Vzvod bo’yicha naryadning vazifasi, tarkibi, qurollanishi.

Vzvod bo'yicha naryadning vazifasi, tarkibi, qurollanishi.

Vzvod bo’yicha naryadning vazifasi, tarkibi, qurollanishi.

Sutkalik naryad harbiy qismning (bo‘linmaning) ichki tartibini saqlash, shaxsiy tarkibi, qurol-aslahasi, harbiy texnikasi va o‘q-dorilari, inshootlari va mulkini  ko‘riqlash, bo‘linmalarda ishlarning ahvolini nazorat qilish va huquqbuzarliklardan ogohlantirish bo‘yicha choratadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilish, shuningdek, ichki xizmat bo‘yicha boshqa majburiyatlarni bajarish uchun tayinlanadi.

Sutkalik naryad tarkibi brigada bo‘yicha buyruqni o‘rganish davrida e’lon qilinadi.

Brigada sutkalik naryadining quyidagi tarkibi ko‘zda tutiladi:

  • brigada buyicha navbatchi;
  • brigada bo‘yicha navbatchining yordamchisi;
  • bo‘linmalarning navbatchilari;
  • qorovul;
  • park bo‘yicha navbatchi va posbon, shuningdek, navbatchi shataklarning mexanikhaydovchilari (haydovchilari);
  • navbatchi feldsher yoxud sanitariya yo‘riqchisi va tibbiyot punkti bo‘yicha posbon;
  • oshxona bo‘yicha navbatchi va oshxonada ishlovchilar;
  • brigada shtabi bo‘yicha navbatchi;
  • navbatchi signalchi-barabanchi; ✓ xat tashuvchilar; ✓ o‘t o‘chirish naryadi.

Har kuni brigada bo‘yicha buyruqqa ko‘ra: brigada bo‘yicha navbatchi, brigada bo‘yicha navbatchining yordamchisi, qorovul boshlig‘i, park bo‘yicha navbatchi, bo‘linmalarning navbatchilari, shuningdek, tarkibidan brigada sutkalik naryad va ishga naryad ajratiladigan bo‘linmalar tayinlanadi. Zarur bo‘lgan hollarda brigada komandiri sutkalik naryad tarkibni qisqartirishga xaqqi bo‘ladi.

Vzvodning sutkalik naryadiga:

  • vzvod bo‘yicha navbatchi;
  • vzvod bo‘yicha posbonlar tayinlanadilar.

Vzvod bo‘yicha posbonlarning almashinish miqdori brigada komandiri tomonidan belgilanadi.

Harbiy xizmatchi ayollar yotoqxonasi bo‘yicha sutkalik naryad tarkibi, shuningdek, uning majburiyatlari vzvod sutkalik naryadiga muvofiq ravishda belgilanadi.

Vzvodlar bo‘yicha navbatchilar o‘rnida ba’zi batalonlarda ularning soni va  joylashish sharoitlariga qarab brigada komandirining qaroriga binoan batalon bo‘yicha navbatchi, brigada ta’minoti bo‘linmalarida esa ular bir joyda joylashganda — bu bo‘linmalar bo‘yicha navbatchi tayinlanishi mumkin.

Posbonlarning soni ko‘rsatiladigan hollarda bo‘linmalarning joylashishi, qo‘riqlashning ta’minlanishi va ichki tartib saqlanishi sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Vzvod bo‘yicha navbatchi serjantlardan va istisno tarzida xammadan ko‘ra yaxshi tayyorlangan askarlar orasidan tayinlanadi. U vzvodda kun tartibining anik, bajarilishi va ichki tartibni saklash bo‘yicha boshqa qoidalariga rioya kilinishi uchun, qurollar, uk-dorili kutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy anjomlari saklanishi va posbonlar xizmatni to‘g‘ri utashi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha navbatchi brigada bo‘yicha navbatchiga va uning yordamchisiga, vzvoddagi ichki xizmat yusinida esa — vzvod komandiriga va vzvod starshinasiga bo‘ysunadi.

Tarqatish oldidan vzvod bo‘yicha yangi navbatchi vzvod tayinlangan sutkalik naryad tarkibini tekshiradi, uni kuzdan kechiradi va vzvod starshinasiga tanishtiradi. Vzvod starshinasi tekshiruvi, majburiyatlarni bilishni tekshirishi va amaliy mashg‘ulot o‘tkazganidan so‘ng eski navbatchidan odamlar joy — joyidaligi va tarkatilishi to‘g‘risida ma’lumot oladi va sutkalik naryadni tarkatishga olib boradi.

Tarkatishdan so‘ng yangi navbatchi eski navbatchi bilan birgalikda qurollarni, o‘kdorili kutilarni va ulardagi muxrni, ruyxatlardagi mulkni tekshiradi va kabul kilib oladi, ut uchirish va xabar qilish vositalarining joy — joyidaligi va shayligini tekshiradi, shundan so‘ng navbatchilar navbatchilikni kabul qilish va topshirish daftariga imzo chekadilar.

Qurollar donalab, rakamiga ko‘ra va butligida kabul kilinadi. Ayni chog‘da kulflar, qo‘riqlash signalizatsiyasi, javonlar, muxrlar va boshqa uskunalarning sozligi tekshiriladi. Navbatchilikni qabul kilgach, yangi navbatchi eskisi bilan birgalikda vzvod komandirining, u yuq paytda esa vzvod komandiri o‘rinbosarining, agar u ham yuk, bo‘lsa, vzvod starshinasining xuzuriga navbatchilikni topshirish va kabul qilish to‘g‘risidagi bildiruv bilan kiradilar.

M a s a l a n: «O‘rtoq kapitan. Serjant Sulaymonov vzvod bo‘yicha navbatchilikni topshirdi». «O‘rtoq kapitan. Kichik serjant Krsimov vzvod bo‘yicha navbatchilikni kabul kildi».

So‘ngra vzvod bo‘yicha yangi navbatchi tarqatish brigada bo‘yicha navbatchi tomonidan berilgan barcha tanbexlar va ko‘rsatmalarni, shuningdek, navbatchilikni kabul qilish chog‘ida aniklangan buzukliklar va kamomadni ma’lum kiladi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba