Yetakchi o’lchov belgilari.

Оглавление/Munadarija

Yetakchi o'lchov belgilari.

Yetakchi o’lchov belgilari.

Qomatlarning o’lchamlarini aniqlashda asos qilib olinadigan o’lchamlar yetakchi yoki asosiy o’lchamlar deyiladi. Qomatning o’lcham xarakteristikasini batafsil ifodalaydigan qolgan barcha o’lchamlar yordamchi o’lchamlar deyiladi (ularning qiymati yetakchi oichamlardan hisoblab topiladi).Yetakchi o’lchov belgilari.

Yetakchi o’lchamlarni tanlashda ularga quyidagi asosiy ta-lablar qo’yiladi:

—  ayni guruhdagi o’lchamlar ichida uning katta yoki eng katta miqdorga yaqin o’lchami bo’lishi kerak;

—   odam qomatini har tomonlama tavsiflash maqsadida yetakchi o’lchamlar har xil tekislikda joylashgan bo’lishi lozim;

—  har bir yetakchi o’lcham o’z tekisligida joylashgan boshqa o’lchamlar bilan yuqori darajada bog’langan bo’lishi kerak, ayni vaqtda ikki yetakchi o’lcham zaifroq bog’langan bo’lishi zarur;

—  kiyim konstruksiyalash va uni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yetakchi o’lchamlar yetarli darajada oson aniqlanadi-gan va ba’zi o’lchamlarga muvofiq bo’lishi kerak.

Tikuvchilik sanoatida katta yoshli odamga mansub qomat turini aniqlaydigan yetakchi o’lchamlar sifatida ko’krak aylanasi va bo’y uzunligi (rost) qabul qilingan.

Shu bilan birga, ko’krak aylanasi aylana-kenglik o’lchamlari ichida eng kattasi, bo’y esa uzunasiga o’lchangan o’lchamlar ichida katta qiymatlisidir.

O’lcham O’lchamlarning bog’lanish darajasi (rxy)
 

 

 

Bo’y bilan Ko’krak aylanasi bilan
Erkaklar Ayollar Erkaklar Ayollar
Bo’yin nuqtasi baland-ligi 0,977 0,974 0,339 0,208
Gavda uzunligi

Oyoq uzunligi

Qo’l uzunligi

Old tomondan belgacha uzunlik

Ort tomondan belgacha uzunlik

0,535

0,900

0,805

0,516

0,555

0,514

0,892

0,738

0,444

0,545

0,245

0,300

0,395

0,541

0,260

0,092

0,173

0,310

0,658

0,279

Ko’krak aylanasi

Bel aylanasi

Bo’ksa aylanasi qorin chiqig’ini

hisobga olgan holda

0,300

0,164

0,351

0,144

0,079

0,214

1,000

0,838

0,798

1,000

0,912

0,850

Ko’krak aylanasi va bo’y har xil tekislikda joylashgan va ular orasidagi bog’lanish darajasi ayollarda katta emas: r,.16 q 0,144. Lekin ko’krak aylanasining yotiq joylashgan tekislikda o’lcham belgilari bilan bog’lanish darajasi katta. Bo’yning esa tik tekislikda joylashgan o’lcham belgilari bilan bog’lanish darajasi katta. Tik va yotiq tekisliklarda joylashgan o’lcham belgilarining bog’lanish darajasi past.

Ko’plab o’tkazilgan o’lchash ma’lumotlari bo’yicha, ko’krak aylanasining qiymati bir xil bo’lib, bel va bo’ksa aylanalarining qiymati qorin chiqig’ini hisobga olgan holda sezilarli o’zgarishi mumkin. Ayollar qomatini tavsiflashda, ularning yoshi bo’yicha o’zgaruvchanligini aks ettiradigan, qorin chiqig’i va bo’ksa ayla-nasini hisobga olish g’oyat muhim. Shu bois ayollar qomatining to’lalik ko’rsatmalari bo’yicha tavsiflaydigan yetakchi o’lcham sifatida qorin chiqig’ini hisobga olgan bo’ksa aylanasi qabul qilingan.Yetakchi o’lchov belgilari.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba