Umumiy zaharlash ta’siriga ega bo’lgan va zaharlovchi moddalar.

Umumiy zaharlash ta'siriga ega bo'lgan va zaharlovchi moddalar.

Umumiy zaharlash ta’siriga ega bo’lgan va zaharlovchi moddalar.

Umumiy zaharlash ta’siriga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalarga suanud kislota va xlorsian kiradi. Sianid kislotani shved olyami Karl SHeele birinchi bulib 1782 yilda sintez kilgan. Aytishlaricha, u 4 yildan so‘ng shu zaharli modda bilan tajriba o‘tkazayotgan vaqtda     zaharlanib halok bo‘lgan. Sianid kislotaning zaharlash xususiyati kadim zamonlardan ma’lum. Masalan; YUnoniston koxinlar tabakasi shaftoli daraxti bargidan zaharli essensiya tayyorlab, aybdor kishilarni shu moddabilan o‘ldirganlar.Umumiy zaharlash ta’siriga ega bo’lgan va zaharlovchi moddalar.

Sianid kislota birinchi jahon urushi davrida fransuz ko‘shinlari tomonidan Somme daryosi bo‘yida nemis ko‘shinlariga qarshi (7 iyul 1916 yilda) ishlatilgan. U kam natija berishiga karamasdan hozirgi vaqtda     chet el harbiy kimyogarlari bu modda ustida katta tekshirish ishlari olib borishmokda. Bunga sabab zaharlanish klinikasi tez rivojlanib, jang maydonlarida bir necha daqiqa ichida o‘lim ro‘y berishidir. Ikkinchi jahon urushi davrida nemis fashistlari asirga tushgan ko‘plab kishilarni o‘ldirish uchun gaz kameralarida sian chumoli kislotasi efirlari, metilli «siklon A» va etilli «siklon B» ni ishlatganlar.

Fizik va kimyoviy xossalari Sianid kislota (HCN).

Kimyoviy nomlari: sianli vodopod; sianli vodorod kislotasi; sianid kislota.

Sianid kislota rangsiz, uchuvchan, achchik bodom hidiga ega bo‘lgan suyuqlik. qaynash      harorati +25,7 0S, shu sababli havoda tezda bug‘lanadi. Muzlash harorati 13,4°S. Bug‘ining zichligi havoga nisbatan 0,93 ni tashkil qiladi, ya’ni havodan engil. Bug‘lari faollashgan ko‘mir yordamida yomon shimiladi, g‘ovakli materiallarga yaxshi shimiladi. Ishlatilgan joylarida yoz vaktida 20-30 daqiqagacha saqlanib qolishi mumkin, noturg‘un zaharlovchi modda bo‘lib hisoblanadi. Suvda, organik erituvchilarda, fosgenda, ipritda va boshqa zaharlovchi moddalarda yaxshi eriydi.

Xlorsian. Kimyoviy nomlari: sian kislotaning xlorangidridi; xlorsian; xlorli sian.

Brom sian (BrCN) — rangsiz yoki sarik rangli kristall modda bo‘lib, o‘tkir hidga ega. qaynash      harorati +b1,3 0S, erish harorati +52 0S. Bug‘i havodan 3,7 barobar og‘ir. Birinchi jahon urushida (1916 yil) avstro-venger ko‘shinlari 25% li brom sian, 25% li brom atseton va50% li benzol aralashmasini ishlatganlar.

Ta’sir mexanizmi va shikastlanish patogenezi.

Sianid kislota bug‘lari nafas yo‘llari orqali  o‘pkaga tushadi va alveolalardan tezda surilib o‘tib, zaharlanib qolishga sabab bo‘ladi. Zaharlanish natijasida venoz qon  tarkibida arterial qon  tarkibiga qaraganda kislorod miqdori oshib ketadi va qirmizi ranga kiradi. GoppeZeyler, Gepner va Varburglarning tekshirishlaricha bunday hol to‘qima oksidlovchi fermenti bo‘lmish sitoxromaksidaza (sitaxram a3) fermentining sian guruhi bilan bog‘lanishi tufayli yuzaga kelar ekan. Sitoxramoksidaza fermenti inaktivatsiyaga uchraydi va kislorodning qondan to‘qimalarga o‘tish xususiyati yo‘qoladi, natijada to‘qima gipoksiyasi rivojlanadi.  qon  tarkibida kislorod mikdori ko‘p bo‘lishiga karamay, to‘qima larning nafas olishi keskin pasayib ketadi.

Sian guruhi sitoxromoksidaza (sitoxrom a3) tarkibidagi oksidlangan uch valentli temir bilan juda oson birikadi. Natijada kislorodning faollanishi yo‘qoladi, to‘qima larda nafas olish susayadi, to‘qimalar gipoksiyasi paydo bo‘ladi. Umumiy zaharlash ta’siriga ega bo’lgan va zaharlovchi moddalar.

Klinik manzarasi.

3ararlanish darajasi sianid kislota bug‘lari konsentratsiyasi, ta’sir qilish vaqti, organizmning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, zaharlanish engil, o‘rtacha va og‘ir darajada o‘tadi.

E n g i l  d a r a j a d a g i   z a h a r l a n i sh zaharlovchi moddaning havodagi kam konsentratsiyasi qisqa vaqt ekspozitsiya qilinganda sub’ektiv buzilishlar bilan ifodalanadi: og‘izdan noxush, taxir, achchik bodom ta’mi keladi, tinka-mador qurib, bosh aylanadi. Bir necha vaqtdan so‘ng shilliq qavatlarda uvishib qolishni his etish sezgisi, ko‘p so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi paydo bo‘ladi. Tomoq, traxeyada va to‘sh ortida timdalanish hamda ko‘krak qisilishi sezgisi kuzatiladi.

O‘ r t a  d a r a j a d a g i  z a h a r l a n i sh d a to‘qimalarning kislorodga tanqisligi simptomlari yaqqol ko‘rinadi. YUqorida aytib o‘tilgan klinik simptomlar zaharli havo bilan nafas olinganda tezda namoyon bo‘ladi, zararlanganlarda qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi, odam o‘lim vahimasiga tushib qoladi. CHakka arteriyalarining urishi, quloq   shang‘illashi, bosh og‘rishi paydo bo‘ladi. To‘sh orkasida, yurak sohasida og‘riklar paydo bo‘ladi, nutk buziladi, so‘lak okishi kuchayib, mushaklarda zaiflik kuzatiladi. Ko‘ngil ayniydi va kusish rivojlanadi.

O g‘ i r  z a h a r l a n i sh belgilari tezda rivojlanadi, talvasalar paydo bo‘ladi, hatto o‘lim kuzatilishi mumkin. Og‘ir zaharlanish klinikasi sxema tarzida to‘rt boskichga bo‘linadi:

  1. boshlang‘ich bosqich — yashirin davrsiz yuzaga keladi, zaharlanganlar og‘izda nohush, taxir, achchiq bodom ta’mini sezadi, tezda ko‘krak qisilishi, quloq shang‘illashi, bosh aylanishi, behollik, chakka arteriyalar pulsatsiyasi, ko‘ngil aynishini sezadilar. Besaranjomlik paydo bo‘ladi, yurak tez uradi. Bu tezda hansirash bosqichiga o‘tadi;
  2. hansirash bosqichi — kislorod tanknslngi keskin rivojlanganligi bilan ifodalanadi (to‘qima gipoksiyasi): azobli hansirash paydo bo‘ladi, teri kavatlari va shillik kavatlar pushti rangga kiradi. Nafas olish teztez va chukurlashgan bo‘ladi, yurak sohasida xurujsimon og‘rik paydo bo‘lib, puls sekinlashadi, taranglashganligi aniklanadi. 3ararlangan odamda o‘lim vahimasi paydo bo‘ladi, ko‘z korachiklari kattalashib ketadi. YUz mushaklari tortishib, ba’zi mushaklarning rigidligi paydo bo‘ladi, es-hush xiralashadi, besaranjomlik paydo bo‘ladi;
  3. v) talvasalar bosqichi — zararlangan odamning ahvoli keskin yomonlashib ketadi. Ekzoftalm paydo bo‘ladi, nafas olish sekinlashadi va aritmik tus oladi. Butun tanada tonik va klonik tortishishlar kuzatiladi. Ko‘z korachig‘i kengayib, korneal reflekslar yo‘koladi, kishi hushidan ketadi. Og‘izdan ko‘p so‘lak okadi. Teri kavatlari va shillik kavatlar och pushti rangga kiradi. Bexosdan siydik ajralishi hamda defekatsiya kuzatiladi. Talvasalar boskichi bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Agar shu boskichda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, tezda falajlanish boskichiga o‘tadi;
  4. g) falajlanish bosqichi — bu boskichda mushaklar tortishishi yo‘qoladi va ularning bo‘shashishi kuzatiladi. Reflekslar yo‘qolib ketishi tufayli adinamik holat yuzaga keladi. Nafas olish keskin pasayib ketadi, yuzaki bo‘lib qoladi. Arterial bosim keskin tushib, puls ipsimon, tezlashgan bo‘lib qoladi. 3ararlanganlar og‘ir komatoz holatga o‘tadi, reflekslar qisman yoki to‘liq yo‘qoladi, o‘z-o‘zidan siydik ajralishi va defekatsiya kuzatiladi. SHundan so‘ng nafas markazi falajlanishi tufayli nafas olish to‘xtaydi. YUrak qisqarishi 3-5 daqiqa mobaynida kuzatilib turishi mumkin, keyin yurak urishi to‘xtaydi. Agarda zaharlanganlarga shu vaqt ichida tez yordam ko‘rsatilsa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin.

Davosi

Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ida sianid kislota va uning 6irikmalaridan o‘tkir zaharlanish ro‘y bergan vaqtda  zaharlangan kishiga zudlik bilan protivogaz kiygizilib ular shu zararlangan atmosferadan tezlik bilan olib chiqib ketilishi kerak. O‘tkir zaharlanish simptomlari namoyon bo‘lishiga karab kuyidagi oshig‘ich tibbiy yordam tad6irlari o‘tkaziladi:

  • ziddi-zaharlarni qo‘llash orqali   organizmga tushgan zaharli moddani zararsiz holga

keltirish;

  • organizmdagi zaharni zudlik bilan tashqariga chiqarish;
  • kerak bo‘lgan vaqtda sun’iy nafas oldirish ishlari o‘tkaziladi;
  • organizmning asosiy hayotiy muhim a’zolarini quvvatlab turish uchun dori-darmonlar yuborib turiladi.

Umumiy zaharlash ta’siriga ega bo’lgan va zaharlovchi moddalar.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba