Munadarija
Uch kunlik dala o‘quv mashg’ulot (yig‘in)larining maqsad va vazifalari, o‘tkazish joyi va o‘quv-moddiy bazasi.
O‘zbekiston Respublikasi YOCHQBT dasturida akademik litseylar, kasb – xunar ta’lim muassasasilari va o‘rta umumta’lim maktab internatlarida uch kun davomida dalao‘quv mashg‘ulotlar (yig‘inlar)ini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Dala-o‘quv mashg‘ulotlar (yig‘inlar)i ta’lim muassasalarida bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan o‘qitishining yakuniy bosqichda YOCHQBTdan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va yuqorida dastur bo‘limlarida ko‘rsatilgani bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun, YOCHQBT ga ajratilgan vaqt hisobidan uch kunliklik dala o‘quv mashg‘ulot (yig‘in)lari o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulot (yig‘in)lar quyidagicha o‘tkaziladi:
- umumta’lim maktablarida 11-sinf o‘quv bilan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida
3-kurs o‘quvchilari bilan mart va may oylarida;
- kasb-hunar kollejlarida 3-kurs o‘quvchilari bilan o‘qitishning oxirgi davrida o‘tkaziladi;
- tuman (shahar) hokimligining qarori bilan tashkil topgan o‘quv punktlaridagi o‘quvchi o‘g‘il bolalar bilan tuman (shahar) hokimligining rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.
Uch kunlik dala o‘quv mashg‘uloti (yig‘ini) – (DO‘M) quyidagi tartibda olib boriladi:
- bir vaqtning o‘zida barcha yoki bir nechta ta’lim muassasalari tuman (shahar) o‘quv punktlarining o‘quvchi bolalarini mudofaa sport sog‘lomlashtirish lagerlariga (MSSL) yoki
otaliqda bo‘lgan harbiy qismlarga yig‘ish yo‘li bilan;
- bitta ta’lim muassasasining (TM) o‘quvchi bolalarini MSSL bazasidagi o‘quv punktlariga
yoki otaliqdagi harbiy qismga yig‘ish yo‘li bilan;
- har bir guruh (sinf) bolalarini har kuni mashg‘ulot maydonlariga, otish, joylari (tir)ga olib
chiqish yoki yig‘ish yo‘li bilan;
DO‘M o‘tkazish vaqti va tartibini Mudofaa ishlari bo‘limlari tuman (shahar) xokimligi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda garnizon boshlig‘i bilan kelishilgan holda belgilanadi va YOCHQBT ni rejalashtirishga qadar ta’lim muassasalari rahbarlariga ma’lum qilinadi.
DO‘M nazorat mashg‘ulotlarida Nazorat me’yorlari (mashq, usul, amaliy harakat, vazifalar) ushbu dasturdagi 2-ilova shartlari bo‘yicha bajariladi. Dala o‘quv mashg‘ulotlar (yig‘in)larini tashkillash va o‘tkazish uchun YOCHQBT o‘quv dasturi bo‘yicha jami 18 soat vaqt ajratilgan. SHulardan:
“Harbiy ish asoslari” bo‘limidagi mashg‘ulotlar uchun sakkiz soat,
“Otish tayyorgarligi” bo‘limidagi mashg‘ulotlar uchun to‘rt soat,
“Amaliy jismoniy tayyorgarlik” bo‘limidagi mashg‘ulotlar uchun olti soat vaqt
ajratilgan.
Bunda o‘quvchilar «Harbiy ish asoslari” bo‘limi bo‘yicha:
- nishonni ilg‘ash, ularning joy atrofidagi narsalarga hamda belgilarga nisbatan joylashgan
o‘rnini aniqlash va kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berishni;
- o‘t ochish joyini tanlash, yotib otish uchun joy (okop) tayyorlashni;
- jang maydonida avtomatdan o‘t ochgan holda ildam qadam va qisqa yugurib, emaklab harakatlanish (yaxlit bajarish)ni;
“Otish tayyorgarligi” bo‘limi bo‘yicha (4-mavzu, 13 – 14-mashg‘ulotlarda o‘tkaziladi):
- avtomatni qismlarga ajratish, tozalash va stvol ichini moylashni;
- avtomatdan otish bo‘yicha dastlabki mashqni bajarish (kichik kalibrli miltiqdan otish mashqini bajarish)ni;
- o‘qdonga xonaki o‘qlarni joylashni;
- portlovchi qo‘l granatalarini (tankka qarshi) uloqtirish bo‘yicha 1(2)-mashqlarni bajarishni.
“Amaliy jismoniy tayyorgarlik” bo‘limi bo‘yicha:
- turnikda tortilishni;
- 1000 yoki 3000 metrga yugurishni;
- to‘siqli yo‘lakdan oshib o‘tish, umumnazorat mashqini bajarishni;
- qo‘l kurashi (jangi) amallarini bajarilishlarini mashq qiladilar va me’yor talablarini
bajaradilar.
DO‘M nazorat mashg‘ulotlarini tuman (shahar) hokimligining qarori bilan tuzilgan kommissiya tarkibi o‘tkazadi. O‘quvchi bolalarga nazorat mashg‘ulotlarida qo‘yilgan baholar qaydnomasi komissiya tarkibining imzosi va hokimiyat muhri bilan tasdiqlanib ta’lim muassasasi direktoriga jo‘natiladi. DO‘M ga qo‘yilgan umumiy baho sinf jurnaliga DO‘M belgisi bilan yozib qo‘yiladi.
Viloyat (tuman, shahar) xokimligi tomonidan tashkil etilgan o‘quv punktlarida YOCHQBT dan o‘tgan chaqiriq yoshidagi bolalar dasturidagi barcha bo‘limlar bo‘yicha MSSLning yakuniy bosqichiga o‘tkaziladi, ularning nazorat mashg‘ulotlarida olgan yakka tartibdagi baholari yakuniy baho hisoblanadi.
MSSL nazorat me’yorlarini qabul qilish uchun tuman (shahar) hokimligi qarori bilan tarkibida MIB, FV bo‘yicha boshqarma, Madaniyat va sport vazirligi, MK «Vatanparvar» tashkiloti vakillari bo‘lgan komissiya tuziladi. YOCHQBT bo‘yicha yillik (kurs) baho o‘quvchilarning chorak (semestr) baholariga asoslanib qo‘yiladi.
YOQCHBT bo‘yicha yakuniy baho DO‘Mning umumiy bahosiga va yillik (kurs) bahoga asoslanib qo‘yiladi.
Tajribalarni ko‘rsatiishicha, dala-o‘quv mashg‘ulotlar(yig‘inlar)ini samarali olib borish uchun tayyorgarlik jarayonini aniq, ravshan rejalashtirish, shuningdek xar tomonlama ta’minlash zarur bo‘ladi.
DO‘Mning har bir mashg‘uloti uchun zarur bo‘lgan o‘quv-moddiy bazaga ega bo‘lish shart. Har bir bir DO‘Mga jalb qilingan o‘quvchining ekipirovkasi o‘z ichiga quydagilarni olishi shart: Kalashnikov avtomatining maketi, protivogaz, ikkita o‘quv qo‘l granata (yoki granataning maketi)haltasi bilan, suv idish(flyaga),bosh kiyim, bel tasmasi, piyodachilar kichik kurakchasi niqobi (chexoli) bilan, tumanda (ta’lim muassasasida) belgilanib o‘rnatilgan bir xil turdagi kiyim bosh, yuvinish,taranish uchun ashyolar va yuk haltasi.
Ekipirovkaning hamma buyumlari, tabel buyumlaridan tashqari barchasi ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadi yoki ta’minlanadi.
DO‘Mni harbiy qism bazasida o‘tkazish uchun harbiy qism komandiri o‘quv maydonini, o‘q-dori va otish joyini hozirlaydi. O‘quvchilar tarbiyaviy va sport ishlarini olib borish uchun ofitser va serjantlar ajratib beradi.
O‘quvchilar bilan DO‘Mning mashg‘ulotlari o‘quv qurollaridan, individual himoya vositalaridan va boshqa maxsus anjomlardan shartli ravishda foydalanish bilan maxsus ishlab chiqilgan uslubda olib boriladi.
O‘quvchilar bilan kalashnikov avtomatidan jangovor o‘q-dorilardan otishni tartibga ko‘ra harbiy qismning yoki mudoffa ishlari bo‘limining tajribali ofitserlari raxbarligida mashg‘ulotning bunday turi uchun belgilangan barcha hafsizlik chora tadbirlariga qat’iiy amal qilgan holda o‘tkaziladi.
Ma’rifiy va ma’naviy ishlarga ajratilgan vaqtlarda urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, vatanparvarlik mavzusida kiniofilimlar ko‘rsatiladi va so‘ngi ma’lumotlar eshittiriladi. Qachonki o‘tkazilayotgan tadbirlarni O‘zbek xalqining hayoti va mehnati, armiyamizning jangovor va ma’rifiy, ma’naviy ishlarining amaliyoti, shuningdek, harbiy qo‘shinlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa vaziflar bilan o‘rinli bog‘lansagina bu tadbirlarning tarbiyaviy natijasiga erishsa bo‘ladi.
Bulardan tashqari ma’rifiy va ma’naviy ishlarga ajratilgan vaqtlarda «Vatanparvar»
harbiy-sport musobaqalari tashkil etiladi. Guruxlar va seksiyalar o‘rtasida granata uloqtirish, to‘siqlar qatoridan o‘tish va boshqa harbiy yo‘nalishli musobaqalar tashkil etiladi. O‘quvchilar DO‘M davrida deyarli harbiy qismlarning kun tartibidagidek tartibda yashaydilar.
DO‘Mda mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mashg‘ulot joyiga har kunlik qatnov bu – ilojsizlik tadbiridir, shuningdek, unumsizroq tadbirdir. Mashg‘ulot joyiga har kuni qatnash bu – mashg‘ulot joyi uchun xudud tanlash va jihozlash ishlarini noqulay rejalashtirish va moddiy ta’minlanishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir. Masalan: o‘quvchilarni manzilga tashish, ovqatlanishni va tibbiy yordamni tashkil etish va hakozolar. DO‘M o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni avvaldan boshlash to‘g‘ri bo‘ladi. Anjomlarni tayyorlash, otish qurollarini maketlarini, nishonlarni, xar xil to‘siqlarni ko‘rsatuvchi belgilarni, zarur o‘quv texnika va imitatsiya vositalarini, ko‘rgazmali qo‘llanmalarni avvaldan hozirlab qo‘yish tajribali harbiy rahbar
(CHTO‘)ning ishi bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan DO‘Mni xar kuni borib kelish bilan o‘tkazishda bitta guruhdan ortiq guruxlar bilan chiqish maqsadga muvofiq emas.
Agarda DO‘M ga ikki guruxdan ortiq guruxlar bilan chiqilsa harbiy rahbar
(CHTO‘)ga o‘qituvchilardan bittasini, tartibga ko‘ra jismoniy tarbiya yoki mehnat o‘qituvchilaridan birini yordamchi sifatida biriktiriladi.
DO‘M qanday tashkil etish va o‘tkazish masalasini tuman (shaxar) hokimligi, shuningdek, mudofaa ishlar bo‘limlari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda hal qiladilar.
Tajribalarga ko‘ra DO‘M tashkil etish bo‘yicha ishlarni ma’lum bir ketma-
ketlikda olib borish maqsadga muvofiqdir.
DO‘M ga tayyorgarlik ishlari taxminan bir, bir yarim oy ilgari boshlanadi.Tuman (shaxar) hokimligi MIB, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari birgalikda ta’lim muassasalarining harbiy rahbar (CHTO‘)i bilan DO‘Mga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha rejatadbirlar loyixasini ishlab chiqish va ularni o‘tkazish muddatlarini kelishib olish maqsadida yig‘ilish o‘tkazadi.
Rejaga quyidagi masalalar kiritilishi shart: o‘quvchilarni joylashuv joyini tayyorlash va ovqatlanish tartibini; o‘quv maydonlarini tanlash va ta’lim muassasalari o‘rtasida taqsimlash; mashg‘ulotlar uchun imitatsiya vositalarini qabul qilib olish;
mashg‘ulotlar uchun reja-konspektlar tuzish va ularni o‘tkazish bo‘yicha zarur
ko‘rsatmalarni olish. harbiy rahbar (CHTO‘)i, MIB va harbiy qism ofitserlari bilan ko‘rsatmali-uslubiy mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha dala mashg‘ulotlari dasturi;
mashg‘ulotlar jadvali va kun tartibini tuzib chiqish; sutkalik naryadning xujjatlarini ishlab chiqish; vatanparvarlik va ommaviy sport ishlar rejasini ishlab chiqish.
Rejalarning xar bir bo‘limlariga tadbirlarni bajarilish muddatlari qo‘yiladi va ma’sul shaxslar belgilanib qo‘yiladi.
Agarda DO‘Mri harbiy qismda bazasida o‘tkaziladigan bo‘lsa, harbiy qism
komandiri bilan kelishiladi.
Zarur buyruq yoki rejalardan ko‘chirmalar ta’lim muassasalariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga etkaziladi. Ta’lim muassasalarida DO‘Mrini o‘tkazish bo‘yicha o‘z buyruqlari bo‘ladi.
Yig‘ilishning yakuniga ko‘ra o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalarining boshliqlari DO‘Mriga jalb qilingan o‘quvchilar, tarkibini, o‘tkazish joyi va muddatlarini aniqlaydigan buyriq chiqaradi.Xarajatlar hisobi(smeta)si tasdiqlanadi.
DO‘Mrini tashkil etish va o‘tkazishni yanada yaxshilash maqsadida quyidagi lavozim egalarini tayinlash lozim:
Oromgoxda barcha ishlarga raxbarlik qiladigan va shaxsiy tarkibning intizomiga, o‘quv jarayonini tashkil etishga javob beradigan yig‘in boshlig‘i;
DO‘M o‘quv dasturini sifatli bajarilishiga yo‘naltirilgan, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etadigan, yuqori intizomni ta’minlashga va shaxsiy tarkibni ma’naviy va ma’rifiy ahvoliga javob beradigan ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha yig‘in boshlig‘ining o‘rinbosari; mashg‘ulotlarni rejalashtirish, o‘quv maydonlarni maqsadga muvofiq, samarali foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mashg‘ulotlarni sifatli olib borishni nazoratga olish, yig‘indagi ichki xizmatni tashkil etish va uni olib borish, buyurtmalar, arizalar va hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish majburiyati yuklatilgan o‘quv ishlari bo‘yicha yig‘in boshlig‘ining o‘rinbosari; majburiyatiga oromgohga zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan , birinchi navbatda yuqori sifatli oziq-oaqat va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kiradigan xo‘jalik ishlari bo‘yicha yig‘in boshlig‘ining o‘rinbosari. U shuningdek, DO‘Mga ajratilgan avtoulovlarning texnik xolatiga va undan to‘g‘ri foydalanishga ham ma’suldir;
DO‘Mdagi o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan va oromgohni sanitargigienik ahvolini nazoratini amalga oshiradigan vrach tayinlanadi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan lavozim egalari tuman (shaxar) xakimligining qarori bilan o‘qituvchilar tarkibidan yoki o‘smirlar bilan ishlash bo‘yicha yaxshi tajribaga ega va maxsus zarur ma’lumotga faollar hisobidan tayinlanadi.
DO‘Mda qatnashayotganlar hisobidan kelib chiqib vzvodlar, guruxlar va seksiyalar shaklllantiriladi. Har bir ta’lim muassasalaridan kelgan o‘quvchilardan guruxlar tashkil etiladi, har bir sinfdan esa seksiya tashkil etiladi.
Qaerda DO‘Mni o‘tkazish uchun harbiy qism jalb qilingan bo‘lsa gurux komandirlari serjantlardan, seksiya komandirlari esa o‘quvchilardan tayinlanadi. Serjantlar tarkibini jalb qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda gurux komandirlari etib irodali, intizomli va chaqiruvga qadar tayyorgarlik fanidan yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilardan tayinlanadi.
O‘quvchilar DO‘Mga ta’lim muassasalarida belgilangan kiyim-bosh bilan kelishga majbur.(belgilangan kiyim-boshga va farqlovchi belgilarga o‘xshash, shuningdek Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarini farqlovchi belgilarini kiyib, taqib yurish ta’qiqlanadi).
DO‘Mning boshlanishida o‘quvchilar bilan oldinda turgan o‘quv davri masalalarini tahlil qilish yuzasidan umumiy yig‘ilish o‘tkaziladi. Yig‘ilishda ta’limni yuqori sifatli bo‘lishiga erishish uchun qo‘shimcha chora tadbirlar ham belgilanishi yanada yaxshi Samara berishini unutmaslik lozim.
SHundan keyin o‘quvchilarning individual majburiyatlarining yig‘indisidan kelib chiqib o‘zaro musobaqalar o‘tkazish masalalarini hal qilish bo‘yicha guruxlar yig‘ilishi o‘tkaziladi. Odatga ko‘ra musobaqalarni o‘tkazishni tashkil etish ta’lim sifatini yuqori darajada bo‘lishini, o‘quvchilarni o‘quv dasturining barcha me’yorlarini muvofaqiyatli topshirishiga va harbiycha odob-axloqni o‘quvchilarda mujassalashtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Musobaqalarni oshkora va nitijalarni taqqoslab o‘tkazilishini ta’minlash shart. G‘oliblar uchun ko‘chma taqdirlash sovg‘alari(kubok va h.k) bilan mukofatlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Musobaqa ko‘rsatkichlarini kechki yo‘qlama yoki ertalabki mashg‘ulotlarga tarqatuv safida, shuningdek, mashg‘ulotlar yakunidagi tarqatuv safida e’lon qilinadi va devoriy gazetalarda ham yoritiladi. Ko‘chma mukofatlarni taqdimotini tantanali ravishda o‘tkazish lozim. Bularning tadbirlarni maromiga etkazib o‘tkazilishi musobaqalarni samarali bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.
Ayrim tuman (shaxar)larning ta’lim muassasalari ma’lum bir sabablarga ko‘ra yuqori bosqich o‘quvchilari bilan DO‘Mni har kuni o‘quv maydonlariga borib kelib o‘tkazishlarida yuqorida keltirilgan yig‘in o‘tkazish uslubiyoti talablariga amal qilishlari to‘g‘ri bo‘ladi.
DO‘Mni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejalarini ta’lim muassasasi
direktorining burug‘ bilan tasdiqlanadi.
DO‘Mni muvofaqiyatli o‘tkazishning yana bir muhim jixati ta’lim sohasining rahbarlari tomonidan DO‘Mni tantanali ochilishi bo‘lib hisoblanadi. Bunda ta’lim muassasalarining direktorlari, harbiy qism, MIB vakillari, urush qatnashchilari va tuman(shaxar) jamoatchilik vakillari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati vakillari, shuningdek, ota-onalar taklif etiladi.
DO‘Mni yuqori saviyada o‘tkazilishi shaxsiy tarkibni ko‘tarinki ruh bilan ish boshlashlariga turtki bo‘ladi. Kun tartibida mashg‘ulotlar olib borish, mustaqil tayyorgarlik, ma’naviy va ma’rifiy, ommaviy-sport ishlarni olib borish, jismoniy mashq, asbob-anjomlar va protivogazlarni tartibga keltirish uchun, shuningdek, o‘quvchilarning ovqatlanishi, dam olishi va kechki yo‘qlama (agar oromgohda tunalsa) o‘tkazish uchun ham vaqt ajratiladi.
DO‘Mda ommaviy-sport ishlari asosan har-hil turdagi sport musobaqalarini, marsh yurish(brasok)larni, har-xil g‘ovlardan oshib o‘tishlarni va harbiylashtirilgan o‘yinlarni o‘tkazilishiga qaratiladi.
Bunday mashg‘ulotlarni o‘tkazishda MK «Vatanparvar» tashkiloti, «Kamolat» yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqoro shtablari, trener murabbiylar va boshqa ayrim ishchilar jalb qilinadi.
DO‘Mrining yakuni mashg‘ulot rahbarlari va qatnashchilarni barcha-barchasini saf tortkizib tantanali yopiladi. DO‘Mrining yopilishiga ta’lim sohasini vakillarini, harbiy qism, MIB vakillarini va urush va mehnat faxriylarini, MK «Vatanparvar» tashkiloti, «Kamolat» yoshlar ijtimoiy harakati, shuningdek «Fuqoro himoyasi» shtablari vakillarini ham taklif etish lozim.
Bunda yig‘in boshlig‘i mashg‘ulotlarga yasab yig‘inda faol qatnashganlarni nomlarini atab o‘tadi, yig‘in qatnashchilariga minnatdorchiliklar va boshqa rag‘batlantirishlarni e’lon qiladi ularga kelajakda O‘R QK safida xizmat burchini a’lo darajada o‘tashlari uchun yo‘lyo‘riqlar ko‘rsatib muvofaqiyatlar tilaydi.
DO‘Mri yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligining eng muhim yakuniy bosqichi bo‘lib hisoblanadi. YOshlarni Vatanni himoya qilishga tayyorgarligini shakllanib borishiga va O‘R QKdagi harbiy xizmat vazifalarini puxta bajarishlariga, shuningdek, harbiy o‘quv yurtlariga kirishga qaror qilgan yoshlarni kirish imtihonlaridan muvofaqiyatli o‘tishlariga ko‘p hollarda DO‘Mrining yaxshi tashkil qilinib, samarali o‘tkazilishiga ham bog‘liq bo‘lib qoladi.
Xuddi shuning uchun ham yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi bo‘yicha qo‘yiladigan yakuniy bahoga o‘quvchilarning DO‘Mrida olgan baholari shartli ravishda inobatga olinadi.
Mazkur kursatmalar joylardagi boshqa bir imkoniyatlarni inkor qilmaydi. Ta’lim muassasalari va boshqarmalar DO‘Mrini o‘tkazilishiga ijodiy ruhda yondashishlari va uning mazmunini yanada boyitish uchun oqilona tashabbus ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.
Bir qarashda uch kunlik qisqa fursatda yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarni amalda o‘tkazish katta qiyinchiliklarga duch kelinishi mumkinday tuyulishi. Biroq bu ishga ma’sul rahbarlarning o‘z ma’sulyatlarini his qilib, DO‘Mrini o‘tkazish uchun sidqidildan yondashilsa, ayniqsa bu ishni boshida turadigan va sifatli o‘tkazilishida asosiy rol o‘ynaydigan harbiy rahbar (CHTO‘)larining bu ishga o‘z vaqtida bel bog‘lashlari DO‘Mrini samarali o‘tkazish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi va bunday ishlar fidokor kishilar tomonidan imkon qadar amalga oshirilib kelinmoqda.
Muallif: Xasanov M