Munadarija
Tankka qarshi minalar, ularning taktik-texnik ko’rsatkichlari, umumiy tuzilishi va ishlash tamoyillari.
Ishlash prinsipi. Tankning g‘ildiragi minani bosganda uning qopqog‘i eziladi va portlagich bilan birgalikda oraliq detonatorga tarqalguncha pastga tushadi. Qopqoq yanada ezilganda portlatgichning korpusi to‘xtaydi, zarba beruvchi mexanizm esa pastlashda davom etadi. Bunda cheka kesib tashlanadi, so‘ngra ozod bo‘lgan zarbdor prujinani harakati ostida zapalni yondiradi va minani portlatadi.Tankka qarshi minalar zaryadning fugas ta’siri va kumulyativ yoy bilan talofat etkazadi.
Minalarning taktik-texnik tavsifi. 1-jadval.
Minalar | Umumiy og‘irligi kg | Zaryad massasi kg | Diametri mm | Balandligi mm | Ishga tushish uchun zarur kuch,kgs |
Tankka qarshi minalar | |||||
TM-57 | 9 | 6,5 | 320 | 110 | 200-500 |
TM-62M | 9,5-10 | 7 | 320 | 330 | 150-600 |
TM-72 | 6 | 2,5 | 250 | 129 | 150-500 |
TM-62B | 8,6 | 8,2 | 315 | 128 | 200-500 |
Ushbu minalar tanklar va boshqa jangovar texnikalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Ular zanjirga qarshi minalar (bevosita tank uni bosganda portlaydi) va tubga qarshi (tankning soyasi tushganda maxsus portlatgich ishlab ketganda portlaydi) minalarga bo‘linadi. Tankka qarshi mina birinchi bo‘lib rus harbiy-muxandisi D. M. Karbishev tomonidan 1934 yilda ixtiro qilingan.Minalarni o‘rnatish
Tankka qarshi va piyodalarga qarshi minalar tanklar va piyodalar yuradigan yo‘llarga o‘rnatiladi. Mudofaada ular old tomonga, ayniqsa qanotlarni va oraliqlarni himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Hujumda esa raqibning qayta hujumini qaytarish marrasi oldiga o‘rnatiladi.
Tankka qarshi minalar joylarda qo‘l bilan, mina o‘rnatuvchi mashinalar va maxsus jihozlangan vertolyotlar yordamida o‘rnatiladi, piyodalarga qarshi minalar faqat qo‘l bilan o‘rnatiladi.
Minani o‘rnatish uchun uning o‘lchamiga mos chuqurcha kovlanadi, bunda shuni esda tutish kerakki mina chuqurga qo‘yilganda tuproq yuzasidan salgina ko‘tarilib turishi kerak.
So‘ngra unga portlatgich burab qotiriladi, portlatgich jangovar holatga keltiriladi (saqlovchi cheka sug‘urib olinadi) va va mina niqoblar. Tankka qarshi minalar 5-8 sm tuproq bilan, piyodalarga qarshi minalar 1-2sm qalinlikdagi tuproq bilan, niqoblanadi. Piyodalarga qarshi minalar qaytarib zararsizlantirib olinmaydi, balki joyida portlatib yoki boshqacha yo‘l bilan yo‘q qilinadi.
YAshirin (niqoblanib) o‘rnatilgan minalarning belgilari va ularni topish yo‘l-yo‘riqlari.
Joyning maolum bir qismida o‘rnatilgan minalar minali maydon hosil qiladi. Tankka qarshi minalashtirilgan, piyodalarga qarshi minalashtirilgan va aralash minalashtirilgan maydonlar bo‘ladi.
Mina niqobini buzuvchi belgilarga mina ustida do‘mning borligi, ular o‘rnatilganda yig‘ishtirilmagan tuproq, qishda toptalgan qor, tuproqning cho‘kib turishi, minalashtirishda unutilib qolib ketgan anjomlar kiradi.
Muallif: Xasanov M