YOCHQBT qo’llaniladigan o’qitish uslublari; hikoya; tushuntirish ma’ruza; suhbat; mashq (trenirovka) amaliy ish; o’quv materiallarini mustaqil o‘rganish.

YOCHQBT da qo'llaniladigan o'qitish uslublari; hikoya; tushuntirish ma'ruza; suhbat; mashq (trenirovka) amaliy ish; o'quv materiallarini mustaqil o‘rganish.

YOCHQBT qo’llaniladigan o’qitish uslublari; hikoya; tushuntirish ma’ruza; suhbat; mashq (trenirovka) amaliy ish; o’quv materiallarini mustaqil o‘rganish.

YOCHQBT qo’llaniladigan o’qitish uslublari; hikoya; tushuntirish ma’ruza; suhbat; mashq (trenirovka) amaliy ish; o’quv materiallarini mustaqil o‘rganish.  YOCHQBT mashg‘ulotlarida ta’limning ilg‘or uslublarini tatbiq  qilish, ta’lim uslublari, bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi birgalikdagi, ya’ni oxirgilarning bilimga, o‘rganishga etaklaydigan ish usullari, ta’limuslublarining ko‘p turi mavjud. Ulardan asosiylari: o‘quv materialiniog‘zaki bayon etish (hikoya qilish, tushuntirish, ma’rza), suhbat, mantiq qilish, amaliy ish, materialni mustaqil o‘rganish, ko‘rsatib berish.

Hikoya  qilish – bu  asosiy  materialni  tashkil qiladigan hodisalarni  qisqa, obrazli,emotsional bayon qilib  berish. Hiqoya qilish  bayonning hikoya shakli hikoya qilish bilan bir katorda unda  muhokama, tasvir  belgisi  ham bor. Hikoya qilishda  hiqoya (tartibli,mantiqiy  bog‘langan  bayon), tasvirlash (qurollanish va jangovor texnika tashqi ko‘rinishi va qurilishi, ma’lumotlar), so‘z bilan berish, muhokama (fikrlarni mantikiy tartib bilan kabi usullar ishlatiladi. Xikoyaga 20 –30 dakika ajratiladi. Odatda hikoya tushuntirish, turli ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan olib boriladi.

Tushuntirish – bu murakkab savol qoida, tamoyil, qonunlar namoyish etish bilan birikkan  qurol, asboblar qismlari, sxema, harakat usulluri tartibini mantikiy bayon etish.

Tushuntirish – bu harakatlar jarayoni bilan hodisalar ma’nosini ochib berish va shuning uchun muhokama, isbot kilib berish unda markaziy o‘rinni egallaydi. Materialni tushuntirishda harbiy rahbar lo‘nda xulosa va ta’riflarni aniq, ifoda kilib, gapiradi, talabalar fikrini faollashtirish va to‘g‘ri tushunganini tekshirish uchun Harbiy rahbar ta’lim oluvchilarga savollar beradi va javobini talab etadi.YOCHQBT da qo’llaniladigan o’qitish uslublari; hikoya; tushuntirish ma’ruza; suhbat; mashq (trenirovka) amaliy ish; o’quv materiallarini mustaqil o‘rganish.

Ma’ruza – bayon etiladigan material yoyilgan nazariy xabari, ilmiy tahlili. Ma’rzaning bosh maqsadi ta’lim oluvchiga ularning kelgusi mustaqil ishida yordam berish. Ma’ruzada mavzuning eng murakkab asosiy qoidalari bayon etiladi. Harbiy manbalar tahlil qilinadi va mazkur muammo ustida kelgusida qanday ishlash kerakligi haqida maslahatlar beriladi. Ma’ruzada hikoya qilish va tasvirlash, dalil va misollar tahlili,tushuntirish va isbotlar, umumlashtirish va xuosalar belgilari birgalikda mujassam etadi.

O‘quv materiallarni og‘zaki bayon etishga asosiy talablar quyidagilar: bayonning asosiyligi, o‘zlashtirilishning engilligi, ko‘rgazmalilik, eslab qolish mstahkamigi.

Suhbat – talabalarni yangi bilimlar bilan sodda va tushunarli kilib boyitish ma’qul imkoniyatlaridan biri. Bu erda suhbat o‘quv materialini muhokama qilish shakllaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari suhbat ta’lim ouvchilarda ilgari olingan bilimlarni aniqlash, ularni chuqurlashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Maksadga ko‘ra suhbat xabar bervchi ( yangi bilimlarni xabar qilish ), yoyilgan (olingan bilimlarni tartibga solish, chuqurlashtirish va mustahkamlash), nazariy – tekshiruvchi (o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini teshirish) bo‘lishi mumkin.

Suhbat oldindan tayyorlangan, maqsad, vazifa, mazmuni va talabalar bilimi darajasi e’tiborga olingan holdagina ijobiy natijalar berish mumkin.

Mashq qilish – talabalarda ko‘nikma, qobiliyatlarni ishlab chiqish va ularni takomillashtirish maqsadida ma’lum bir usul  va harakatlarni ko‘p martalik engil murakkablashtirilib boradigan takrorlashdir.

Mashq borishida talabalar qurol va jangovor texnikadan foydalanishning va xizmat ko‘rsatishning amaliy usullari, taktik, o‘q otish va texnik masalalarni hal etish usullari, piyoda safdagi, avtomobil va jangovor mashinalardagi harakatlarni bajarish.

Talabalar tomonidan mashqlarni bajarish maqsadi, mazmuni va qat’iy tartibini  tushunish  katta ahamiyatga ega. Murakkab mashq va harakatlarni ularning tarkibiy qimslariga bo‘lish mumkin. Mashq, paytida avval to‘g‘ri harakatlarga erishadilar, keyin esa tezlikni ortiradilar.

Amaliy ish – qurollanish va jangovor texnika xizmati, saqlanishi, tejalishi, qurolni qismlarga ajratish va yig‘ishni bajarish va Boshqa harakatlar o‘quchilar ta’limi nihoyasida muhim va amaliy uslub hisoblanadi. Ularning borishida talabalar ilgari olgan ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantiradi va takomillashtiradi. O‘quv materialini mustaqil o‘rganish maket, kesma namuna, amaliy sxema va Boshqa o‘quv qo‘llanmalardan foydalangan holda qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish yo‘li orqali amalga oshiriladi. U odatda maslahat, ko‘rsatma, qo‘llanmalarni takrorlash, boshqa adabiyot va ma’lmotnomalardan foydalanish bilan olib boriladi. Mustaqil ish sifatini oshirishda asosiy o‘rnini uning tashkil qilinishi, vazifa hajmini aniqlash, harbiy tomonidan yordamni nazorat qilish egalaydi.

Ta’lim amaliyotida kompleks uslub eng keng tarqalgan. Bunda bir mashg‘ulotda ta’lim – tarbiya bir qancha uslublari ishlatiladi.

O‘quv – dala yig‘inlarida yuqorida ko‘rib chiqilgan mashg‘ulot shakl va uslublariga qo‘shimcha qilib quyidagilar ishlatiladi:

Taktik – saf mashg‘lotlari – 3 kunlik o‘quv-dala yig‘inlarida o‘tkaziladi. Ularda taktik vaziyat sharoitida avval alohida har bir savol, harakat, keyin esa butunligicha o‘yin belgilarini kiritgan holda barcha savollar ishlab chiqiladi. Bunda mashg‘ulotni o‘tkazish uchun joy tanlash va jihozlash va uning har taraflama moddiy ta’minlash katta ahamiyatga ega. Mashg‘lotlar joyi ta’lim oluvchilarga vaziyat murakkab sharoitlarida harakat qilishga yordam beradigan jang dalasiga qaysidir darajada o‘xshash kerak. Harakatlarni oldindan tayyorlangan ta’lim oluvchilar bilan belgilanishi mumkin. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda harbiy xizmatchilar ishtirokida nishon, yo‘nalishlar maketa, o‘q otish vositalari ishlatiladi. Taktik tayyorgarlik va fuqaro mudofasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarini o‘quv shaharchasida o‘tkazishda masofaga ko‘ra kichraytirilgan nishon va maketlar ishlatiladi.

Taktik mashg‘ulotlar – 3 kunlik o‘quv dala yig‘inlarida ta’lim oluvchilarga haqiqiy vaziyatga yaqinlashtirilgan taktik vaziyatdagi mashg‘ulotning barcha o‘quv savollari bo‘yicha kompleksda harakatlanish ko‘nikmalarini singdirish maqsadida o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulotlarda bitta vzvod hujumda, boshqasi mudofaada harakat qiladi. Bu mashg‘ulotlarni o‘tkazishda harbiy rahbarga yordam ko‘rsatish uchun harbiy qism, harbiy o‘quv yurtlari va fuqaro oliy o‘quv yurtlari harbiy kafedralari harbiy xizmatchilari (imkon boricha) taklif qilinadi.

Amaliy, taktik – saf va taktik mashg‘ulotlariga ta’lim oluvchilar avtomat, gazga qarshi moslama, piyoda belkraklari va kamardagi jildlarda bayroqchalar bilan chikadi. Bundan tashqari, har bir ta’lim oluvchida granatalar uchun xaltachalar va o‘quv granatalari bo‘lishi kerak. Barcha ta’lim oluvchilar joylarda amaliy usul va harakatlarni bajara olishi uchun kiyingan bo‘lishi kerak. Bu mashg‘lotlar samaradorligini oshirish uchun vzvod va bo‘linmalar sardorlari ichidan yordamchilar tayyorgarligini larni o‘tkazishdan oldin tashkil qilish maqsadga muvofiq, bundaularni quruqlikdagi qo‘shinlar jangovor nizomi (3-qism) qoidalari bilan tanishtirish, harakatlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni hamda xavfsizlik choralarini o‘rganib chiqish kerak.

CHaqiriqqacha tayyorgarlik tizimida eng yaxshi harbiy rahbarlar tajribasiga ko‘ra dasturlashtirilgan ta’lim, muammoli, bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, tayanch konspektlari  bo‘yicha o‘qitish, musobaqa va h. Uslublari kabi samarali uslublari keng tarqalgan.

Dasturlashtirilgan ta’lim usubi bu o‘quv materialini qismlarga yanada foydali ajratish hamda mashg‘ulot rahbari bilan joylardan ma’lumotlarni, ya’ni ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv materialining har bir qismi o‘zlashtirilishi sifati haqida qaytarma aloqa atalmish yordamida (mashina yordam yoki mashinasiz) uzluksiz olish . Bu  uslub o‘quv materialini yanada maqsadga muvofiqli tartib va hajmda berishga yordam beradi. Bu uslubni muvofaqqiyatli tatbiq qilish uchun yaxshi uylab chiqilgan didaktik material talab qilinadi.

Muammoli olib borish-ta’lim oluvchilarga oxirida xulosalar berilmaydi, balki faqat haqiqatga erishish, to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun borish kerak bo‘lgan yo‘l ko‘rsatiladi, o‘rganiladigan material muammoli xususiyatga ega bo‘lishi uchun ta’lim oluvchilar bilan nafaqat muammo deb qabul qilinadigan, balki ularni qiziqtirgan, to‘g‘ri javobni qidirish xohish va zaruriyatini uyg‘otadigan asosiy savolni topish juda muhim mashg‘ulotd (darsda) muammoli vaziyatni yaratish ta’lim oluvchilarning o‘rganilgan materialga qiziqishini oshiradi va shu bilan ular fikrlash faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Tayanch konspektlari bo‘yicha ta’lim uslubi (SHatalov uslubi atalmish) o‘quv materiali ta’lim oluvchilarga yanada muhim qoidalari, ta’riflari, nomlari va ular bilan bog‘liqligini aks etadigan tayanch konspektlari yordamida beradi. Tayanch konspektlari bo‘yicha, o‘qitishda o‘tilgan materialni yanada mustahkam o‘zlashtirish, mustaqil tayyorlanishda uni takrorlash va eslab qolishga vaqtni qisqartirishga erishiladi.

Musobaqali uslub kim tezroq va yaxshiroq, harakat, usul normativini bajarishdir. Ta’lim oluvchilarda tortishuvlik, yaxshilarga tenglashishga intilish, qoloqlarga yordam berish va ularni ilg‘orlar darajasiga etkazish xislatlarini rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan musobaqali uslub,taktik, o‘t otish, saf tyyorgarligi va boshqa fanlar bo‘yicha uslullarni ishlab chiqish vanormativlarni bajarishda ishlatiladi.

SHunday qilib, talabalar ta’limi asosiy uslublarining didaktik vazifasi, tuzilishi va muvaffaqiyatli tatbiq  qilish shartlari tavsiflanadi. Bo‘ladigan mashg‘ulot uchun  harbiy rahbar ta’lim uslublariin tanlashda o‘quv-tarbiyaviy vazifa xususiyati,o‘quv materiali mazmuni, talabalar tayyorlanganligi darajasi, moddiy baza holatidan keib chiqadi.Bunda ijod belgisi, zobitning o‘z tajribasiga tanqidiy qarash, eskirib qolgan usullarni tashlab, ta’lim uslubiyotidagi yangilikni, ilg‘orlikni ishlatishi katta o‘rin tutadi. O‘smirlarning chaqiriqqacha tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv jarayoni asosiy shakli. Dastur va haftalik rejaga ko‘ra 26 nazariy va 74 amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tiladigan daps hisoblanadi. Mazmuni va tuzilishiga  ko‘ra dars o‘quv jarayoni yakunlangan qismini bidirishi, didaktik va tarbiyaviy maqsadlar hamda talabalar harbiy ta’limi talabalariga to‘g‘ri kelishi kerak. Xar bir harbiy rahbar barcha chaqiriqqacha tayyorgarlik bo‘limlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarni uslubiy olib borishni bilishga majbur.

Uslubiy mahorat asosida ularning pedagogik va harbiy bilimlari, yaxshi amaliy tayyorgarlik va talabalar ta’lim-tarbiya tamoyillari, uslublari va uslubiy yo‘llarini ijodiy tatbiq qilishga qobiliyat etadi.

Nazariy mashg‘ulotlarda talabalar mashqlar, usullar, harakatlar va normativlarni bajarish texnikasini o‘rganish va mustahkamlash hamda jihozlangan maydonchalar va mashg‘ulortlari joylari, asbob-uskunalari, shuningdek qurol, asbob, individual himoya, muhandislik qurollanish vositalari, sport-snaryad va jixozlaridan foydalanilgan hamda o‘q otish va boshqa vazifalarni hal qilishga o‘rganishlari kerak.

Amaliy mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazish uchun harbiy rahbarning shaxsiy misoli, darsga munosabati va shug‘ullanuvchilarga ta’siri katta ahamiyatga ega.Ijobiy shaxsiy misol rahbarning yuqori amaliy tayyorgarligi, mashg‘ulot to‘g‘ri o‘tkazish qobiliyati, mashqni chiroyli va to‘g‘ri ko‘rsatish (usul, harakat), ularni qisqa va tushunarli qilib tushuntirish va shu bilan birga ta’lim oluvchilarni qiziqtira olish orqali ifodalanadi.

Rahbar dars vaqtini tejamli ishlatish, uning natijali zichligiga rioya qilish hamda har bir mashg‘ulot kerakli mashq, usul va harakatlarni to‘gri tanlay olishni bilish, ularning bajarilishi tezligini aniqlash, ya’ni boshqa so‘zlar bilan aytganda, dars jarayonida dars hajmini to‘g‘ri  qismlarga bo‘lishni bila olishga majbur.

Tajribali rahbar ta’limni murakkab bo‘lmagan mashqlar bilan belgilar bo‘yicha emas, balki butunligicha olib boradi va imkon boricha mao‘q qilishga darhol o‘tadi. Barcha hollarda ta’limni batafsil tushuntirishlar va qayta ko‘rsatib berishlarga ortikcha bir daqiqani ham ishlatmasdan g‘ayrat bilan, yaxshi tezlikda olib borish muhim.

Amaliy mashg‘ulotni aniq o‘tkazish uchun rahbar talabalarni qurol, jangovar texnika, qurol-aslahalar bilan o‘rganishida havfsizlik choralariga rioya qilishga majbur, yordam va xavfsizlikni amalga oshirishni bilishi, jaraohat va baxtsiz hollar oldini olish choralarini qabul qilish kerak.

Rahbar darsga ongli, vijdonan yondashishi kerak. Darsni qiziqarli olib borishga ishonchli va aniq buyruqlar, ta’lim oluvchilarga do‘stona murojaat qilish yordam beradi. Ortiqcha hovliqmaslik,baqiroqlik va shug‘ullanuvchilar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Rahbar nafaqat eng muhim qobiliyat va ko‘nikmalarini takomillashtirish haqida o‘ylashi, balki ularni Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomar talablar ruhida tarbiyalashi, barcha imkoniyatlarni ishga solib, yuqori intizomiylik va ishchanlikni oshirishga erishishi lozim. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishda rahbar saf nizomi talablarini buzishga yo‘l qo‘ymasligi, bunda asosiy e’tiborni amaliy harakatlarni to‘g‘ri bajarishga qaratish, turli shartliliklar va mashqlarni butun kuch bilan bajarmaslikni bartaraf etish lozim.

Darsda yuqori tashkiliylikni ushlab turish uchun rahbarlarning o‘zini tutishi katta ahamiyatga ega. Uning toza ko‘rinishi, yaxshi qaddi rostligi, talabalarga yuqori talabchanligi mashg‘ulotlarni yanada muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradi. Intizomni mustahkamlash va o‘quv mashg‘ulotlariga talabalarni qiziktirish maqsadida rahbar eng harakatchan intizomli va epchil talabalarni rag‘batlantirishi, beparvolarni esa qattiq talab qilib, ularda o‘zlarining harbiy va jismoniy tayyorgarligi uchun mas’uliyat hissini uyg‘otishga intilishi lozim.

Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda harbiy rahbar uchun ularning asosiy tamyil va qoidalarini bilish etarli emas. YAna ularni amaliyotda mohirona tatbiq qilish, har bir mashg‘ulotda mashq usul va harakatlarning mashq qilishi katta foyda beradigan sharoitlarni yaratishni bilish muhim.

SHunday qilib mashg‘ulotlar rahbariga quyidagi turli talablar qo‘yiladi:

Aslida, amaliy mashgulotlarni o‘tuvchi harbiy rahbar mashg‘ulotlarni bajarish yaxshi

sifatiga erishishi lozim.

  • muntazam vazifa murakkabligi va xajmini oshirish;
  • bir vaqtda barcha talabalar bilan shug‘ullanish va har biriga individual yondashish;
  • mashg‘lotlar yuqori zichligi va shug‘ullanuvchilar faolligiga intilish;
  • talabalarda jasurlik va qat’iylikni tarbiyalash. Bu mohirlik har bir mashg‘ulotni obdon o‘ylab, o‘tkazish orqali yaratiladi. Bunday munosabat etarli tajriba orttirish, kerakli tashkiliy va uslubiy ko‘nikmalar ishlab chiqishga yordam beradi.

O‘smirlarning chaqiriqqacha tayyorlash darsining sifati va samarodorligi harbiy rahbarni unga tayyorlanganligi sifatiga bog‘liq.

Mashg‘ulotga tayyorlanishda harbiy rahbarga quyidagilar tavsiya etiladi:

  • o‘quv savollari bo‘yicha o‘quv materiali, mavzu mazmuni va hajmini, mashg‘ulot o‘quv maqsadlari va uning tarbiyaviy yo‘nalishi, qurilishini aniqlash;
  • O‘CHT va boshqa fanlar bo‘yicha o‘tgan mashg‘ulotlarda o‘quvsilar qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lganliklarni aniqlash;
  • bo‘ladigan mashg‘ulotda bu        bilim    va        ko‘nikmalardan          qanday           foydalanish mumkinligini o‘ylab chiqish;
  • mashg‘ulotlarni o‘tkazish uslub va tartibini aniqlab olish;
  • mashg‘ulotda qanday texnik vositalar, o‘quv quroli, harbiy mulk va qurollarini ishlatishni aniqlab chiqish;
  • kerakli nizom va ko‘rsatmalar darslik va uslubiy qo‘llanmalar bo‘limlari, mazkur mavzu bo‘yicha Boshqa adabiyot bandlarini o‘rganib chiqish mumkin bo‘lgan adabiyotni tanlash;
  • usul va harakatlarni bajarishni mashq qo‘yish; — unga mustaqil ish uchun vazifa aniqlab qo‘yish.

Mashg‘ulotga tayyorlanishda kerakli ko‘rkazmali qurollarni tanlab qo‘yish (plakat, sxema, maket, asbob, diagrammalar), ularni yo‘qligida esa talabalar yordamida tayyorlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Taktik, o‘t ochish, o‘q otish tayyorgarligi harbiy tipografiya bshyicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish yuqori darajasini ta’minlash shartlari belgilangan joy, o‘quv maydonchasini odindan o‘rganish va tayyorlash, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa bundan tashqari taktik vaziyat va dushman harakatlarini belgilash tartibini aniqlashdan iborat.

Mashg‘ulotga tayyorlanish odatda mashg‘ulot rejasini (reja konspekt) tuzish bilan yakunlanadi, reja shakli xohishga ko‘ra bo‘lishi mumkin – bu harbiy shaxsiy tayyorgarligi va pedagogik tajribasiga bog‘liq. Odatda rejada (reja-konspektda) mashg‘ulot dasturining qaysi bo‘limi bo‘yicha va nechanchi sinf (kurs) talabalari bilan olib borilishi, kerakligi, o‘quvtarbiyaviy maqsadlar, mavzu nomi, mashg‘ulot tartib raqami, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt, uslub, joy, moddiy ta’minot, qo‘llanmalar, mashg‘ulot borishi (shu bilan birga harbiy va ta’lim oluvchilar harakatlari), mashg‘ulotda beriladigan buyruqlar, taktik tayyorgarlik bo‘yicha esa bundan tashqari, har bir ishlab chiqiladigan savol bo‘yicha taktik vaziyat mazmuni, uy vazifasi ko‘rsatiladi. Mashg‘ulot rejasini mashg‘ulotgacha 6-7 kun o‘quv yurti direktoriga ko‘rib chiqishga berish tavsiya etiladi. Bu unga mazkur mavzu bo‘yicha dastur talabalari, dars rejasi va o‘tkazish uslubini birma-bir o‘rganib chiqishga va mashg‘ulotni o‘tkazishda harbiy rahbarga amaliy yordam ko‘rsatishga imkon beradi. Mashg‘lotlarga harbiy rahbarning tayyorlanishi muhim belgisi o‘quv-moddiy bazani va ta’lim texnik vositalarini tayyorlash hisoblanadi.

Harbiy xona O‘CHT o‘quv-moddiy bazasi asosiy belgisi hisoblanadi. U muntazam ravishda ozoda va tartibli bo‘lishi, ko‘rgazmali qurollar o‘z vaqtida yangilanishi va ularning mavzu va mazmuni o‘smirlarning chaqirikqacha tayyorgarligi dsturiga to‘g‘ri kelishi kerak. Imkoniyat boricha xona katta yorug‘ joyda joylashishi va ikki o‘rinli stollar, har bir talaba uchun alohida stul, harbiy rahbar uchun stol va sinf yozuv taxtasi bian jihozlangan bo‘lishi kerak. O‘CHT dasturi har bir bo‘limi ularning asosiy mazmunini aks etadigan stendlar bilan bezatilishi kerak. Asbob, ko‘rgazmali qurol va qurol-aslahatlardan tashqari boshqa o‘quv mulkini saqlash uchun harbiy xona yonida o‘quv asboblari, mulki va ko‘rgazmali qurollar o‘quv dasturi bo‘lim va mavzulari bo‘yicha tartibga solinadigan. Har bir turiga ko‘ra alohida to‘lami bilan tekcha, shkaf va vitrinalarda joylashadigan laborantlik xonasi kuzga tutilishi kerak.

Xonani joylashtirishda kinoapparat va kinoekranni joylashtirish masalasi o‘ylab

chiqilishi lozim.

Xona kengligi yo‘l qo‘ysa, unda rota navbatchisi majburiyatlarini amaliy o‘rganish uchun joyni jihozlash mumkin.

O‘CHT bo‘yicha o‘quv jarayonidagi kshrgzmali vositalar quyidagi turda bo‘lishi mumkin:

  • narsalar ko‘rgazmasi – bu real qurol namunalari. FX asboblari, harbiy texnika va boshqalar;
  • tasviriy ko‘rgazma – bu sxema va plakat, rasm va modellar, diafilm va o‘quv tipofilmlari, mashq qilish uchun moslamalar;
  • so‘z – obrazli ko‘rgazma – bu voqealarni, turli jasoratlarni yorqin tasvirlab berish,

o‘xshatishlarni ishlatish.

Ko‘rgazmali qurollar maksimal darajada qisqa yoki hodisa mohiyatini ifodalashi kerakli o‘lchov va tushunarli bezakka ega bo‘lishi va bunda rejalarni qabul qilish psixologiyasining ba’zi bir xususiyatlari etiborga olinishi kerak. Buning barchasini harbiy xonani jihozlash va darsni o‘tkazishda e’tiborga olish lozim.

Darslarda ko‘rgazmali qurollari ishlatishda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish shart:

  • ko‘p sonli ko‘rgazmali qurollarga berilib ketmaslik;
  • birdaniga barcha ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatmasdan,balki materialni bayon etishda

ishlatish;

  • ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatishda shu qurol mazmunini talabalar yaxshi anglashi uchun kerakli tushuntirishlarni berish;
  • mashg‘ulot berishda ko‘rgazmali qurollarning turli shakllarini birga qo‘shish;
  • ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatib bo‘lgandan va talabalari kuzatuvidan so‘ng kerakli xulosalarni qilish kerak.

Ta’lim o‘ta muhim ko‘rgazmali qurolli diafilm va kinofilmlar hisoblanadi. Harbiy rahbar mashg‘ulotdan oldin ularni ko‘rib chiqishi, o‘ylab ko‘rib ko‘rsatish rejasini tuzishi, ya’ni ko‘rsatish paytida qachon va qanday izohlar berish kerak, bundan so‘ng ko‘rib chiqilgan o‘quv filmlar bo‘yicha talabalar bilan qisqa suhbat o‘tkaziladi.

O‘CHT bo‘yicha mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazish uchun, ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar uchun ba’zida harbiy rahbarga yordamchilar talab qilinadi.

Harbiy rahbarga yordamchilar yordam beradigan o‘quv joylarga rejalar tuzishi kerak. Ularda ishlab chiqiladigan o‘quv savol yoki harakatni maqsad, moddiy ta’minot va savolni (harakatni) ishlab chiqish tartibi, normativ ko‘rsatkichlari va baholash tartibini ko‘rsatish mumkin. Bunday rejalar o‘quv joyi uchun ko‘rsatmali yozuvlar deb ataladi. Ko‘rsatmali yozuvlarni 15, 20 sm li vatmanda bajarish va ularni ushlagichli fanerda mustahkamlab qo‘yish yaxshi bo‘ladi. Odatda, bo‘linmalar sardorlari yoki yaxshi tayyorlangan intizomli talabalarni yordamchilari qilib belgilashadi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba