Trevoga e’lon qilinganda, yong’in chiqqanda, to’g’ridan-to’g’ri boshliqlar kelgan paytda, boshqa vzvoddan harbiy xizmatchilar kelgan paytda, vzvod komandiri navbatchilikdagi posbonni chaqirgan paytda, posbonning hatti harakatlari.

Trevoga e'lon qilinganda, yong'in chiqqanda, to'g'ridan-to'g'ri boshliqlar kelgan paytda, boshqa vzvoddan harbiy xizmatchilar kelgan paytda, vzvod komandiri navbatchilikdagi posbonni chaqirgan paytda, posbonning hatti harakatlari.

Trevoga e’lon qilinganda, yong’in chiqqanda, to’g’ridan-to’g’ri boshliqlar kelgan paytda, boshqa vzvoddan harbiy xizmatchilar kelgan paytda, vzvod komandiri navbatchilikdagi posbonni chaqirgan paytda, posbonning hatti harakatlari.

Posbonning hatti harakatlari  Vzvod bo‘yicha posbon askarlardan tayinlanadi. U uning qo‘l ostida bo‘lgan qurol, o‘q dorili qutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlarini saqlanishi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha posbon vzvod bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi.

Vzvod bo‘yicha navbatdagi posbon kazarma xonasi ichkarisiga kirish eshigi oldida, qurol saqlash xonasi yaqinida xizmatni o‘taydi.

U quyidagilarga majburdir:

  • vzvod navbatchisining ruxsatisiz hech qayoqqa ketmaslikka, qurol saqlash xonasini doimiy kuzatib turishga;
  • begona kishilarni xonaga o‘tkazmaslikka;
  • vzvoddagi barcha ko‘ngilsiz xodisalar, askarlar yoki serjantlar ortasida nizom qoidalar buzilishlari to‘g‘risida vzvod bo‘yicha navbatchiga zudlik bilan bildirishga;
  • shaxsiy tarkibni umumiy uyg‘otish paytida, trevoga paytida yoki yong‘in bo‘lganda tunda uyg‘otishga;
  • kun tartibiga muvofiq komandalarni o‘z vaqtida berishga;
  • xonalarda ozodalik va tartibni nazorat qilishlikka;
  • sovuq paytida harbiy xizmatchilarni xonadan kiyinmasdan chiqishlariga yo‘l qo‘ymaslikka;
  • harbiy xizmatchilar faqat ajratilgan joylarda poyafzal va kiyimlarini tozalashlariga ko‘z-quloq bo‘lib turishga;
  • vzvod komandiri va undan yuqori boshliqlar kelganda “ROSTLAN” komandasini berishga, vzvodning boshqa ofitserlari va boshqa harbiy xizmatchilari kelganda “VZVOD

BO‘YICHA NAVBATCHI ESHIKKA” komandasini berishga.

Navbatdagi posbonga o‘tirish, anjom aslahasini echish va kiyim tugmasini echish man etiladi. Ozod smena posboni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga majburdir. U vzvod bo‘yicha navbatchining o‘rnida qolganda uning majburiyatlarini bajarishga majburdir.posbonning hatti harakatlari

Navbatdagi posbonga o‘tirish, anjom aslahasini echish va kiyim tugmasini echish man etiladi. Ozod smena posboni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga majburdir. U vzvod bo‘yicha navbatchining o‘rnida qolganda uning majburiyatlarini bajarishga majburdir.

Navbatdagi posbon o‘z xizmat vazifalarini bajaradigan joy (post)da quyidagi jihozlar bo‘lishi kerak; vzvod bo‘yicha navbatchining xujjatlari bayon qilingan stend, yog‘och tumbochka, telefon, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari, o‘t o‘chirish vositalari.

Vzvod bo‘yicha navbatchi serjantlardan va istisno tarzida xammadan ko‘ra yaxshi tayyorlangan askarlar orasidan tayinlanadi. U vzvodda kun tartibining anik, bajarilishi va ichki tartibni saklash bo‘yicha boshqa qoidalariga rioya kilinishi uchun, qurollar, uk-dorili kutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy anjomlari saklanishi va posbonlar xizmatni to‘g‘ri utashi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha navbatchi brigada bo‘yicha navbatchiga va uning yordamchisiga, vzvoddagi ichki xizmat yusinida esa — vzvod komandiriga va vzvod starshinasiga bo‘ysunadi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba