Yakka o’rash paketini ishlatish qoidalari savollari bo‘yicha amaliy dars o’tish uslubi.

Yakka o'rab qo‘yish paketini ishlatish qoidalari savollari bo‘yicha amaliy dars o'tish uslubi.

Yakka o’rash paketini ishlatish qoidalari savollari bo‘yicha amaliy dars o’tish uslubi.

Birinchi tibbiy yordam odatda bevosita hodisa yuz bergan joyda, tabiiy ofat o‘chog‘ida o‘ziga va o‘zaro yordam tartibida ko‘rsatiladi. Bunda quyidagi muhim shartlarga amal qilish zarur:

  1. birinchi navbatda qon ketish vaqtinchalik to‘xtatiladi;
  2. so‘ngra iloji boricha tezroq jarohat aseptik bog‘lam bilan yopiladi, bu bog‘lam jarohatga mikrob tushushidan saqlaydi, kapilyar qon ketishni to‘xtatishga yordam beradi va maolum darajada og‘riqni pasaytiradi.

Agar bog‘lam qo‘yishga kiyim xalaqit bersa u echib tashlanadi yoki qirqib olinadi.

Bog‘lam qo‘yishda quydagi qoidalarga qatiyan amal qilish zarur:

  • jarohatni hech narsa bilan yuvmaslik, begona narsalarni undan olmaslik va qo‘llar bilan jarohatga tegmaslik kerak;
  • yaraga steril bo‘lmagan bog‘lovchi materialni qo‘ymaslik, jarohatga tegib turgan materialga qo‘llarni tekkizmaslik kerak;
  • jarohatni o‘rab turgan terini yod eritmasi bilan artilgach jarohat asetik bog‘lam bilan yopiladi.

Jarohatni bog‘lashda individual bog‘lov paketidan foydalanish juda qulaydir. Agar standart aseptik bog‘lamlar bo‘lmasa, avvaldan tayyorlangan qo‘l osti materiallardan (kiyim, choyshab, yostiq jildi va boshqa) lardan foydalanish mumkin.

Jarohatni davolashda tananing jarohatlangan qismi uchun mumkin bo‘lgan maksimal tinchlikni yaratish (immobilizatsiya) muhim omil hisoblanadi.

Boshga, ko‘krakka, qoringa va xokazo joylarga tozalangan bintni qo‘yish qoidalari.

Boshning sochli qismi jarohatiga “chepets” deb ataladigan bog‘lam qo‘yiladi, bunday bog‘lam bint bilan pastga jag‘ga bog‘lab mustahkamlanadi. Bintdan 1m. cha keladigan qilib qirqib olinib, o‘rtasi jarohatni yopib turgan steril salfetka ustiga, bosh tepasi sohasiga qo‘yiladi, uning uchlari quloqlar oldidan tik pastga tushirilib, tarang qilib tortib turiladi. Bundan gir aylantirib ushlab turadigan bint o‘tkaziladi (1), so‘ngra tugiladigan joyga etgandan keyin bintni shu joydan qaytarib, qiyshiq holda ensaga qarab olib boriladi(2). Bint ikkinchi tamonda ham tugiladigan joy atrofidan qaytarilib, qiyshiq holda peshonaga qarab yurgiziladi (3). SHu tariqa bintni bir safar ensadan, bir safar peshonadan o‘tkazib (1-10) va har safar tikroq yurgizib borib, boshning butun sochli qismi berkitib chiqiladi.

Katta jarohat bo‘lganda yuz sohasi jarohatlanganda “yugancha”  ko‘rinishda bog‘lam qo‘ygan maoqul. SHundan keyin bintni 2-3 marta gir aylantirib o‘rab, bog‘lam mahkamlab qo‘yiladi. Tugunnning uchlari engak tagidan kapalak nusxa qilib bog‘lanadi. Odamning bo‘yni, tomog‘i yoki ensasi jarohatlangan bo‘lsa butsimon bog‘lov qo‘yiladi.

Boshda kata; burun, peshona va ensaga sopqonsimon bog‘lam qo‘yish mumkin. Bog‘lam tagidan jarohat yuzasi steril salfetka yoki bint qo‘yib qo‘yiladi.Yakka o’rash paketini ishlatish

Qonni vaqtinchalik to‘xtatish usullari.

Jarohatlangan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda quyidagi usullarda vaqtinchalik qon  to‘xtatiladi:

  1. Tananing jarohatlangan qismi tanaga nisbatan balandroq qilib qo‘yiladi;
  2. Jarohatni bosib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi;
  3. Arteriyalarni barmoq bilan bosib turiladi;

4.Bo‘g‘imlarni maksimal tarzda bukib bog‘lanadi;

  1. Bo‘g‘imlarni jgut bilan bosib turiladi (jgut bo‘lmasa burama solinadi).

Qo‘l osti materiallardan tayyorlangan jgut burama deyiladi. Jgut va burama solish kiyimning ustidan amalga oshiriladi, agar kiyim bo‘lmasa yumshoqroq material to‘shab olinadi.

Jgut (burama) faqat kuchli arterial qon  ketishda ishlatiladi. Jgut yozda 1,5-2 soatda, qishda 1-1,5 soatda bo‘shatib turilishi kerak, bolalarda esa 1 soatda.

Yakka o’rash paketini ishlatish qoidalari savollari bo‘yicha amaliy dars o’tish uslubi.

 

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba