Yetilgan virus zarrachalarini shakllanishi va ularni hujayradan chiqishi.

Yetilgan virus zarrachalarini shakllanishi va ularni hujayradan chiqishi.

Yetilgan virus zarrachalarini shakllanishi va ularni hujayradan chiqishi.

Yetilgan virus zarrachasi (virion) subbirligi va DNK molekulasidan shakllanadi. Virus tarkibiga lipoproteid membrana va boshqa komponentlar kiradi.

Virus yig‘ilish jarayoni ularning komponentlarining polimerlanishidan yoki infeksiyalangan hujayra ishtirok etadigan murakkab tuzilishlarning shakllanishi orqali bo‘ladi. Tashqi qobiqli hayvon viruslarining yetilgan virus zarrachasi shakllanishi juda murakkab jarayon bo‘lib, bunda hujayra strukturalari qatnashadi, virus hujayralariga hujayraning lipoidli, uglevodli va oqsilli komponentlari birikadi. Masalan: gerpes virusining shakllanishida yadroda qobiqsiz virus zarrachasi hosil bo‘ladi. Yadrodan chiqishda bu zarracha yadro qobig‘i bilan o‘raladi va virusning birinchi qobig‘ini hosil qiladi. Ikkinchi qobiq esa virus hujayra membranasidan o‘tayotgan paytda hosil bo‘ladi.

Virus zarrachasining shakllanishi tugagach, virusning hujayradan chiqish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon odatda xo‘jayin hujayrasi qobig‘ini parchalanishi hisobiga, ayrim hollarda virus xo‘jayin hujayrasi ichida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bunda xo‘jayin hujayra ozuqa moddalar bilan ta‘minlanadi. Ammo ozuqaning kelmay qolishi bilan yetuk virus zarrachasi shakllanadi.

Ayrim paytlarda to‘liq yetilmagan viruslar ham chiqishi mumkin. Ularning lipid va oqsillari bir xil, DNKsi 1/3marta normal virusnikidan kichik bo‘ladi. To‘liq bo‘lmagan viruslar – ularga chidamli bo‘lgan hujayrani zararlaganda, turli xil mutagen xususiyatga ega bo‘lgan kimyoviy va fizik omillar ta‘sirida (azot kislota, ultrabinafsha nur, iprin va boshqalar). Shuningdek hujayraning 2 xil virus bilan zararlanishida ham to‘liq yetilmagan viruslar chiqishi mumkin. Bu holda birinchi virusni genetik materiali ikkinchi virusni nuklein kislotasi bilan birikib, har ikki virus xossalarini mujassamlashtirgan gibrid virion hosil qiladi.

Viruslarning sezgir hujayrani zararlashi u murakkab kimyoviy birikmalar-ingibitorlar va ferment tizimlari bilan uchrashadi. Ular o‘z navbatida normal virus shakllanishi jarayonini tormozlaydi yoki ularning biologik aktivligini kamaytiradi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba