Vzvod bo’yicha posboning majburiyatlari. Navbatchilikdagi posbon o’z majburiyatlarini bajaradigan joy va uning jihozlanishi.

Vzvod bo'yicha posboning majburiyatlari. Navbatchilikdagi posbon o'z majburiyatlarini bajaradigan joy va uning jihozlanishi.

Vzvod bo’yicha posboning majburiyatlari. Navbatchilikdagi posbon o’z majburiyatlarini bajaradigan joy va uning jihozlanishi.

Vzvod bo‘yicha posbon askarlardan tayinlanadi. U uning muxofazasi ostida bo‘lgan qurol, to‘plangan javonlar (qutilar), o‘q-dorili qutilar, vzvod mulki, askar va serjantlarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun javob beradi. Vzvod bo‘yicha posbon vzvod bo‘yicha navbatchiga bo‘ysunadi.

Vzvod bo‘yicha navbatdagi posbon kazarma xonasi ichkarisida kirish eshigi oldida, qurol saqlash uchun xona yaqinida xizmatni  o‘taydi.

U:

— vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz vzvod xonasidan xech kayokka jilmaslikka, qurol saqlash uchun xonani doimiy kuzatib turishga;

— begona kishilarni xonaga o‘tkazmaslik, shuningdek, kazarmadan vzvod bo‘yicha navbatchining olib chiqib ketilishiga yul kuymaslikka;

— vzvoddagi barcha ko‘ngilsiz hodisalar, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning nizomlarda belgilangan qoidalari buzilishlari to‘g‘risida vzvod bo‘yicha navbatchiga zudlik bilan biddirishga, ularni bartaraf etish uchun choralar ko‘rishga;

— shaxsiy tarkibni umumiy o‘ygotish paytida, shuningdek, trevoga paytida yoxud yong‘in bo‘lganda tunda o‘ygotishga;

— kun tartibiga muvofiq komandalarni o‘z vaqtida berishga;

— xonalarda ozodalik va tartibni nazorat qilib turish va xizmatchilardan ularga rioya

qilishni talab etishga;

— sovuq vaqtida, ayniksa, tunda harbiy xizmatchilarning xonadan kiyinmasdan chikishlariga yo‘l kuymaslikka;

— harbiy xizmatchilar faqat ajratilgan xonalar yoxud joylarda chekishlariga, poyabzal va kiyimni tozalashlariga ko‘z-kulok, bo‘lib turishga;

— vzvod komandiri va undan yuqori to‘g‘ridan — to‘g‘ri boshliqdar va brigada bo‘yicha navbatchi kelganda «Rostlan» komandasini berish; vzvodning  ofitserlari, shuningdek, vzvod starshinasi va o‘z vzvodidan bo‘lmagan harbiy xizmatchilar vzvodga kelishi bilan navbatchini chaqirishga majburdir.

Masalan: «Vzvod bo‘yicha navbatchi, eshikka». Navbatdagi posbonga o‘tirish, anjom aslaxasini echish va kiyimining tugmasini echish man etiladi. Bo‘sh turgan smena posboni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga va vzvod bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz xech qayokqa jilmaslikka, vzvod askarlari yoxud serjantlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning harbiy nizomlarda belgilangan qoidalari buzilgan xollarda unga tartib o‘rnatishga yordam berishga; vzvod bo‘yicha navbatchi o‘rnida qolganda uning majburiyatlarini bajarishga majburdir.

Vzvod zaxira manzillarida joylashtirilgan paytda posbonlardan biri ko‘chada, brigada komandiri belgilagan va yomon xavodan ximoya uchun jixozlangan bostirmada xech yoqqa jilmasdan turadi.

Posbon vzvod bo‘yicha navbatchi kaerda ekanligini har doim bilishga va harbiy xizmatchilar tomonidan jamoat tartibi va harbiy kiyim — kechak rusumini kiyib yurish qoidalariga rioya qilinishi ustidan kuzatib turishga majburdir. Aniklangan barcha buzilishlar to‘g‘risida u vzvod bo‘yicha navbatchiga bildiruv beradi.

Navbatdagi posbonga o‘tirish, anjom aslahasini echish va kiyim tugmasini echish man etiladi. Ozod smena posboni vzvod xonalarida ozodalik va tartibni saqlashga majburdir. U vzvod bo‘yicha navbatchining o‘rnida qolganda uning majburiyatlarini bajarishga majburdir.

Navbatdagi posbon o‘z xizmat vazifalarini bajaradigan joy (post)da quyidagi jihozlar bo‘lishi kerak; vzvod bo‘yicha navbatchining xujjatlari bayon qilingan stend, yog‘och tumbochka, telefon, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari, o‘t o‘chirish vositalari.

 

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba