Trafaret shtampni tayyorlash usuli.

Оглавление/Munadarija

Trafaret‚ shtampni tayyorlash usuli.

Trafaret  shtampni tayyorlash usuli.

Bosib tasvir tushirishning eng oddiy usuli kartoshka shtampi bilan bosishdir. Bu usulda murakkab bo‘lmagan naqsh kompozitsiyalarini yozuvlarini tushirish mumkin.

Shtamp tayyorlash uchun yirikroq kartoshka tanlanadi. Kartoshkani ikkiga bo‘lib, qalam bilan oddiy konturli rasm tushiriladi va uchli pichoq yordamida kartoshka rasm konturi bo‘yicha 0,5 sm chuqurlikda o‘yiladi. So‘ngra kartoshkaning yon tomonlari o‘yilgan konturgacha ohicta qirqiladi va keraksiz qism olib tashlanadi, natijada bo‘rtib chiqqan joyga bo‘yoq surib, muayyan narsa qog‘ozga tushiriladi.

Trafaret tayyorlash uchun kerakli shakl namunadan nusxa qog‘oz yordamida qalin qog‘ozga tushiriladi yoki qo‘l bilan chiziladi. Tushirilgan shaklning detallar uchi kichik qaychi yoki qalamtarosh bilan qirqib olinadi. Trafaret tayyor bo‘lganda ikkala tasvirni saqlash lozim, chunki undan keyinchalik to‘g‘ri va teskari iz olish mumkin.Trafaret‚ shtampni tayyorlash usuli.

Grafit kukuni yordamida trafaretdan shaklni qog‘ozga tushirish uchun 3-4 dan 6m gacha bo‘lgan yumshoq qalam qalin qog‘ozning ma’lum qismiga quyuq qilib suriladi. Shundan so‘ng qalam surilgan joy paxta bilan artiladi, natijada grafit kukun paxtaga o‘tadi. Bu paxta toza qog‘ozga qo‘yilgan trafaret uctidan ohicta yurgiziladi. Natijada qog‘ozda trafaretdagi shaklning izi qoladi. Bu to‘g‘ri tasvirdir. Buning teskarisi ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun trafaretni tayyorlash vaqtida qirqib olingan qismlar qog‘ozning uctiga qo‘yilib, chap qo‘l bilan bosib turiladi, o‘ng qo‘l bilan esa grafit kukunli tampon o‘rtasidan chetiga qarab suriladi. Natijada atrofi qora bo‘lgan oq tasvirga ega bo‘linadi.

Trafaretda turli rangni bosish. Bu holda ranglarning qancha bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lsa, shuncha miqdorda bir hil varaqlar olinadi. Hamma qog‘oz orasiga nusxa — qog‘oz qo‘yib chiqiladi. Eng uctidagisiga asl ayni bir rasmning bir hildagi nusxalariga ega bo‘linadi. Har bir qog‘ozga qaysi rang berilishini yozib, rasmning shu rang beriladigan qismi qirqib olinadi. So‘ngra trafaretni navbati bilan qog‘ozning uctiga qo‘yib unga tegishli bo‘yoq beriladi. Trafaretni qo‘yishdan oldin berilgan bo‘yoqning quriganligiga ishonch hosil qilinishi kerak.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining kata va tayyorlov guruhlarida ko‘ngil ochar soatlarini mazmunli o‘tkazishuchun shablon yordamidaertak qahramonlarini tayyorlanadi.

«Origami»  so‘zining kelib chiqishi yapon tiliga mansub bo‘lib, ikki ibora “ori” – buklangan va “gami” – qog‘oz degan ma’nolarni anglatadi. Origami deyilganda odatda to‘rtburchakli qog‘ozlarni buklab turli buyum va o‘yinchoqlarni yasash tushuniladi.

Origami san’at sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib‚ bu san’at Yevropa mamlakatlariga ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Har qanday buyumlarni yasashning izchil tizimiga ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi. Zero, rasmlarga qarab qog‘oz buklamlaridan turli buyum o‘yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchilarining ham tasavvur doirasini kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi shubhasizdir. Bugungi kunga kelib origami alohida amaliy san’at turi sifatida butun dunyoda keng ommalashgan.

«To‘tiqush» ni origami usulida yasash.

  1. Kvadrat shaklida qog‘oz olamiz.
  2. Dioganaliga buklaymiz.
  3. Buklangan joydan burma hosil qilamiz.
  4. Burma bo‘ylab 2 uchi birlashtiriladi.
  5. Buklangan qog‘ozning har bir uchi orqaga qaytariladi.
  6. Qaytarilganda avvalgi dioganalidan oshib ketmasligi kerak.
  7. Bosh barmoq orasiga kirgizib ko‘rsatkich barmoq bilan buklanadi va uning bosh qismi tayyorlanadi.

Qushchaning  umumiy shakli tayyor bo‘ldi, shu  shakldan o‘zingiz xoxlagan qushchangizni yasashingiz mumkin. Shakldagi bo‘yalgan joylar qirqilsa, to‘tiqush dumi, tumshug‘idan qaychida ozgina  chimdib, ichki tomonga mayda burmachalar  hosil qilinib, ko‘zi chizib qo‘yiladi. To‘tiqush tayyor.

«Do‘ppi» ni origami usulida yasash.

Kvadrat shaklidagi katta-kichikligi ihtiyoriy qog‘ozni olib‚ diagonal bo‘yicha uning markazini aniqlaymiz. So‘ngra teng ikkiga buklaymiz, qolgan burchagining biri olinib, markaz tomoni bo‘yicha buklanadi, orqa tomoni ham xuddi shunday buklanadi. Buklangan tomoni ichki tomonga qarata buklanib, boshqa burchagini 1 sm qayirib olinadi, pastki qog‘ozning burchaklari qayirib, buklanib chiqiladi va chetidagi burchakka kirgizib qo‘yiladi. Orqa tomoni ham xuddi shunday bajariladi. Manna‚ do‘ppimiz tayyor, endi uni bezatishimiz kerak. Ingichka mo‘yqalamni olib, oq rangga botiramiz, do‘ppining to‘rt tomoniga garmdori shakli chiziladi. Do‘ppilarning gulidagi garmdori shaklining tasvirlanishi bolalar chidamli, qo‘rqmas, matonatli, sabrli bo‘lishi kabi ma’noni anglatadi. Qizlarimiz do‘ppilarni turli ranglardan foydalanib, har — xil gullar bilan bezatib chiqadilar. Bu esa qizlarning doimo guldek ochilib, chiroyli bo‘lib yurishlarini ifodalaydi  hamda bir yo‘la ularning boshlarini oftob issig‘idan asraydi. Buvijonlarimizning aytishlaricha, bosh kiyimni juda ehtiyot qilish kerak. Eskirganda ham tashlab yubormay, undan yana ro‘zg‘orda yordamchi buyum sifatida foydalanish mumkin. Qizlarimizning do‘ppilariga gulni mana bunday chizamiz, gul o‘rtasiga sariq rangli nuqta quyib, atrofiga qizil rangda gul yaproqlarini chizamiz. Agar uyingizda do‘ppingiz bo‘lsa, unga qarab gulni chizsangiz ham bo‘ladi. Har xil rangdan foydalanayotganda mo‘yqalamni yaxshilab yuvib, salfetkada artib olishni unutmang. Quyida «Origami»‚ya’ni qog‘ozni buklash orqali do‘ppi‚ baliq‚ to‘tiqush‚ jirafa yasashni bosqichma-bosqich ko‘rsatib o‘tamiz.Trafaret‚ shtampni tayyorlash usuli.

Muallif:  Xasanova Sh.T.

mavzular

manba