uzunasiga cho’zilgan va yon tomondan bosilgan bo’lib, sagittal yo’nalishda qovurg’alar bir oz tushgan, «to’sh osti» burchagi o’tkir bo’ladi.

Silindrik ko’krak qafasi silindr shakliga ega bo’lib, qovurg’alar biroz o’rtacha qiyalikda joylashadi. «To’sh osti» burchagi to’g’ri burchakka yaqin bo’ladi.

Konussimon ko’krak qafasi kesik konus shaklida bo’lib, asosi pastga qaragan, qovurg’alar o’rtacha qiyalikda va «to’sh osti» burchagi to’g’ri burchakdan katta bo’ladi.

Qorin shakllari. Uch xil qorin shakllari — ichiga tortilgan, tekis, yumaloqdo’ppaygan shakllar farqlanadi.

Orqa (andom) shakllari. Orqaning shakllari: normal (umurtqa pog’onasining hamma qismlari o’rtacha egriliklarda), buk-chaygan (ko’krak kifozining ortganligi) va to’g’ri (umurtqa pog’onasining hamma qismlarida tekis egriliklarda) bo’lishi bilan farqlanadi.

Bu sanab o’tilgan belgilar ko’z bilan chamalab aniqlanadi. Bu belgilarning turli birikmalari odam tanasining har xil shak-lini hosil qiladi. Bunga mos ravishda turli tana bichimlari farqlanadi.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba