Tematik kecha va uchrashuvlarni tashkillash va o’tkazishda ChQBT rahbarining vazifalari.

Tematik kecha va uchrashuvlarni tashkillash va o’tkazishda ChQBT rahbarining vazifalari. 

Tematik kecha va uchrashuvlarni tashkillash va o'tkazishda ChQBT rahbarining vazifalari.

uchrashuvlarni o’tkazishda  rahbarining vazifalari  O‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy shakllari:

                     ma’ruza, suhbat;

                     ijtimoiy siyosiy o‘qishlar;

                     savol javob kechalari;

                     urush va mehnat faxriylari, hamda taniqli insonlar bilan turli xil kechalar o‘tkazish; 

                     jangovar va mehnat shuhrati joylariga safarlar uyushtirish;

                     mudofaa ommaviy ishlari bo‘yicha haftalik hamda oyliklar o‘tkazish; — xotira vaxtalari (navbatchi posbonlar);

                     «Vatanparvar» va «Temurbeklar» harbiy sport o‘yinlarini uyushtirish;

                     harbiy vatanparvarlik mavzularida kinofilm, spektakllar tomosha qilish va ularni muhokama qilish;

                     urush qahramonlari yodgorliklari, jangovar shuhrat muzeylari, xonalari va burchaklarini ziyorat qilish;

                     bag‘ishlov kechalarini o‘tkazish; — kitobxonlik anjumanlari.

 

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi mavzusidagi mashg‘ulot mazmunini o‘zlashtirish tinglovchilarning guruhiy xususiyatlariga bog‘liqdir. Ularni o‘zlashtirilishida «CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining metodik mahorati, yoshlar bilan ishlashda ish usulini namunaviy tarzda tanlashi katta ahamiyatga egadir.

 

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasida u yoki bu tarbiya usulidan foydalanishini rejalashtirishidan avval tinglochilarning yoshiga, ma’lumotiga mehnat faoliyati turi va boshqalarga asoslangan holda o‘rganib chiqishlishi kerak. Bu xususiyatlarni e’tiborga olmay turib, samarali targ‘ibotga erishib bo‘lmaydi.

«Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi doimiy ravishda o‘z bilimi va tarbiya mahorati ustida ishlashi zurur. Har bir tadbirning o‘tkazilishiga, hatto buni ko‘p bor o‘tkazgan bo‘lsada puxta tayyorlanishi shart.  Ushbu va avvalgi ma’ruzalarimizda «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha targ‘ibot metodlarining turli shakllarini ko‘rib chiqdik. Endi «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining Qurolli Kuchlar, mehnat faxriylari va zahiradagi jangchilar bilan kecha va uchrashuvlar tashkil etish va o‘tkazishdagi o‘rnini ko‘rib chiqamiz.

 

O‘quvchilarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tizimida muhim o‘rinish bag‘ishlov kechalari egallaydi. Ular bo‘lajak O‘zbekiston Republikasi himoyachilarining harbiy vatanparvarlik tarbiyasida, o‘quvchilarni dam olish kechalari qatorida ularga g‘oyaviy — emotsional hamda ma’naviy ta’sir etishning ma’lum imkoniyatidir. Ularni o‘tkazish anchagina murakkab bo‘lib, oldindan tashkiliy metodik tomondan ssenariy ishlab chiqishni talab etadi.uchrashuvlarni o’tkazishda  rahbarining vazifalari  

 

Unda harbiy vatanparvarlik tarbiyasini berishda samarali vositalar, vatan himoyasi uchun, dunyoda tinchlikni asrashda yoshlarni himoyachi etib tayyorlash muammolarini o‘z mazmuniga kiritishi shart. Bunday kechalarining tub zaminida, ya’ni faoliyatida o‘quvchilarning shaxsiy hislatlariga harbiy vatanparvarlik hissini singdirish yotadi. Turli xil shu kabi kechalarning asosiy xususiyati ularning hujjatli, badiiyligi, obrazliligi, ommaviyligi, aniq ifodalangan syujetlarning ko‘pligi, qat’iy ssenariyga asoslanganligi, yoshlarning hayotiy tajribaga tayanligi, ularni vatan himoyasi, urush va tinchlik muammolariga bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadi. Ularning o‘tkazilishida yoshlar uchun qiziqarli badiiy estetik vositalar, ya’ni zamonaviy shoirlar she’rlarini o‘qish, shuningdek ikkinchi Jahon urushidan qaytmagan shoirlar ijodi yoshlar uchun ommaviy bo‘lgan qo‘shiqlar, yoshlar o‘ratsida harbiy vatanparvarlik mavzusidagi she’rxonlik, qo‘shiq tanlovlarini o‘tkazish, kinofilmlardan parchalar namoyish etish, hamda ularni muhokama qilish, adabiy asarlar, tasviriy san’at va boshqalarni tomosha qilish yoshlar ongini yanada rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday kechalarda urush faxriylarining, ofitserlar va generallar, zahira va rezerdagi harbiy xizmatchilarning ishtiroki va so‘zga chiqishlariga ham katta ahamiyat beriladi. Ular bilan uchrashuvlar yoshlarga bizning tarixiy an’analarimizni va jangovar qahramonliklarni bilishga yordam beradi. Bu bo‘lajak Vatan himoyachilarini tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir. 

Mana shu qudratli qurol orqali xalqimiz mustaqillik va o‘z erki uchun kurashlarda qahramonlik ko‘rsatgan. Shunday kechalarda o‘tmish qahramonlarimiz to‘g‘risida so‘z borishi juda o‘rinlidir. Ularning namunaviy qahramonliklari tinch hayotimizni ta’minlashda tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuning uchun uchrashuv va kechalarga ishlab chiqarish ilg‘orlari, jangovar va ijtimoiy — siyosiy tayyorgarlik a’lochilari, o‘quv yurtlari bitiruvchilari va harbiy xizmatni muvaffaqiyatli o‘tayotganlarni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Kecha va uchrashuvlarni mashhur sanalarga, Vatanimaz tarixidagi qahramonona voqealarga, Qurolli Kuchlar, O‘zbekiston xalqlari an’analari, urush va mehnat faxriylariga, hamda butun dunyodagi tinchlik muammolariga bag‘ishlanishi katta ahamiyatga ega. Kecha mavzulari har tomonlama va erkin ifodalangan bo‘lishi shart. Masalan, «Ikkinchi Jahon urushida O‘zbekistonliklarning qahramonlaklari»,  «Ikkinchi Jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan hissasi», «O‘zbek xalqining tinch mehnatiga — ishonchli himoya», «Hoziri zamon sharoitida harbiy xizmatning xususiyatlari», «Unutma, bir vaqtlar yigitlar jangga ketgandilar», «Mening yaxshi yashashim uchun jangda qurbon bo‘lganlar haqida» va boshqalar. 

O‘quvchilarni Vatan mudofaasi uchun ma’naviy rivojlanishiga katta samarali ta’sir ko‘rsatuvchi kechalar odatda bir o‘quv yiliga mo‘ljallab rejalashtiriladi.

 

Bunday kechalarning soni, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalari ko‘rib chiqiladigan muammolar hajmi va xususiyatiga ko‘ra aniqlanadi. Qoidaga asosan har xil kechalar mo‘ljallanib oyiga bir — ikki marta ko‘p holda bitta auditoriya  uchun o‘tkaziladi. Kechalarga tayyorgarlik jiddiy va puxta bo‘lish shart, barcha tashkiliy masalalarni avvaldan hal etish muhimdir. Kechaning qaerda o‘tkazilishi, qatnashchilarning tarkibi oldindan belgilanishi shart. Tayyorgarlik rejasiga asosan «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi kecha o‘tkaziladigan zal va sahnaning bezatilishi, kecha mavzusiga asosan taklif etiladigan mehmonlar, mavzu bo‘yicha so‘zga chiquvchilar, taklifnomalarning tayyorlanishi, kechada orkestr ishtirokining ta’minlanishi, badiiy, hujjatli filmlardan parchalarning tayyorlaninshi uchun to‘liq mas’ul shaxs hisoblanadi. Shuningdek, kechaning ssenariysini to‘zish va uning tarkibidagi chiqishlar orasidagi vaqtning hisobga olinishi kechani olib boruvchining faoliyati so‘zga chiquvchilarining ro‘yxatini ssenariy asosida to‘zishni talab etiladi. «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi kechani tayyorlashda guruhlarning tashabbuskorligiga asoslanadi. Tashabbuskor guruh kechani tayyorlash va o‘tkazishga yordam beradi. Guruh a’zolaridan biri o‘rtada boshlovchi etib tayinlanadi. U yuqori madaniyatli, bilimdon, ziyrak, urush va armiya nazariyasi bilimiga, Vatan himoyasi haqida barcha ma’lumotlarga, o‘rtada o‘tkir savol — javoblarni qo‘llay oladigan;  notiqlik san’atiga ega istedod sohibi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. U tinglovchilarning qiziqishi va kayfiyatini saqlab turadigan, kutilmagan jimlikni ko‘tara oladigan, turli xil ko‘rsatma materiallaridan savodxonlik bilan foydalana oladigan, barcha harakat va faoliyatlarni mantiqiy umumlashtira oladigan, kechaning yaxlitligini ta’minlay oladigan, so‘zga chiquvchilarni avvaldan ko‘ra bilishi, mavzu ifodasi vositasi sifatida ko‘rsatma va badiiy vositalardan ustalik bilan foydalana bilishi zarurdir. Zalning dekorativ, badiiy bezatilishi va kecha emblemasi ham kechaga yorqinlik beradi va o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Badiiy havaskorlik, adabiy musiqiy chiqishlar, fono yozuvlar, diapozitiv, diafilm, gramplastinka, magnitofon yozuvlari, zarur kinofilm va boshqalarni avvaldan tayyorlab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Kechani samarali bo‘lishi undagi qatnashuvchi va tinglovchilarga bog‘liqdir. Tinglovchilarning faolligini oshirish qatnashchilar bilan muammoli vaziyatlarning yaratilishi, dialoglar tinglovchilarning emotsional kayfiyatini ko‘taradi, shuningdek, harbiy marosimlarning, bir daqiqalik sukut va boshqalarning qo‘llanishi tarbiyaviy ta’sir qiladi.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba