Urush va mehnat faxriylari bilan tematik kecha va uchrashuvlar o‘tkazishning maqsad va vazifalari.

Urush va mehnat faxriylari bilan tematik kecha va uchrashuvlar o‘tkazishning  maqsad va vazifalari.  

Urush va mehnat faxriylari bilan tematik kecha va uchrashuvlar o‘tkazishning maqsad va vazifalari.

Bu masalani biz o‘quv muassasalardan biri faoliyatida ko‘rib chiqamiz.

a) «Vatanni himoya etishni qahramonlardan o‘rganaman» mavzusida «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi, o‘qituvchiga ssenariyni to‘zishda zarur materillarni tanlash, o‘quvchilarning chiqishini tayyorlashda yordam berildi.

Kecha musiqa bilan ochildi. Boshlovchi o‘z kirish so‘zida jangchi qahramonlarning so‘zlari, Vatan himoyasini targ‘ibot qilish va tashkil etishda davlatimiz talablari, Vatan uchun xizmat qilishni o‘z burchi deb biladigan qahramonlarning nomi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibiga murojaat, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik va shu kabi o‘zining samimiy dil izhorlarini aytib davrani ochiq deb e’lon qiladi. Masalan: «Qadimdan har bir erkak bizning davlatimizda yosh yoki keksaligidan qat’iy nazar Vatan, uning mudofaasi uchun o‘z kuch quvvatini ayamagan. Hozirgi kunlargacha davlatimizda ana shu qutlug‘ an’ana keng nishonlanib, davom etib kelmoqda. Hozirda uning mazmuni yangi ma’no kasb etib, ma’naviy boyitilgan holda yoshlarimiz tomonidan davom ettirilmoqda». Boshlovchi fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonilishida o‘zbek xalqining juda katta, ulkan hissasi borligini aytib o‘tadi va ba’zi bir raqamlarni ko‘rsatib o‘tadi. Masalan, Ikkinchi Jahon urushi frontlarida o‘z xalqini, yurtini himoya qilish uchun ko‘rsatgan qahramonligi va jasoratlari uchun 170 mingdan ortiq O‘zbekistonliklar orden va medallar bilan mukofotlanganlar, 53 kishi shuhrat ordenining tulik sovrindori, 338 o‘zbekistonlik sobiq Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga (ulardan 69 tasi o‘zbek) sazovor bulgan. O‘z tanasi bilan dushman o‘qini to‘sib, o‘z bo‘linmasidagilarni olg‘a harakat qilishga yo‘l ochgan T.Rustamov va D.Qoraqulovlar A.Matrosov qahramonligini takrorladilar. 

Boshlovchining chiqishidan so‘ng bir necha o‘quvchilar ham so‘zga chiqadilar. Ular ham turli qahramonliklar haqida, insonnning nimalarga qodir ekanligi haqida so‘zlaydilar. Chiqishlar qiziqarli va jonli o‘tardi, har bir o‘quvchi tarix badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, o‘zining hayotiy tajribasidan misollar keltirardi.

 Munozaraning yakuniy qismida «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi xulosa chiqarib jasorat – bu qahramonlik, fidokorona mehnati, yuqori maqsad  sari og‘ir sharoitlarda har bir inson, guruh va butun xalq bilan amalga oshirilgan ahamiyatiga ko‘ra muhim harakat, harbiy, mehnat va ilmiy jasorat turlari ham mavjudligini aytib o‘tadi.

Qahramonlik o‘z ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra buyuk harakatlarning sodir etilishi, xalq ommasi, ilg‘or sinflar manfaatlariga javob beradigan va insondan shaxsiy mardlik, qat’iylik; o‘zini qurbon qilishga tayyorlikni talab qiladigan tushunchadir.

Mardlik o‘zoq davom etuvchi jismoniy yuklama, ruhiy zo‘riqish va shu bilan birga xavfli vaziyatlarda yuqori jangovar faollikni, sabr toqatni ifodalaydigan jangchining ma’naviy psixologik va jangovar sifatidir.

«Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining chiqishidan so‘ng «Mardlikni ham bayroq kabi olib yurdik » nomli adabiy musiqiy sahna tomoshasi ko‘rsitildi, unda shoirlarning (urushdan qaytmagan) she’rlari o‘qib berildi.

Adabiy musiqiy sahnada turli hujjatli (urush davri) kinofilmlardan ham parchalar berildi. Qatnashchilar ikkinchi Jahon urushi faxriylarining chiqishlari, afgon urushning mard va qahramon jangchilari so‘zlarini qiziqib tingladilar. Ulardan biri Samarkandlik dehqon Po‘lat Alievdir. U ikki o‘g‘lini urushga jo‘natib, ular ketidan o‘zi ham borib, pulemetchilik qilgan. O‘zbek xalqining mard jangchisi janglardan birida o‘n sakkiz dushmanni yakson qilib, o‘z do‘stlarini hujumga olg‘a boshladi. O‘zi birinchi bo‘lib xandaqqa bostirib  kiradi.

Kechada «Qaynoq qor» kinofilmidan parchalar ko‘rib, hozirgi Vatan himoyatlari uchun namunaviy jang qilgan, jangchi qanday bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining boshqa shakllaridan biri urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdir. O‘zbekiston xalqlari an’analarini qo‘llab kelayotgan jangovar va mehnat faxriylari — targ‘ibotchilardir. Ularning ko‘pchiligi jarohat, konto‘ziyaga ega, lekin shunga qaramay O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashga o‘z ishlari bilan hissa qo‘shayotgan, bugungi kunda ham o‘z shijoatlari bilan yurt farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan shaxslardir.

Faxriylar yoshlarimizga Vatan va xalqimizga sadoqat ruhida tarbiyalanishlarida namunadirlar.  Ular insonlar xotirasidan Vatan qahramonlari abadiy joy olishi uchun har narsaga tayyordirlar.

Ular bilan uyushtirilgan uchrashuvlar to‘la vatanparvarlik mazmuniga ega. Faxriylarning qahramonliklari, front va front ortidagi jasoratlari haqidagi hikoyalari yoshlarda o‘z Vatani xizmatiga tayyorlik va mas’uliyatlilikni tarbiyalaydi. Faxriylar tajribasi davlat uchun qadrli bo‘lgan tajriba, hamda jangdagi, mehnatdagi va o‘qishdagi g‘alaba tajribasi beqiyosdir. Faxriylar tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Ular yoshlar bilan hamkorlikda kechalar, ma’ruzalar, fotokurgazmalar, tarixiy sanalarga bag‘ishlangan mardlik darslari, uch avlod uchrashuvi kechalari va boshqalarni tayyorlashda qatnashadilar. Masalan, «Qahramonlar shuhrati boqiydir», «Xalq va armiya birdamdir» va boshqalar. Biroq, faxriylar bilan uchrashuv ba’zi bir muammolar, hal qilinmagan masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Ba’zi kechalar yoshlar uchun zerikarli, quruq ma’ruzalar bilan o‘tkazilib, yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Sababi, ushbu tadbirning yaxshi tayyorlanmaganligidir. Insonning mehnat va jangovar xizmatini ko‘rsatish uchun qahramon extiros bilan, yorqin, qiziqish uyg‘otuvchi voqealar tavsilotini ta’sirchan ifoda ega olishi ham zarurdir. SHu sababli, taklif etiladigan mehmonlar bilan avvaldan suhbatlashib auditoriya xususiyatlarini tushuntirib berish yaxshi natija beradi. Uchrashuvga o‘quvchilar ham tayyorlanishi, faxriylar hakida ma’lumotga ega bo‘lishlari katta samara beradi. Uning ma’naviy dunyosi yoshlarning qiziqishlariga, uning hikoyalari o‘quvchilarning o‘quv jaryoniga, izquvarlik ishlariga, yordam beruvchi bo‘lishi, yoshlarga yangi savollarning qo‘yilishi, xayoliy dunyolarga ta’siri, qahramonlikka chorlashi, fuqarolik burchini anglash, o‘zida ma’naviy, Vatan himoyasi uchun tayyorlik hislatlarini shaklanishida ahamiyati juda kattadir. 

Uchrashuv o‘quvchilarni shaxsiy faolligini rag‘batlantirishi lozim. Uchrashuvlardan birida faxriy ikkinchi Jahon urushi jang voqealari, insonlarning ommaviy qahramonliklari, askar va ofitserlarning jasoratlari haqida gapirib berdi. SHuningdek jangchilarning o‘z onalari, yaqinlaridan olgan xatlarini o‘qigandagi tuyg‘u va kechinmalari hikoya qilindi. «Dushman ustiga borganingda dushmanni ayovsiz qir», «Asirga tushma seni Vatanning muqaddas va adalat jangida munosib jangchi bo‘lishingni duo qilaman» deb yozadi onalardan biri. Oddiy ayolning ushbu maktubi barcha jangchilarni ruhlatirdi. Ular onaning ko‘rsatmasiga ko‘ra kurasha boshladilar. Oddiy bir ayolning bu maktubi barcha jangchilar ruhiga ko‘tarinkilik berib, ularga Ona Vatan uchun dushmanni ayovsiz qirishlarida kuch quvvat bag‘ishladi. Janchilar Ona Vatan topshirig‘ini muqaddas deb bildilar va shu sababli mardlik, jasorat va qahramonliklarga bel bog‘ladilar. Ko‘plab orden va medallar sohibi bo‘lgan, urushda ko‘plab jangovar yo‘llarni bosib o‘tgan faxriylar o‘z xotiralaridagi voqealardan istalgancha so‘zlab berishlari mumkin. Biroq, ana shu Ona maktubi haqidagi hikoyasi yoshlar uchun juda ham ta’sirli bo‘ldi. Aynan ana shu voqea bilan jangchilarning Vatan uchun istalgan sinovdan o‘tishga tayyor ekanliklari juda chiroyli va ta’sirli tarzda so‘zlab berilishi sababli, o‘quvchi yoshlar qalbida o‘zoq saqlanib qoldi.

Bunday kechalarning muhim tarbiyaviy kuchi, faxriylarning o‘quvchilarga qarata Qurolli Kuchlarimiz, halqimizning qahramon farzandlarining ana shunday jasoratlarini o‘z xotiralarida saqlash, ularning an’analarini davom ettirishga undashlari, chaqirig‘idir.

Faxriylarning bunday torshiriqlariga o‘quvchilar «labbay»- deb javob beruvchi devoriy gazetalar chikarishlari, plakatlar har bir o‘quvchi uchun varaqa va tarqatma materiallar tayyorlashlari yaxshi samaralar beradi.

Bunday uchrashuvlarning faxriylar faoliyatiga bog‘liq joylarda olib borilishi, aniq bir ish ustida yoki voqelik bilan bir vaqtda o‘tkazish ham o‘quvchilar tarbiyasida samarli iz qoldiradi. Uchrashuv joyi o‘quvchilar uchun so‘z borayotgan voqealar qiziqishlariga yanada orttiruvchi, o‘zaro tushunishni, hamkorlikni amalga oshirishga qulay bo‘lishi lozim.

Ko‘rinib turibdiki, uchrashuv va kechalar mavzulari, ularni tashkil etish, tayyorlash usullari turlichadir. Ularning  umumiy xususiyatlarini alohida ko‘rsatib o‘tish muhimdir; birinchidan bag‘ishlov kechalari qahramonlarning jangovar va mehnat faoliyatlarini targ‘ibot qilish maqsadida o‘tkaziladi, o‘quvchilarda yuqori darajada harbiy vatanparvarlik hislatlarini shakllantirishga qaratiladi. Bu tarbiya  ta’sirchanligini faollashtirishning muhim shaklidir. U tarbiyalanuvchilarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Ikkinchidan — kecha va uchrashuvlar qahramonlik an’analarini davom ettirgan insonlar bilan o‘tkaziladi, bunda qahramonning so‘zlari bilan hikoya qilib berilgan voqea, boshqa uchinchi shaxs haqida hikoya qilgandan ko‘ra, o‘zi haqida aytgan voqealari yanada ta’sirchanroq bo‘ladi. Qahramonlik an’analarini davom ettirishga undovchi og‘zaki targ‘ibot – Qurolli Kuchlar xizmatiga himoya  uyg‘otuvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Uchinchidan — badiiy qism o‘quvchilarni tadbirga qiziqtiruvchi, ularning his tuyg‘u va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatuvchi yuksak g‘oyaviy yo‘nalishga egadir.

To‘rtinchidan — bag‘ishlov kecha va uchrashuvlarini amalga oshirishda ularni puxta va har jihatdan mukammal etib tayyorlash zururligi sababli o‘quvchilarni bu ishlarda tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan ham bunday tadbirlarning ahamiyati kattadir. Targ‘ibot ishida texnik vositalardan foydalanish.

So‘ntgi vaqtlargacha o‘qitishning texnik vositalariga, ko‘rsatma, qo‘lanmalardan alohida qaralar edi. Hozirda «O‘qitishning texnik vositalari» atamasi «zamonaviy ko‘rsatma, qo‘llanma», «o‘quv texnika» tushunchasi bilan umumiy deb tushunilmoqda. 

Bu narsa tasviriy vositalar, zamonaviy: kino, televidenie, ovoz yozish va boshqa vositalar bo‘lib, avvalgi an’anaviy plakat, model, maketlardan sifat jihatidan farqlanadi, shu sababli ularni faqat ko‘rsatma vositalari (diafilm, kinofilm, videofilm) sifatida hisoblash xato bo‘lardi.

Bunda birinchi navbatda texnik qurilmalar, ularsiz kinofilmni tomosha qilish va magnitofon yozuvi va boshqalarni tinglash imkoni bo‘lmaganligi uchun tayyorlanishi zarurdir. Shu sababli «o‘qitishning texnik vositalari» atamasini tavsiya etish to‘g‘riroqdir. Bu o‘quv axborotlarini zamonaviy o‘quv texnikasi bilan bog‘lab olib borish demakdir. Ular dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchi mehnati samaradorligini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.

Bag‘ishlov kecha va uchrashuvlarida audio, ko‘rsatuv vositalaridan  ham foydalanish mumkin:

1.                  Texnik qurilmalar proeksiyalash, ovoz yozish, televizion va boshqa zarur asbob anjomlar;

2.                  Axborot etkazuvchilar o‘quv kinofilmlari, diafilmlar, diopozitiv, magnitofon va audio yozuv, radio o‘zatish va televizion dasturlar; videoroektor, videomagnitofonlardan foydalanish mumkin. Biz harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ikki xil shaklini ko‘rib chiqdik. Bular Qurolli

Kuchlar, zahiradagi urush va mehnat faxriylari bilan bag‘ishlov mavzusidagi uchrashuv hamda turli xil kechalardir.

Ular ichida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ya’ni Vatan himoyasi kunining nishonlanishi oldidan o‘tkaziladigan haftalik va oyliklarga bag‘ishlangan kechalarni o‘tkazish ancha murakkabroq hisoblanadi.

Harbiy xizmat o‘tash uchun ketayotgan askarlarga bag‘ishlab yoshlar hamda harbiy qismlarning bo‘linma komandirlari ishtirokida, harbiy o‘quv yurtlari, o‘quv yurtining sobiq o‘quvchilari bilan uchrashuvlar, sportning harbiy texnik turlari bo‘yicha turli xil musobaqalarni o‘tkazish mumkin. Kechalarni o‘tkazishda «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi puxta va ilgaridan tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishlari shartdir. Ko‘pincha tadbirlarning yaxshi o‘tishi asosan shunga bog‘liq bo‘ladi. Kecha va uchrashuvlarni o‘tkazishda «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining o‘quv va malakalari o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga samarali ta’sir etishida juda muhim o‘rin tutadi (ya’ni juda muhim o‘rinni egallaydi).

Faxriylar tajribasi davlatimiz tomonidan munosib baholanib, ularning g‘alabaga, ya’ni ozodlikga qushgan hissalari beqiyos, o‘qish va mehnatdagi ibratlari biz uchun eng oliy va ijobiy namunadir.

 

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba