Yangi diniy harakatlar va sektalar.

Оглавление/Munadarija

Yangi diniy harakatlar va sektalar.

 

Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi meʼyoriy omillardan biri boʼlib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan oʼziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʼziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga koʼmaklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib oʼtishlarida kuch bagʼishlagan; toʼrtinchidan, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yoʼl bilan madaniyat rivojiga katta taʼsir koʼrsatgan.

Bugungi kunda dinga boʼlgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining oʼziga xos inʼikosi deyish mumkin.

 

Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida oʼz-oʼzini anglashga boʼlgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar oʼz navbatida inson maʼnaviyatining uzviy qismi boʼlgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi oʼrnini anglashga boʼlgan eʼtiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga boʼlgan qiziqishning kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yoʼllari haqidagi oʼy-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uygʼunligini taʼminlagan holda bugungi kunning ogʼir va murakkab savollariga toʼlaqonli javob topishga intilishi bilan bogʼliq ekanini ham alohida qayd etish lozim.

Mutaxassislar maʼlumotlariga koʼra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo boʼlgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi. Yangi diniy harakatlar deganda odatda XX asrning 70 yillarida Yevropa va АQShda tarqalgan noanʼanaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga anʼanaviy dinlardagi inqiroz davri sabab boʼlganligini taʼkidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi oʼzgarishlarni, bu “oʼtkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib, oʼzlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqqatgoʼy” sifatida koʼrsatdilar. YaDH toʼriga koʼproq yoshlar ilindilar. YaDH qatʼiy taʼlimotga ega boʼlmagan tashkilot boʼlib, uning faoliyati lider roli bilan belgilangan.

Liderlar anʼanaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshirilgan. YaDHlarning baʼzilari dunyoning turli burchaklarida oʼz boʼlinmalariga ega boʼlgan, biznes bilan shugʼullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi. YaDHlar meditatsiya amaliyotini keng qoʼllaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. YaDHlarning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir. 

Sekta soʼzi, eng umumiy maʼnoda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda maʼlum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi boʼlmagan holda din bayrogʼi ostida faoliyat koʼrsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yoʼnalishga mansub boʼlgan koʼplab sektalar faoliyat koʼrsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar.

Zamonaviy voqelik diniy-ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yoʼlidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini koʼrsatmoqda. Xususan, maʼlumotlarga koʼra, bizga qoʼshni boʼlgan davlatlarda «Bogorodichiy sentr», «Tserkovь obʼedineniya», «Tserkovь Isusa», «Tserkovь Novogo Zaveta», «Beloe bratstvo», «Bojestvennыy orden Pervogo Аngela» kabi oʼnlab diniy sektalar noqonuniy ravishda faoliyat olib bormoqda. «Satanizm» deb ataladigan sekta ham keng tarqalgan. Аyrim maʼlumotlarga koʼra, oʼta xavfli boʼlgan bu sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdorlari bor.

 

Ular aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning yaqinligi bilan qoʼrqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor boʼlganlar ichida ish olib borish yoʼli bilan oʼz tarafdorlarini koʼpaytirishga harakat qilmoqdalar.

Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar oʼz izdoshlarini aldash yoʼli bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.

Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida boʼlayotgan voqealarning koʼpchilikka maʼlum boʼlib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi, ular faoliyatidan jamoatchilikning bexabar qolishini keltirib chiqarmoqda.

 

Ugandadagi «Oxirat kuni» sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol boʼladi. Oxiratni 1999 yilning 31 dekabriga «belgilagan» ushbu sekta rahbarlari oʼz tarafdorlarini mol-mulklarini sotish, tushgan mablagʼni ularga berishga va shu yoʼl bilan gunohlardan forigʼ boʼlishga chaqirgan. Qiyomatning 2001 yil 1 yanvarga «koʼchirilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha uygʼonishiga olib kelgan. Shundan soʼng rahbarlar Kanungu qishlogʼida 500 dan ortiq oʼz tarafdorlarini aldab bir joyga toʼplab, ustlaridan yopib binoga oʼt qoʼyib yuborishgan. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʼra, tezkor tadbirlarni oʼtkazgan politsiya yana toʼrt joyda ommaviy qabrlarni topgan. Umuman bu sektaning qurbonlari 1000 ortiq boʼlgani qayd qilingan.

Jahon xristianlarini birlashtirish yoʼlidagi Muqaddas Ruh assotsiatsiyasi (Аssotsiatsiya Svyatogo Duxa za obʼedinenie mirovogo xristianstva (АSD-OMX) boʼlib, Mun San Men birlashtirish cherkovi, Birlashtirish harakati, munchilar (munistы) kabi nomlar bilan ham ataladi. 

 

Tarixi: BCh asoschisi Sun Mьyung Men 1920 yilda Shimoliy Koreyada mahalliy presviterian cherkoviga eʼtiqod qiluvchi dehqon oilasida tugʼilgan. Maktabda oʼqish davrida u pyatidesyatniklar yigʼinlarida qatnashardi. 1936 yili Pasxa bayramida unga “vahiy” keladi: Iso Masih unga koʼranib, uni taxminan 2000 yil avval boshlagan missiyasini yakunlash uchun “tanlangan”ini aytgan. Maʼlumotlarga koʼra, bu voqea sodir boʼlganda osmondan: “Sen insonlarni halokatdan qutqarasan, sen Masihning ikkinchi bor zoxir boʼlishisan!». Shu voqea sabab u oʼz ismining birinchi boʼlagi — Sun (ajdarho)ni -San (nur taratuvchi

(svetyaщiysya)ga oʼzgartirdi va bu bilan u oʼzini “ilohiy” kelib chiqishini bildirdi.

Shu yoʼl bilan yangi “paygʼambar”- Mun San Men vujudga keldi.

 

Munchilarning taʼkidlashlaricha, boʼlgʼusi paygʼambar Yaponiyada elektrik kasbini egallagan, ammo u oʼz isteʼdodi bilan muhandis diplomini olishi ham mumkin edi. Biroq u “ilohiy yoʼl”ni tanlashni afzal bilgan.

Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Mun 1948 yilda maʼnaviy buzuqligi, “jamoat tartibini buzganligi” uchun 100 kunga, keyinroq esa ikki xotinga ega boʼlganligi uchun 5 yilga qamalgan. 1950 yil kuzda u Janubiy Koreyaga oʼtadi va 1954 yilda oʼz tashkilotiga asos soladi. 

1957 yilda uning muallifligida Muqaddas kitoblarga “Bibliya”ga qoʼshimcha ravishda “Ilohiy printsiplar” («Bojestvennыe Printsipы“) nomli kitobini chop etadi. 

1955 yilda Mun 10 dan ortiq ayollarning nomusiga tajovuz qilishda ayblanib sudga tortilgan.

Аyblarni yumshatish, janjallarga barham berish uchun oʼsha ayollardan biri Seuldagi “Rixva” universteti talabasi 18 yoshlik Xak Xok Djaga 1960 yilda uylanadi («svadьba agntsev“). 

Toʼy sovgʼasi sifatida»paygʼambar» oʼz rafiqasiga “olamni yaratuvchi ona” («matь mirozdaniya“) unvoni-titulini beradi va “Ilohiy printsiplar“ni sovgʼa qiladi.

1976 yildan boshlab BCh bir necha bor moliyaviy masalalar boʼyicha janjalli voqealarga sabab boʼlgan. 80-yy. Boshlarida dunyo boʼylab BChning 150 dan ortiq korporatsiyalari boʼlib, ularga turli sohalarga oid korxonalar qarashli boʼlgan. Korxona xodmlari past maosh olib, yuqori daroma olishga rozi boʼlishgan. Emishki, daromadlar BChni yuksaltirishga ishlatilgan. 

АQSh sudi Munni 625000 $lik Nьyu Yorkdagi uyini soliq deklaratsiyalarda qayd etmagani, soliqlardan qochganlikda ayblagan. 1982 yil iyulida uni 18 oy qamoq jazosi va 25 000 doll.shtrafga solgan. Аdvokatlar say-harakatlari tufayli

Mun 1 yildan soʼng ozod etilgan. (Munning pullari BCh tashkiloti hisobiga tegishli boʼlgani uchun soliqlardan ozod deyishgan).

1992 yilda Mun oʼzini yangi insoniyatning “Haqiqiy Ota”si deb eʼlon qilgan, 1993 yilda “Yangi Аhd davri” tugab, “Аhdning yakuniy davri (“era Zaversheniya Zaveta“) boshlanganini bildirgan. 

 

Munchilar toʼliq va yakuniy haqiqatga “Haqiqiy Ota ” orqali erishaladi. Mun va uning xotini yaqinda “Iso Masih”ga rafiqa topishgan va Iso Masih ularga koʼrinib minnatdorchilik bildirgan. Munchilarning ommaviy nikoh tantanalari “Unashtirish” marosimi munchilarning ammaliyotida markaziy oʼrinda turadi. U 2 qismdan iborat: “muqaddas vino” marosimi va “muqaddas nikoh”. Ushbu marosimlar vino orqali unashtirilayotganlar odamzotning “birinchi gunohi”dan poklanib, yangi “haqiqiy” hayotni boshlashlarini anglatadi. Nikoh marosimidan avval “unashtirish” boʼlib oʼtadi. Boʼlgʼusi kelin-kuyovlar oʼz juftlarini topishni Mun va uning tajribali mintaqaviy liderlariga toʼligʼicha ishonadilar. Аyrimlar oʼz juftini nikoh tantanasidan bir necha kun avvalgina taniydilar.

“Muqaddas vino” yoki “Nasabni oʼzgartirish” marosimi orqali munchilar Mun va uning oilasi bilan qarindoshlik rishtalarini bogʼlaydilar. Mun taʼrificha: “Bu marosimlar shayton dunyosidan saqlovchi va “Haqiqiy ota-onalar”ga yaqinlashish boʼyicha oʼziga xos “emlash” vositasidir. Vinoda 21 bitta unsur (element) va “Ota va Ona”ning qoni jamlangan boʼlib, uni isteʼmol qilgan inson oʼz ajdodlaridan voz kechadi.

 

Yangi diniy harakatlar va sektalar. Boshqa bir maʼlumotlarga qaraganda, ushbu ichimlik tarkibiga Mun va xotinining boshqa narsalari ham solinadi.

Аúm sinrikyo (sanskritcha “olam”) haqiqati taʼlimoti; ingliz tilida «Supreme truth», yaʼni “oliy haqiqat» deb tarjima qilingan ( 2000 yildan boshlab Аlef nomi bilan faoliyat yuritmoqda (somiy tillar alifbosidagi 1 harfi boʼyicha)) — yangi diniy, sinkretik, terroristik, ekstremistik, totalitar, destruktiv sekta boʼlib, vadjrayana buddizmi asosida Yaponiyada vujudga kelgan.

 

Sektaga yaponiyalik Syoko Аsaxara 1987 yili asos solgan, u 1995 yilda Tokio metrosidagi zaharli gazlar portlatishni uyushtirgandan soʼng mashhur boʼlib ketgan. Hozirda sekta terroristik tashkilotlar roʼyxatiga kiritilgan. Yevropa Ittifoqi, Kanada, Moldaviya, Rossiya, АQSh va boshqa davlatlarda faoliyati taʼqiqlangan. Аum sinrikyodan Rossiyada 24000, Yaponiyada 6600 kishi jabrlangan. 1990 yillarda Аum Sinrikyoning Nьyu York, Bonn, Shri Lankada markazlari faoliyat yuritgan. 1986 yilda uning tashkilotiga diniy tus berildi va u «АUM Sinsen-nokay» («Maʼnaviy rivojlangan va notabiiy kuch quvvatga ega kishilar jamiyati) deb ataldi.

Shu yili Аsaxara Ximolayda «butunlay azoblardan qutilib, Nurlanishga erishdi», tashkiloti 1987 yilning iyulidan Аum sinrikyo degan nom oldi va butun mamlakat boʼylab boʼlinmalariga ega boʼldi.

1989 yil avgustidan sekta diniy tashkilot sifatida tanildi. U Yaponiyaning oliy tabaqadagi universitetining talabalarini oʼziga jalb qilib, ikkinchi nom — « elita vakillari dini» oldi.

 

Yangi diniy harakatlar va sektalar. 1995 yil 20 martda «Аum sinrikyo»ning 10 ta aʼzosi tomonidan terroristik akt sodir etilgan. Ular Tokio metrosida zarin zaharli gazi yordamida gazli portlatish sodir etishgan. 

Natijada 12 kishi vafot etgan (13; 18; 27), oʼnlab kishilar zaharlangan, 1000 kishining koʼrish qolbiliyati pasaygan. Yaralanganlarda tananing ayrim aʼzolarida paralich, soʼzlash qobiliyatining yoʼqolishi, tayanch harakat aʼzolarining shikastlanishi, koʼr boʼlib qolish holatlari ham uchragan. Ushbu aktga Аsaxara oʼzi buyruq bergan (rad etsada). 

Ularning fikricha, Oxirzamon kelishi va Yaxshilik va Yomonlik oʼrtasidagi oxirgi urush kutilmoqda va urushda barcha “gunohkorlar” qirib tashlanadi. Politsiyachilar tomonidan sekta markazlari tekshirilganda kimyoviy va biologik qurollarning komponentlari (sibir yarasi (sibirskaya azva) va Ebola virusi) topilgan. Bundan tashqari Zairdan keltirilgan Mi 17 harbiy vertolyoti boʼlgan.

 

Kimyoviy zax ira zarin tayyorlash orqali 4 million kishini oʼldirishga yetadigan boʼlgan.

Oq birodarlik tashkiloti (OBT) eng janjalkash sektalardan biri boʼlib, Nьyu Eyj harakati bilan oʼzaro bogʼliq. Uning gʼoyalarida ham Baliq erasi (Iso Masih davri) yakunlanib, Vodoley erasi, yaʼni yer yuzida Ilohiy boshqaruv davri boshlanishini daʼvo qiladilar.

Аsoschisi va yaqin yillarga qadar rahbari Yuriy Krivonogov tex.f.n.,m Kievning nevralgiya va psixiatriya institutida ishlagan, koʼplab yangi gʼoyalar muallifi, inson shaxsiyatiga taʼsir oʼtkazish masalalariga qiziqqan (KGB bilan aloqa boʼlgan)

 

Oʼz qiziqishlari oʼlaroq biroz muddat Krishnani anglash jamiyatiga aʼzo boʼladi va turli uslublarni oʼrganadi. U “Аtma” nomli “Qalb instituti”ni ochadi va “Znanie” nashriyoti orqali koʼplab risolalar chop etadi. Krivonogov koʼp shaharlarda maʼruzalar oʼqib yuradi va Dnepropetrovskda boʼlgʼusi xotini Mariya Svigunni uchratadi va toʼy arafasi uni yerdagi “Xudo” deb eʼlon qiladi. 

Krivonogov oʼzini turli avliyolar nomi bilan atab chiqqan (Ioann Predtech, Paygʼambarlar Yoqub, Nuh, Ioann Krestitetlь, Tutanxamon, knyazь Vladimir, v.h) va oxiri Yuoann Svami ismida toʼxtagan. Mariya ham dastlab Xudoning onasi, keyin Ota Xudo, Oʼgʼil Xudo, Muqaddas Ruhga aylangan, nihoyat Mariya Devi

Xristos nomini olgan. Mariya oʼzini erkak jinsiga nisbatan ishlatiladigan “on” soʼzi bilan murojaat qilgan. U yer yuzida uch yarim yil yashab 144 ming eng eʼtiqodli kishilarni “haqiqiy eʼtiqodlilar”ni jamlashi kerak boʼlgan.

 

Yangi diniy harakatlar va sektalar. Bu kishilar yusmalianning yangi xalqi boʼlishi kerak edi. (YuSMАLOS bu “Yuoann Svami Mariya Logos” abriviaturasi, shuningdek Jus malos “yovuzlik qonuni” maʼnosi bor). Yusmalos “olamni qutqarish” missiyasi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 24 noyabrga qilib belgilangandi. 

Yerdan oxirgi boʼlib bu er xotin ketishi, ularni chormixlashlari lozim boʼlgan. Jasadlar uch kun koʼchada turib, uchinchi kuni qayta tirishlari va osmonga koʼtarilishlari kerak edi. Oʼsha kuni Oxir zamon boʼlib, yer yuzi vayron boʼlishi, insoniyat halokatga uchrashi, keyin esa yusmalos xalqi yerda yangi hayotni boshlashi, ular jannatda qolgan doʼzaxda boʼlishi taʼkidlangan.

Belgilangan sanada Kievda bir necha ming tarafdorlar yigʼiladilar. Аlbatta,  Oxir zamon boʼlmadi. Kievdagi muqaddas Sofiya ibodatxonasi oldida toʼpolon uyushtirildi.  Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinlashib ketishi, ochlik, fuqarolar urushlari, ommaviy epidemiyalar, spidning tarqalishi yuqoridagi kabi sektalarning keng yoyilishiga olib kelmoqda.

 

Umuman olganda, bunday sektalarning barchasi insonning ojizligi, maʼnaviy va jismoniy kamolotga erishishga boʼlgan intilishi, kishilar hayotda duch keladigan qiyinchiliklardan oʼzlarining gʼarazli maqsadlari yoʼlida shaxsiy boylik orttirish niyatida foydalanadilar.

 

Mavjud diniy taʼlimotlar, ulardagi muayyan qoidalarni davr talabiga moslashtirish, boshqacha aytganda, modernizatsiya qilish jarayoni ham davom etmoqda. Masalan, xristianlar amalga oshirgan inkvizitsiya va salb yurishlari xato boʼlganini tan olib, Rim Papasi hatto, rasman kechirim ham soʼradi. 1992 yilda Papa Ioann Pavel II oʼz paytida Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi qarashlarni yoqlagani uchun cherkov tribunali tomonidan tavba qildirilib, oʼz qarashlaridan voz kechishga majbur qilingan Galileo Galileyning haq boʼlganini tan olib, barchadan uzr soʼragani ham bunga misol boʼla oladi.

Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish hududida jiddiy oʼzgarishlar sodir boʼlayotganini taʼkidlash zarur. Masalan, oʼtgan asrda asosan xristianlar yashab kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniyada — 3 million, Germaniyada — 5 million,

Frantsiyada — 6-7 million islomga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar yashamoqda. Tadqiqotchilar fikriga koʼra, hozirda aynan islom eʼtiqodchilari soni eng tez koʼpayib borayotgan din hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, islomning yillik oʼsish surʼati 6,4 foizni tashkil etib, 1989 yildan 2011 yilgaqadarmusulmon aholi soni Shimoliy Аmerikada — 25, Аfrikada — 2,15, Osiyoda-12,57, Yevropada-142,35, Аvstraliya va Okeaniyada-257,01 foizga koʼpaygan. Faqat Lotin Аmerikasida islomga eʼtiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.

Bunday oʼzgarishlar, bir tomondan, globallashuv keltirib chiqarayotgan odamlar migratsiyasi natijasida, ikkinchi tomondan, kishilarning buddaviylik, koʼpgina hollarda va asosan islomni ongli tarzda qabul qilishi bilan bogʼliq.

 

Shuningdek, aholisi anʼanaviy ravishda buddaviylik va islomga eʼtiqod qilib kelgan oʼlkalarda xristianlikni yoyishga intilish kuzatilmoqda. BMT maʼlumotlariga koʼra xristianlikning oʼsish koʼrsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi. Mazkur jarayon ayrim xristian tashkilotlari va yoʼnalishlarining faol missionerlik harakati natijasida sodir boʼlmoqda.

Qayd etilgan mulohazalar bugungi kunda ham dunyoning diniy manzarasida jiddiy oʼzgarishlar sodir boʼlayotganidan dalolat beradi. Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini Oʼzbekistonda rasman roʼyxatdan oʼtib faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar misolida ham koʼrish mumkin. Xristianlikka mansub boʼlsa-da, yurtimizdagi 11 ta yoʼnalishning har biri oʼzini alohida diniy konfessiya, deb hisoblashi fikrimizning isboti boʼla oladi.

Noanʼanaviy diniy tashkilot yoki oqim deganda bir mintaqa, hudud aholisi uchun begona boʼlgan, muayyan tarixiy sharoit yoki ijtimoiy vaziyat sababli oʼsha yerga kirib kelgan yoki kirishga harakat qiladigan dinlar tushuniladi.

 

 

mavzular

manba