Terida yara paydo qilish ta’siriga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar.

Terida yara paydo qilish ta'siriga ega bo'lgan zaharlovchi moddalar.

Terida yara paydo qilish ta’siriga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar.

Terida yara paydo qilish ta’siriga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalarga iprit, azotli iprit

va lyuizit kiradi. Hozirgi vaqtda     chet El armiya ko‘shinlarida iprit tabeli qurol sifatida qabul     qilingan     va agar kimyoviy urush boshlansa uni qo‘llash    lari mumkin. Azotli iprit va lyuizit esa tabelga kiritilmagan zaharlovchi moddalar guruhiga kiradi.

Iprit ham huddi fosfororganik moddlalar kabi nafas yo‘llari, me’da-ichak, teri, shilliq pardalar hamda yarali yuzalar orqali organizmga tushib og‘ir zaharlanishlarga sabab bo‘ladi. Ipritning terida yara paydo qilish ta’siriga ega bo‘lgan zaharli moddalar guruhiga dahldor ekanligi uning terida pufaklar paydo qilib, teri qavatlarini shikastlanishiga bog‘liq. Bundan tashqari, u organizmga umumiy ta’sir (rezorbtiv) ko‘rsatish qobiliyatiga ega. SHuning uchun bu turdagi zaharlovchi moddalarni rezorbtiv ta’sirga ega bo‘lgan moddalar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.

Fizik va kimyoviy xossalari

 

Iprit – dixloridetilsulfid, oltingugurt tutuvchi modda bo‘lib hisoblanadi.

Kimyoviy toza iprit moysimon rangsiz suyuqlik bo‘lib, bilinar-bilinmas hidi bor, tozalanmagan texnik iprit esa qoramtir-ko‘ng‘ir rangli, sarimsoq yoki hantal hidli moysimon suyuqliklir. Qaynash harorati-2170-2190S ni tashkil etadi, shuning uchun juda sekinlik bilan bug‘lanadi va turg‘un zaharlovchi moddalar qatoriga kiradi. Toza ipritning muzlash harorati 13,9-14,40S, texnik ipritniki esa 4-120S ni tashkil etadi. Havoga nisbatan bug‘larining zichligi

5,5, uchuvchanligi 200S da 0,9 mgg‘m3 ga to‘g‘ri keladi. Suvdan 1,3 barobar og‘ir, eruvchanligi 100S da 0,07% ni tashkil etadi. Organik erituvchilar-spirt, atseton, xloroform, benzol, efir, toluol va boshqalarda yaxshi eriydi. SHuningdek, ba’zi zaharli moddalarda eriydi va ularni eritish xususiyatiga ega.

Azotli iprit –(trixlortrietilamin) tuzilishi, organizmga ta’siri ipritga o‘xshash zaharli moddadir. U ipritga karaganda turg‘unrok o‘izik va kimyoviy xossalari jihatidan kam fark qiladi, faol xlor saklovchi moddalar bilan degazatsiya kilinadi.

Zaharli dozalari. Iprit organizmga nafas yo‘llari, hazm yo‘li, teri shilliq pardalari hamda kuygan, jarohatlangan yuzalar orqali tushib zaharlanishga olib keladi. Kishi organizmiga kirganda hech qanday yomon his-tuyg‘u tug‘dirmaydi, zararlanish sekin-asta rivojlanadi, yashirin davrning davom etishi bir soatdan to bir necha sutkagacha cho‘zilishi mumkin.

Iprit suyuq tomchi holida 0,1 mg/kg konsentratsiyadagi iprit o‘limga sabab bo‘ladi.

 

5-j a d v a l

Iprit bug‘larining odamga ta’siri (Flyuri va Sernik bo‘yicha)

 

Konsentratsiyasi mgg‘l Ekspozitsiyasi Ta’siri
0,0005 10-25 daqiqa Ko‘zga, teriga engil qichishtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
0,001 1-2 soat Jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi
0,001 8-10 soat Safdan chiqarish mumkin
0,0065 1 soat O‘pkaning jiddiy shikastlanishi kuzatiladi
0,07 30 daqiqa O‘limga olib keladi

 

Ipritdan umumiy zaharlanganlarga davolash

Ipritdan og‘ir zararlanganda u organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda markaziy nerv sistemasida va boshqa a’zolar faoliyatida o‘zgarishlar kelib chiqadi. Nafas markazining faoliyati susayganda teri ostiga 1 ml kordiamin eritmasi yoki 0,5% li bimegridning 10 ml eritmasi venaga yuboriladi. Kordiamin teri ostiga yuborilganda nafas markazini qo‘zg‘atadi va shu bilan birga yurak-qon tomir sistemasi faoliyatini yaxshilaydi.

O‘tkir yurak-tomir etishmovchiligida venaga 0,06% li korglikolnning 0,5-1 ml eritmasi

20 ml 20-40% li glyukoza eritmasi bilan birga yuboriladi. Keyinchalik venaga tomchilab (daqiqasiga 20-40 tomchi) 5 ml 1% li noradrenalin eritmasi 500 ml izotonik eritma bilan birga yoki shuncha mikdor 5% li glyukoza eritmasida yuboriladi. Agar dori yuborilayotganda arterial bosim ko‘tarilmasa dori yuborish tezligini daqiqasiga 50-70 tomchigacha oshirish mumkin. Teri ostiga 1 ml 20% li kamforaning yog‘li eritmasi yoki 1 ml 20% li kofein eritmasi yuboriladi, kislorod hidlashga beriladi.

Birinchi tibbiy yordam (o‘ziga, o‘zaro bir-biriga, sanitarlar, sanitar instruktorlar tarafidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam):

  • Protivogaz kiyish. Agar zaharlovchi modda yuzga tushgan bo‘lsa zararlanganlarning yuz qismiga ximiyaga qarshi individual paket (IPP-8, IPP-10) bilan ishlov beriladi, ko‘zga

tushganda esa suvdondagi suv bilan yuviladi, so‘ngra protivogaz kiyiladi;

  • . Ximiyaga qarshi individual paketlar (IPP-8, IPP-10) yordamida qisman sanitariya

ishlovi o‘tkaziladi;

  • Og‘iz orqali zaharlanganda zararlanmagan joylarda «zondsiz» usul bilan me’da yuviladi. Buning uchun zararlangan odamga 3-4 stakan suv ichirilib, barmoqlar bilan til ildizini ta’sirlantirib qayt qildiriladi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba