Viruslar hujayrasining kimyoviy tarkibi.

Оглавление/Munadarija

Viruslar hujayrasining kimyoviy tarkibi.

Viruslar hujayrasining kimyoviy tarkibi.

Viruslarning fiziologiyasi va kimyoviy tarkibini o‘rganish ularning hujayralari tozalash va ularning konsentratsiyasini oshirish metodlarini yaratilgandan keyin imkoniyati yaratildi. Hozirga paytda viruslarni tozalash differensial sentrifugalash uslubi yordamida amalga oshiriladi. Bunda virusni ajratib olish uchun o‘rganilayotgan to‘qima va alohida hujayrani parchalanadi va virus hujayrasi  sentrifugada 15000-200000 ayl/min da cho‘ktiriladi. Cho‘kmaning ustida joylashgan virus zarrachalari tutuvchi suyuqlik sentrifugada 60000-105000 ayl/min cho‘ktiriladi. Natijada oqsillardan 90 % gacha tozalangan virus preparati olinadi. Bundan tashqari viruslarni tozalash uchun ultrafiltratsiya, turli xil adsorbentlarni qo‘llash uslublari qo‘llanilmoqda. Adsorbentlar sifatida kaolin, hayvon ko‘miri, eritrotsitlar va ionalmashinuvchi smolalardan foydalaniladi.

Qarbiy Nil  lixoradkas virusi.

Viruslar hujayralari  ikkita asosiy komponent nuklein kislota va oqsildan iboratdir. Bu hujayralarda ikki xil nuklein kislota tutuvchi boshqa tirik organizmlaridan farqli o‘laroq faqat bitta nuklein kslota DNK yoki RNK bo‘ladi.

Nuklein kislotalarning soni viruslarning  ekologik turlariga boqliq ravishda turlicha bo‘lib, odamlar va hayvonlar viruslarida 4 dan

9 % gacha, o‘simlik viruslarida 5dan 17% gacha va bakteriofaglarda 45 % gacha borishi mumkin. Viruslar nuklein kislotalarining azotli asoslari tarkibi boshqa organizmlar nuklein kislotalariniki kabidir. Faqat faglarning nuklein kislotalari sitozin o‘rnida 5- oksitsitozin to‘tadi. Viruslar DNKsi ikkita ipsimon strukturaga ega bo‘lib, molekulyar oqirligi 1×108,ga tengdir, bu virion massasining 25-50% ni tashkil qiladi. So‘nggi yillarda bakteriyalarningjuda mayda faqat bitta ipli DNK tutuvchi guruhlari topilgan.

Viruslar RNKsi bir ipli strukturaga ega bo‘lib molekulyar oqirligi 2×106ga teng. Ayrim RNK tutuvchi viruslar (Senday virus iva o‘simlik virusi) molekulyar oqirligi 9×106 bo‘lgan ikki ipli strukturaga ham ega bo‘lishi mumkin. Ikki ipli strukturaga ega bo‘lgan RNK Dnk singari xususiyatlarga ega (rangi, D aktinomitsiniga munosabati).

Oqsillar. Viruslar 50-90 % oqsil tutadi. Ularning aminokislota tarkibi boshqa organizmlarning oqsillari bilan bir xil. Viruslarlarning individual harakteri aminokislotalarning tarkibi, soni va ularning ma‘lum ketma-ketlikda joylashinishiga bevosita bog‘liqdir. Viruslar oqsillarining molekulyar oqirligi turlicha bo‘lib, 1700 (tamaki mozaikasi virusi) dan 70000 (kartoshkaning x-virusi)gacha boradi. Ayrim viruslarning tashqi qobig‘i kuchli adsorbsion xususiyatga ega. Ular eritrotsidlarda adsorbsiyalanib, ularni agglyutinatsiya qilishi mumkin.

Viruslar. Uglevodlar va lipidlar. Nuklein kislotalar va oqsillardan tashqari ayrim viruslarda uglevod va lipidlar ham uchraydi. Uglevodlar nuklein kislota va tashqi qobiq tarkibida galaktoza, mannoza, metiloza va geksozalin shaklida mavjuddir. Lipidlar esa xolestirin, neytral efirlar va fosfatidlar shaklida uchraydi. Uglevodlarning soni va tarkibi turli xil viruslarda keng chegaralarda farq qiladi.

Ayrim bakteriyalarning viruslari tarkibida polikation-poliaminlar-putressin va spermidin tipi aniqlangan bo‘lib, ular kichik molekulyar kationlar bilan stabil virus zarrachalarini tashkil qiladi.

Viruslarning hujayra bilan o‘zaro ta‘siri. Viruslar zararlayotgan hujayra bilan o‘zaro munosabatida turlicha hodisalar mavjud bo‘lib, ular jarayonning kechishi va oxirgi mahsulotning hosil bo‘lishi bilan farqlanadi.

Viruslar zararlanayotgan hujayraning xususiyati va tashqi muhit omillariga bog‘liq ravishda uning hujayra bilan ta‘sirlashuvini 3 ta tipini kuzatish mumkin:

  • Viruslarning rivojlanishi hujayrani o‘ldiradi va parchalaydi. Bunday munosabatni p r o d u k t i v  i n f e k s i ya  deyiladi va bu jarayonni chaqiruvchilarni  v i r u l e n t l i deyiladi.
  • Hujayralar yashab qoladi, ammo yetilgan virus zarralari hosil bo‘lmaydi; buni a b o r t i v i n f e k s i ya deyiladi;
  • Viruslar genomi hujayra genomi bilan birlashadi va hujayrining bo‘linishida keyingi avlodga uzatiladi. Bir necha avlod o‘tgandan keyin virusning rivojlanishi kuzatiladi va u hujayrani o‘limga olib keladi. Bunday munosabat v i ro g e n i ya deyiladi.

Virus adsorbsiyasi hujayra va virusning tashqi qismidagi elektrostatik ta‘sirlashuvi natijasida hujayra retseptorlarida hosil bo‘ladi. Adsorbsiya ketadigan ayrim hujayralar lipoproteinlarga kiradi, ayrimlari esa mukoproteid tabiatli retseptorlarda fiksatsiya qilinadi. Hujayraning retseptorlari virus retseptorlari bilan komplementlangan. Viruslar adsorbsiyasi hama vaqt ham hujayra ichiga kirishi bilan kechmaydi. Masalan miksoviruslar eritrotsidlarning ustki qismida yaxshi adsorbsiyalanadi ammo hujayralar ichiga kirmaydi, shuningdek hujayralar tashqarisida ko‘paymaydi ham.

Viruslarni hujayra  ichiga faqat virusga sezgir va beriluvchan bo‘lgan hujayralarda kuzatiladi. Bu jarayon virusning hamda hujayralarning biologik xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir.

Viruslarning hujayralar ichiga singishi faglar, gripp virusida yaxshi o‘rganilgan. Faglarning hujayralar ichiga kirishi quyidagichadir: bakteriya hujayrasiga adsorbsiyalangan fag uning distal qismini parchalaydi, fag plastinkasi ajraladi, u esa hujayralar devorini yemiradi. So‘ngra fag g‘ilofini qisqarishidan fag o‘simtasi sterjeni sitoplazmatik membranani yirtib sitoplazmaga kiradi, undan keyin hujayraga virus DNKsi oz miqdordai poliaminlar va oqsili bilan o‘tadi. Oqsilni esa hujayralar tashqarisida qoladi.

Viruslarni hujayralar ichiga kirishini tahlili shuni ko‘rsatadiki. jarayon so‘ngida viruslar nuklein kislotasini virus tanasi qobiqidan ajralishi bilan kechadi.

Viruslar komponentlarini sintezlanishi. Bu virus zarrachalarini shakllanishini muhim bosqichidir. Nuklein kislotalar va oqsillar sintezi turli paytda va hujayralarni harxil stukturali qismlarida kechadi. Ular qat‘iy ketma-ketlikda boradigan yaxlit jarayondir. Viruslar DNKsi sintezi nuklein kislotalar sintezlanishi prinsipida polukonservativ yo‘l bilan komplementar prinsipi asosida replikatsiya jarayonida DNKning har bir buralgan ipiga yangi komplementar ip birikishidan ota-ona DNKsi xususiyatlari, nuklein kislotalarlarning joylanish tarkibi, bilan bir xil bo‘lgan ikkita yangi DNK molekulasi hosil bo‘ladi. Viruslar DNKsi sintezlanishi uchun substrakt  hujayralar tarkibidagi to‘rtta nukleotid zarurdir. Viruslarlar DNKsi sintezlanishi uchun oldingi virus sintezini ta‘minlovchi fermentlar – i-RNK matritsasi bo‘yicha hujayralar ribosamalarida shakllanidigan, virus DNKsi matritsasida hosil bo‘ladigan – DNK – polimerazalar zarur. Virus spetsifik fermentlar nukleotidlarining hosil bo‘lishida, polinukleatid ipiga birikishida va turli xil viruslar DNKsini kimyoviy ixtisoslashuvida qatnashadi. Viruslar DNKsi sintezida hujayralar fermentlari ham ishtirok etishi mumkin. Bu sintez sitoplazma va yadroda ketishi mumkin. Ikki ipli DNKning sintezlanishi ham shunga o‘xshash bo‘ladi.

Mayda virus- faglarida bir ipli DNK mavjud. Bu DNK molekulasi o‘zining fizik-kimyoviy xususiyatlarini jiddiy o‘zgartiradi. Yopishqoqligi va optik zichligiga ko‘ra u otaonasinikidan farq qilib, ikki ipli DNKnigiga o‘xshashdir. Bu yangi o‘zgargan DNKning replikativ shakli deyiladi. DNKning bunday yangi shaklining hosil bo‘lishi fag bilan zaralangan bakteriyaning nukleotidi xizmat qiladi. Matritsa sifatida esa bir ip zanjirli DNK muhim rol o‘ynaydi. Bu sintez hujayrada virus bilan zararlanishgacha mavjud bo‘lgan fermentlar ta‘sirida amalga oshiriladi.

Virus RNKsi sintezi. Viruslar RNKsi sintezi uchun substrakt sifatida zararlangan hujayraning nukleatidi xizmat qiladi. Virus RNKsi tarkibi hujayra RNKsi moddalari tarkibi bilan bir xildir. RNK sintezi – RNK polimeraza yordamida amalga oshadi. Virus RNKsi sintezi matritsasi bo‘lib uning RNKsi xizmat qiladi va bu sintez sitoplazma va yadroda amalga oshadi.

Virus oqsillari sintezi. Virus oqsillari sintezi uchun substarkt bo‘lib hujayra aminokislotalariga o‘xshash bo‘lgan aminokislotalar xizmat qiladi. DNK tutuvchi viruslarda oqsil sintezida matritsa vazifasini i-RNK bajaradi. U esa virus DNKsida shakllanadi. I-RNK zararlangan hujayraning substraktlarida sintezlanadi.

RNK tutuvchi viruslarda oqsil sintezi DNKning ishtirokisiz boradi. Virusinformatsion RNK o‘rnini virus ixtisoslashgan RNK bajaradi. Ma‘lumki, oqsil sintezining asosiy komponentlaridan biri ribosomalardir. Ularning rolini viruslar oqsili sintezidagi rolini o‘rganishdan ma‘lum bo‘ldiki, hujayraning viruslar bilan zararlanishida Yangi ribosomalarning sintezlanishi to‘xtaydi, bunda hujayradagi eski ribosomalar ozod bo‘ladi, va ularda oqsil sintezlanadi. Ko‘pchilik viruslarda oqsil sintezlanishi sitoplazmada kechadi.

 

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba