Zaharlovchi moddalarning zarar etkazishiga ob-havo va Joyning ta’siri.

Zaharlovchi moddalarning zarar etkazishiga ob-havo va Joyning ta’siri.

Zaharlovchi moddalarning zarar etkazishiga ob-havo va Joyning ta’siri.

Havodagi va erdagi zaharlovchi moddaning zarar etkazishiga ob-havo, tuproqning xili va erning past-balandligi katta ta’sir qiladi.

Havo va tuproqning harorati erda chidamli zaharlovchi moddalarning saqlanish muddatiga ta’sir etadi. Past haroratli (qishda) iprit juda sekin bug‘lanib ko‘klamgacha tuproqda saqlanishi mumkin. YOzda esa iprit bir necha o‘n marotaba tezroq bug‘lanadi va tuproqda faqat bir necha soat, O‘rta Osiyo respublikalari sharoitida esa yanada kamroq saqlanadi.

Saratonda erdagi chidamli zaharlovchi modda tomchilari tez bug‘lanadi. Issiqda zaharlovchi moddaning erga cho‘kish vaqti kamayadi, havodagi konsentratsiyasi esa oshib ketadi. Havo bulut bo‘lib, yomg‘ir yog‘maganda, sal-pal shamol esganda zaharlovchi moddalar uzoqroq saqlanadi.

Havo va tuproning tekis qizimasligi va sovishi zaharlovchi moda aralashgan havoning tez yoyilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa dushmanning muayyan joyda yuqori darajadagi zaharlovchi moda konsentratsiyasini vujudga keltirishini qiyinlashtiradi.

Havo ochilib, oftob charaqlab turgan kunlarda zaharlovchi moddalar erdan qazib yuqoriga ko‘tariladi va tez yoyilib ketadi. Tunda havo aralashmaydi, bu esa dushmanning chidamsiz zaharlovchi moddasini ishlatishga kulay sharoit tug‘diradi. Zaharlovchi moddalar havo kechasi juda sekin yurishib, soylarda, shamol tegmaydigan joylarda, xandaklarda, okoplarda uzok turib koladi.

Kimyoviy zararlanish o‘chog‘i deganda kimyoviy qurol ta’siriga uchragan barcha odamlar, hayvonlar, ob’ektlar, inshootlar, texnikalar, atmosfera, o‘simliklar bo‘lgan territoriya tushuniladi. Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ining o‘ziga xos xususiyati kaysi zaharlovchi moda qo‘llanilganiga, shuningdek uni qo‘llash     usuliga, yil fasliga, ob-havo sharoitiga va ba’zi bir boshqa omillarga bog‘lik.

Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ining katakkichikligi, eng avvalo, dushman tarafidan zaharlovchi moddalarning kanday agregat holatda ko‘llanihi, shuningdek, qilingan     hujumning kuchi bilan belgilanadi. Zaharlovchi moddalarni  mo‘ljallangan joyga etkazish uchun katta kalibrdagi raketalar va aviabombalar qo‘llanilgan takdirda, kimyoviy zararlanish o‘choklari juda katta maydonlarda paydo bo‘ladi.Zaharlovchi moddalarning zarar etkazishiga ob-havo va Joyning ta’siri.

Kimyoviy zararlanish o‘chog‘ining barkarorligi qo‘llanilgan zaharlovchi modddalrning turi va uning qo‘llash     usuli bilan belgilanadi.

Bekaror kimyoviy zararlanish o‘chog‘i chidamsiz zaharlovchi moda – gaz, bug‘, tuman holida qo‘llanilganda hosil bo‘ladi. Bekaror kimyoviy zararlanish o‘chog‘i zaharlash xususiyatini 3-6 soat mobaynida saklab turadi, shundan keyin o‘chokda bo‘lish xavfi juda kamayadi. Protivogazni (gaznikob) signal bilan yoki tegishli xabar berilgandan keyin echish mumkin.

Barkaror kimyoviy zararlanish o‘chog‘i dushman tomonidan chidamli zaharlovchi moddalarni suyuk-tomchi holida yoki yopishkok suyuqlik holida qo‘llanilgan takdirda hosil bo‘ladi. Yil fasliga, ob-havo sharoitiga va joyning relefiga karab zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatini bir necha soatdan bir necha xaftagacha va hatto oylargacha saklab turish mumkin.

 Fizik va kimyoviy xossalari

Kimyoviy toza zarin rangsiz suyuqlik bo‘lib, hidsiz, ba’zi vaktlarda bilinar-bilinmas meva hidiga ega, qaynash      harorati 1470 (yuqori haroratda  parchalanadi). Muzlash harorati

30-500S. Texnik mahsuloti jigarrang bo‘ladi.Uchuvchanligi 200S da 13,2 mgg‘l, uncha turg‘un emas, yozda 10 soatgacha saklanishi mumkin. Solishtirma og‘irligi 140,1, zichligi suvga nisbatan 1,094 (suvdan og‘ir), havoga nisbatan bug‘larining zichligi 4,86, ya’ni havodan og‘ir. Zarin organik erituvchilar-vodorod, spirt, atseton, xloroform, uglerov tetroxlorid, benzol, efir, toluol va boshkalarda yaxshi eriydi. Suvda o‘rtacha eriydi. YAxshi gidrolizlanadi va toksik vodorod ftorid kislotasini hosil qiladi. Bug‘ va aerozol sifatida qo‘llaniladi.

Zarin ishkoriy muhitda va uni kizdirganda tezda gidrolizlanadi. Ishkorlr va ammiak bilan parchalanadi va shu modda eritmalari bilan degazatsiya kilinadi. Degazatsiya qilish uchun

5% li ishkor eritmasi, 25% li ammiak eritmasi va boshqa eritmalar qo‘llaniladi.

Z o m a n, metilfosfin kislotaning pinaklin efiri:

V-gazlari, fosfor, kislotaning birikmalari bo‘lib hisoblanadi, tarkibida aminotiol guruhi bor.

V-gazlari rangsiz, hidsiz suyuk modda. qaynash      harorati 3000S, havo bosimining 0,06 mm simob ustunida, 800S da kaynaydi. Uchuvchanligi 200S da 0,003 mgg‘l ni tashkil qiladi, ya’ni kam uchuvchan. qo‘llanilgan joylarida uzok vaktgacha saqlanib turishi mumkin, yoz kunlari -150S da 3 sutkadan 21 sutkagacha: yomg‘ir yokkan vaqtda    , ozgina shamol esganda 1 soatdan 12 soatgacha, kish kunlari – 100S da, korli joylarda 1 xaftadan 16 xaftagacha saqlanib turishi mumkin. Muzlash harorati-500S. Havoga nisbatan bug‘larning zichligi 1,0725. Suvda juda kam eriydi (5% ni tashkil qiladi), lekin organik erituvchilarda, yonilg‘ilarda, yog‘lash uchun ishlatiladigan moylarda, lipidlarda va yog‘larda yaxshi eriydi. Bo‘yalgan sirtlarga, rezinalarga, g‘ovak materiallarga yaxshi kirishadi. Suvda juda kam gidrolizlanadi. Tarkibida xlor moddasini tutuvchi moddalar bilan yaxshi degazatsiya kilinadi, ishkorlar bilan degazatsiya kilinish xususiyati kam rivojlangan, V-gazlari aerozol va suyuk-tomchi ko‘rinishida ishlatiladi.

Organizmga tushish yo‘llari. Zarin, zoman va V-gazlari turli yo‘llari bilan: nafas yo‘llari, xazm yo‘li, teri, shilliq pardalar hamda yaralangan yuzalar orqali     tushadi. Bu moddalar organizmga tushganda kirish yo‘llarida hech kanday morfologik o‘zgarishlar ro‘y bermaydi va kishiga sezilmaydi. Nafas yo‘llari orqali     zararlanish sodir bo‘lgand bir necha daqiqadan so‘ng o‘lim yuz beradi. SHuning uchun jang maydonida himoya vositalarini o‘z vaktida ishlatish katta ahamiyatga ega.

Bu moddalarning zaharlilik xususiyati 2-jadvalda ko‘rsatilgan.

2-j a d v a l

Fosfororganik moddalarning zaharliligi (V.V.Myasnikov, S.N. Golikov bo‘yicha)

Zaharlovchi moddaning nomi Nafas yo‘li orqali     zararlanish, uning havodagi konsentratsiyasi mgg‘l, daqiqalik ekspozitsiyasi Tomchi holatida

tushishi,

LD 50

mutlaqo

o‘ldiradigan

(CL 100)

o‘rtacha

o‘ldira- digan (CL 50)

vaqtincha

safdan chikaruvchi

(1 C 50)

mioz

chaqi- ruvchi

teriga

mgg‘kg

ust-boshga mgg‘kg
Zarin

Zoman

V-gazlari

0,1

0,075

0,007

0,07

0,05

0,001

0,055 0,25 0,002

0,0001

5

0,7

0,005-0,1

25

5

4-5

Birinchi tibbiy yordam. O‘ziga, o‘zaro (bir-biriga), sanitarlar, sanitar instruktorlar tarafidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam:

  • Protivogaz kiyish, agar zaharlovchi modda yuzga tushsa yuzga ximiyaga qarshi individual paket (IPP-8, IPP-10) bilan ishlov berilgandan so‘ng protivogaz kiygiziladi;
  • Kishi tanasining ichik joylariga vash u erga tegib turadigan ust-boshga individual paket (IPP-8, IPP-10) yordamida kisman sanitariya ishlovi beriladi;
  • Ziddi-zahar shprits-tyubik yordamida zudlik bilan (bir shprits-tyubik) mushaklar orasiga yuboriladi;
  • Zararlanganlarga sun’iy nafas oldiriladi (zararlangan joyda ko‘l usuli bilan

o‘tkaziladi);

  • Zararlangan o‘choqdan zudlik bilan olib chiqib ketiladi.

 SHifokorgacha bo‘lgan yordam (batalon tibbiy punktida BTP).

  • Afin, budaksim kayta mushaklar orasiga (bir shprits-tyubik) yuboriladi;
  • Zararlangan kishilarga ko‘shimcha ximiyaga qarshi individual paket yordamida kisman sanitariya ishlovi o‘tkaziladi;
  • Nafas olish buzilganda yoki to‘xtab kolganda o‘pka sun’iy ventilyasiya kilinadi.

 Vaqtincha qilinmaydigan tadbirlar:

  1. Ko‘zga 1% li atropin eritmasi yoki 0,5% li amizil eritmasi tomizilmaydi;
  2. Zaharlanishning o‘rtacha darajasida papaverin va belladonna preparatlari ichishga berilmaydi;
  3. Og‘ir hollarda antibiotiklar yuborilmaydi;
  4. Engil zararlanganlarga va engil kasallarga to‘lik sanitariya ishlovi o‘tkazilmaydi; 5. Vitamin preparatlari yuborilmaydi;

6. Jigar va buyrak faoliyati buzilishining oldini oluvchi preparatlar va davolovchi preparatlar yuborilmaydi.

Zaharlovchi moddalarning zarar etkazishiga ob-havo va Joyning ta’siri.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba