Yadro qurolini shikastlovchi omillari.

Yadro qurolini shikastlovchi omillari.

Yadro qurolini shikastlovchi omillari.

YAdro qurolini shikastlovchi omillari quyidagilardan iborat:

  • portlash to‘lqini yoki zarba to‘lqini;
  • yorug‘likning nurlanishi;
  • yorib kiruvchi radiatsiya;
  • joylarni zararlaydigan radioaktiv moddalar; – elektromagnit impuls.
  1. 3arba (portlash) to‘lqini portlash markazidan hamma tomonga tovush tezligidan ham katta tezliqla tarqaladigan, juda katta bosimda siqilgan havo zonasidan iborat. Siqilgan havo zonasining oldingi chegarasi zarba to‘lqini fronti deb ataladi. Siqilgan xavo zonasida hosil bo‘lgan eng katta havo bosimi (Rf) va atmosfera bosimi orasidagi (Ro) bosimning farqi zarba to‘lqini frontidagi yuqori bosim (∆Rf) ni tashkil qiladi.

3arba to‘lqini o‘tib ketgandan so‘ng, bosim tezda pasaya boshlaydi va bir necha vaqtdan so‘ng atmosfera bosimidan ham pasayib ketadi. Vaqt o‘tishi bilan oldingi holatiga qaytadi, ya’ni atmosfera bosimi tiklanadi. 3arba to‘lqini natijasida paydo bo‘lgan bosim atmosfera bosimiga qaraganda uzoqroq tursa zichlanish fazasini, atmosfera bosimidan kamroq vaqt tursa siyraklangan fazani tashkil qiladi.

3arba to‘lqini oldingi 1000 metrni 2 sekundda, 2000 metrni 5 sekundda, 3000 metrni 8 sekundda o‘tadi, shu vaqt orasida kishi osmonda yorug‘ shu’lani ko‘rishi bilan yashirinishga ulguradi va zarba to‘lqini shikastlashidan saqlanib qoladi. 3arba to‘lqinining shikastlash kuchi zichlanish fazasida hosil bo‘lgan bosimga bog‘liq. Bunda siyraklashgan faza hech qanday ta’sirlash kuchiga ega emas, u faqat zichlanish fazasi ta’sirini kuchaytirish xususiyatiga ega xolos.

Zarba to‘lqini yadro portlashi vaqtidagi asosiy shikastlovchi omil bo‘lib hisoblanadi va jami portlash energiyasining taxminan 50% i  shu omilga to‘g‘ri keladi.

Zarba to‘lqini odamlarni, harbiy texnika vositalari, qurollarni, fortifikatsion inshootlar, mol-mulklarni shikastlaydi va ko‘p vayronagarchiliklarni keltirib chiqaradi. Kishilar zarba to‘lqinidan bevosita yoki bilvosita – imoratlardan tushgan narsalar, daraxtlarning sinib yoki ag‘anab tushishi va boshqalardan zarar ko‘rishi mumkin.

SHikastlanishning asosiy sababi zarba to‘lqini ta’sirida atmosfera bosimining keskin oshib ketishidir. Buni odamlar zarba deb tasavvur qiladilar, bundan tashqari, odam tezlanish bosimini sezadi va shu tufayli yiqilishi yoki og‘ib ketishi mumkin. Zarba to‘lqini ta’sirida odamning turlicha mexanik jarohatlanishi: tomir va to‘qimalari uzilishi, suyaklari sinishi, nog‘ora pardasi yirtilishi va boshqalar kuzatiladi:

Jang maydonlarida zarba to‘lkinidan saklanish uchun turli xil pana joylar, okoplar, xandaqlar, chuqurliklar va boshqa yashirin joylardan foydalaniladi (34-rasm). Pana joylar, xandaqlar va okoplar zarba tulqinini 3-10 barobar kamaytiradi.

YOrug‘lik nurlanishi – yadro portlashidan hosil bo‘lgan olovli shardan chiqadigan va nihoyat darajada ko‘p kuydiruvchi issiqlik energiyasi tarqatadigan yorug‘lik nuri oqimidan iborat. YAdro portlashi jami eneryaning taxminan 35% i yorug‘lik nurlanishiga to‘g‘ri keladi. YOrug‘lik nuri tarqalishi 8-15 sekund davom etadi, bu nur faqat to‘g‘ri yo‘nalishda tarqaladi.

SHaffof bo‘lmagan har qanday to‘siq yorug‘lik nurlanishi ta’siridan saqlab qoladi.

YOruglik nurlanishi katta masofalarga bir lahzada tarqalib, turli materiallarni eritish, yondirish, himoyalanmagan odamlar va hayvonlarni kuydirish yoki ularning himoyalanmagan terisini turli darajada kuydirish, ko‘zni zararlash, o‘rmonlarda va aholi yashaydigan punktlarda yong‘in chiqarish xususiyatiga ega.

Moddalarning yorug‘lik nurlanishidan zararlanishi ularning qay darajada qizdirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Modalarning qizishi esa o‘z navbatida quyidagi omillarga: yorug‘lik impulsining kuchiga, moddalarning xususiyatiga, moddalarning issiqlikni yutish koeffitsientiga, namligiga, yonuvchanligiga bog‘liq. qora rang mato oq rangdagiga qaraganda yorug‘lik nurini ko‘p yutadi. Masalan, qora rangli mato 99% yorug‘lik energiyasini yutadi, mosh rang mato 60%, oq rang mato esa 25% yorug‘lik energiyasini yutadi.

YOrug‘lik nurlanishi ko‘zga tushganda (ayniqsa tunda, chunki ko‘z qorachig‘i kengaygan bo‘ladi) ko‘z qamashishi kuzatiladi. Ko‘z qamashishi vaqtincha davom etadi. Bunga sabab ko‘zdagi rodopsin pigmentining (to‘q qizil rang) kamayishidir. Agar nur yaqin masofadan ko‘zga ta’sir qilsa, ko‘zning to‘r pardasi qo‘yadi va typg‘un ko‘rlik holati vujudga keladi. SHuning uchun osmonda birdan chaqnash yuz berganda unga qarash mumkin emes.

YOrug‘lik nurlanishi faqat odamlarga ta’sir qilib qolmasdan balki harbiy qurollarga, texnika vositalari, rezina buyumlar, detallar, giloflar, harbiy vositalarga, bo‘yoqli yuzalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida ularning yonib ketishi yoki bo‘lmasa kuyib ko‘mirga aylanishi kuzatiladi.

O‘tuvchan radiatsiya – yadro portlashida chiqadigan ko‘rinmac va sezilmas gammanurlar hamda neytronlar oqimidan iborat: Bunga yadro portlash energiyasining taxminan 5% i sarflanadi. YAdro portlashi sodir bo‘lgandan15-20 sekund o‘tgach yadro va termoyadro reaksiyasi natijasida gamma-nurlar, neytronlar oqimi, alfa-va beta zarrachalirining juda kuchli oqimi tarqaladi. Lekin o‘tuvchan radiatsiyaga faqat gamma-nurlar va neytron oqimi kiradi, alfava beta-zarrachalarining havoda bosib o‘tgan yo‘li kalta bo‘lganligi uchun, ularda o‘tuvchanlik xossasi kam.

  • l f a   z a r r a ch a l a r geliy atomi yadrosidan iborat bo‘lib, ikki proton va ikki neytrondan tashkil topgan.
  • e t t a z a r r a ch a l a r yo elektron yoki pozitrondir. Har bir beta-zarracha bir elementar elektr zaryadiga teng bo‘lgan zaryadga ega. Uning tezligi energiyasiga bogg‘liq bo‘ladi Ust-bosh o‘tuvchanlikni ancha kamaytiradi, avtomobil oynaklari yoki 1 mm qalinliqlagi metall to‘siqlar beta-zarrachalarni to‘liq o‘tkazmaydi.

G a m m a  n u r l a r  nur energiyasining ayrim fotonlari oqimidan iborat bo‘lib, to‘g‘ri chiziq, bo‘ylab yorug‘lik tezligida (300 000 km.sek) tarqaladi.

Gamma-nurlarining havoda bosib o‘tgan yo‘li yuzlab metrlarni tashkil qiladi, shuning uchun o‘tuvchanlik xossasi cheksiz bo‘lib hisoblanadi. Uning o‘tuvchalik xususiyati betazarrachalarnikiga qaraganda 50-100 barobar kuchli rivojlangan.

20- kilotonnali atom bombasi havoda portlatilganda uning o‘tuvchan radiatsiyasi doirasi quyidagicha bo‘ladi: 800 metrgacha – 100% o‘lim sodir bo‘ladi (10000 R dozaga yaqin); 1,2 km da-75% o‘lim sodir bo‘ladi (1000 R ga yaqin dozasi); 2 km – 1-11 darajali nur kasalligini (50 200 R dozasi) keltirib chiqaradi. Neytron bomba portlaganda o‘tuvchi radiatsiya juda kuchli rivojlanadi. Agar bir ming trotil ekvivalentga teng bo‘lgan neytron bomba portlatilsa, uning zarba to‘lqini va yorug‘lik nurlanishi faqat 130-150 m doiradagi masofani zararlaydi. O‘tuvchan radiatsiyadan saqlanish uchun pana joylar va inshootlardan foydalaniladi. Himoya qiluvchi vositalarning zichligi qancha yuqori bo‘lsa, u gamma-nurlarini o‘zida shuncha ko‘p tutib qoladi. SHuning uchun himoya qiluvchi materiallar qalinligini topish uchun «yarim susaytiruvchi qavat» tushunchasi kiritilgan. Bunda ushbu materialning qalinligi o‘tuvchan radiatsiya miqdorini 2 barobar kamaytirishi kerak. Materiallar qalinligini hisoblash asosan gamma-nurlar misolida o‘tkaziladi.

YArim susaytiruvchi qavat (K0,5), sm

Zararlanish manbalari Zichligi, g.sm3 YArim susaytiruvchi qavat, sm
         gamma-

nurlaridan

gamma –

bo‘linishlardan

Suv 1,0 14-20 3-6
Daraxt 0,7 15-30 10-15
Tuproq, er 1,6 10-14 11-14
Beton 2,3 6-12 9-12
Bron (zirx) 7,8 2-3 5-12
qo‘rg‘oshin 11,3 1,4-2 9-12
Po‘lat 7,8 2,8-3 5-12
qor 0,4 50

 

Jang maydonlarida zarba to‘lkinidan saklanish uchun turli xil pana joylar, okoplar, xandaqlar, chuqurliklar va boshqa yashirin joylardan foydalaniladi.

Pana joylar, xandaqlar va okoplar zarba tulqinini 3-10 barobar kamaytiradi.

Dalada qurilgan pana joylarning himoyalash koeffitsienti (gamma-nurlar bo‘yicha) 2501000 ni tashkil qilishi kerak, ya’ni bu pana joylarning usti 112-140 sm qalinliqlagi tuproq bilan yopilgan bo‘lishi kerak.O‘tuvchi radiatsiyaning kirish xususiyati 35- rasmda ko‘rsatilgan.

O‘tuvchi radiatsiya tirik to‘qimalar molekulalarini ionlashtirib, organizmning hayotiy faoliyatini 6uzadi va kishini turli darajadagi nur kasalligiga yo‘liqtiradi, ba’zan esa halok qiladi. Odamga 50 rentgen radiatsiya qiska vaqt davomida ta’sir etganda organizmda sezilarli o‘zgarishlar yuz bermaydi. Hozirgi vaqtda nur kasalligi kechishiga ko‘ra: engil, og‘ir va o‘ta og‘ir turlarga bo‘linadi. Nur kasalligi og‘irligi va kechishiga ko‘ra o‘tkir va surunkali bo‘ladi.

Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishi

yadro portlashi natijasida hosil bo‘ladi, bunga yadro portlashi energiyasining taxminan 10% i sarflanadi.

YAdro portlashi natijasida hosil bo‘lgan ko‘p miqdordagi radioaktiv moddalar xavo oqimiga ergashib portlash markazidan o‘nlab, yuzlab kilometr masofalarga tarqaladi. Havo turar joylar, suv manbalari, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari va boshqa narsalarni zararlaydi. Zararlangan joylardagi radioaktiv moddalar odamlarga va hayvonlarga sirtdan ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur moddalar ovqat, suv orqali organizmga tushib, ichdan ta’sir kvrsatadi, oqibat natijada odam va hayvonlarda turli darajadagi nur kasalligi paydo bo‘ladi.

Joylarning radioaktiv moddalardan zararlanishiga asosan quyidagilar: yadro portlashi natijasida hosil bo‘lgan radioaktiv izotoplar yoki parchalanish «zarrachalari», ba’zi moddalarning radioaktiv holatga o‘tishi va yadro reaksiyasi natijasida parchalanishga ulgurmay qolgan yadro zaryadlari sabab bo‘ladi.

Uran va plutoniyning parchalanishidan hosil bo‘lgan radioaktiv izotoplar yoki parchalanish «zarrachalari» eng xavfli zararlanish manbai hisoblanadi.

Parchalanish «zarrachalari» ichida eng ko‘p uchraydigan izotoplar ittriy, tellur, molibden, yod, ksenon, bariy, lantan, stronsiy, seziy, sirkoniydir.36-rasmda uran-235 yadrosining parchalanishi natijasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan yod na ittriyning radioaktiv izotoplari ko‘rsatilgan. Bu moddalar keyinchalik betaparchalanishi tufayli barqaror lantan va molibden yadrolariga aylanadi.

YAdro zaryadi portlashi ro‘y berganda osmonga ko‘tarilib chiqqan tuproq, chang portlash maxsulotlari bo‘lmish izotoplar bilan aralashib ketadi. Buning natijasida qo‘ziqorin shaklida hosil bo‘lgan bulutning hammasi radioaktiv xususiyatga ega bo‘ladi Radioaktiv changlar ekinzorlarga tushishi natijasida zararlanish ro‘y beradi. Bunday joylar va narsalar radioaktiv moddalar bilan zararlangan deb ataladi. Joylarga tushgan radioaktiv zarrachalarning yarim emirilish davri turlicha bo‘ladi (15- jadval).

Portlashda hosil bo‘lgan radioaktiv maxsulotlar- yarim emirilish davri nisbatan qisqa bo‘lgan va yarim emiripish daarajasi tezda yo‘qolib ketadigan radioizotoplar yuqori foizni tashkil etadi. Portlashdan so‘nggi birinchi soatlarda radiatsiya darajasi tezda kamayib ketadi.

Radioaktiv moddalar bilan qo‘shilgan bulut o‘tgan joylarda cho‘ziq ellipssimon radioaktiv «iz» qoladi. Radioaktiv bulut qoldirgan «iz» radioaktiv moddalar izi o‘qidan qancha uzoqlashsa, radiatsiya darajasi shuncha kam bo‘ladi va kishiga kam ta’sir ko‘rsatadi.

bu erda t0 – radioaktiv moddaning erga tushish vaqti, R – portlash markazidan uzoqlashgan masofa (km hisobida), V – shamolning tezligi (km.soatda).

Elektromagnit impuls – va ikkilamchi zaraharlovchi omillar. YAdro zaryadlarining portlashi natijasida havoning ionlashishi kuzatiladi, hosil bo‘lgan elektronlarning yuqori tezliqla harakati tufayli elektromagnit maydoni paydo bo‘ladi. Buning natijasida elektromagnit razryad va tok hosil bo‘ladi. Atmosferada paydo bo‘lgan elektromagnit impuls chaqmoq singari tarqalgan holda antennalarda, kabellarda, elektr uzatish tarmoqlarida va simlarda kuchli kuchlanishga ega bo‘lgan tok hosil qiladi.

Er yuzida havoning past qismlarida yadro zaryadi portlatilganda elektoroimpulsning shikastlovchi ta’siri portlash markazidan bir necha kilometr uzoqliqla kuzatiladi. Er yuzidan ancha  balandliqla va xavoda portlatilgan yadro zaryadi natijasida elektromagnit impuls, maydoni portlatilgan markazda va er yuzasidan 20-40 km balandliqla ham elektromagnit impuls maydoni hosil bo‘lishi kuzatiladi. Kuchlanish maydoni xosil bo‘lgan elektromagnit maydonining shikastlovchi omili bulib hisoblanadi. Kuchlanish maydonining kuchliligi portlatilgan yadro zaryadining quvvatiga, portlatish balandligiga, portlash markazidan uzoqligiga va atrofmuhitning xossasiga bog‘lik bo‘ladi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba